Chorshanba, 22-may, 2013 Toshkent vaqti: 06:51

Amerika

Klinton AQSh bosh diplomati sifatida ayollar mavqeini ko'tardi

Loading
12:00:00 / -:--:--

Klinton nimani epladi? Clinton Legacy

Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Xillari Klinton bu hafta AQSh Davlat kotibi lavozimini Jon Kerriga topshirdi. Klinton xonim o’tgan to’rt yil ichida bosh diplomatlik qildi. 

Xillari Klinton, tashqi siyosat va ayollar/Navbahor Imamova
Loading
12:00:00 / -:--:--

Siyosatga qadam qo’yishidan avval u mohir advokat bo’lgan. Turmush o’rtog’i Bill Klinton Arkanzas shtati gubernatori etib saylangach, bu ayol karyerasini chetga surib, siyosatga sho’ngiydi. 1992-2000 yillar orasida Bill Klinton prezidentlik qilgan davrda Xillari Klinton dunyo kezib, xalqaro masalalarni izchil o’rgandi. 2000-yilda Nyu-York shtatidan Senatga saylandi. 2008-yilda esa prezidentlik uchun harakat qildi va shiddatli kurashda bu imkoniyatni Barak Obamaga boy berdi. 2009-yilda Obama prezidentlikni boshlar ekan, Xillari Klintondan tashqi ishlar vaziri, davlat kotibi, bo’lishni so’radi. O’tgan to’rt yil ichida u AQSh tashqi siyosatini yuritishdek murakkab bir vazifani bajardi.

Xillari Klinton deganda amerikaliklar kuchli iroda egasi, siyosatdan chetda yashay olmaydigan, vatan uchun jonini fido qilishga tayyor shaxsni tushunadi. Shaxs sifatida uni yoqtirmasa-da, Klinton xonim global miqyosda hurmatga sazovor inson ekanini tan olishadi.
 
“Mustahkam iqtisod, demokratik davlat deb bong ursangiz-u, aholining yarmiga ikkinchi darajali inson deb qarasangiz, ahmoqsiz. Dunyoning ko’plab qismlarida xotin-qizlar xor-zor. Ularda na huquq bor, na imkoniyat. Ular zo’ravonlik qurboni. Ularning sog’lig’i, turmushiga rahbarlar befarq. Ayollarini e’zozlamagan, qadrlamagan jamiyat oyoqqa turmaydi”. 
 
Xillari Klinton AQSh tashqi siyosatida yangi bir yo’nalish tanishtirdi, deydi Sara Margon, “Human Rights Watch” huquq tashkiloti vakili.  
 
“Xillari Klinton qayerga bormasin, oddiy odamlar bilan gaplashdi, ayniqsa ayollarga murojaat qildi. Siyosat degan narsa hukumatlararo emas, odamlararo, jamiyatlararo ish ekanini isbotlab berdi”.
 
Dunyoning eng qashshoq o’lkalari, masalan Afrikaning Kongo Demokratik Respublikasida Klinton sabab ham ayollarga nisbatan azaliy jinoyatlar tergov qilina boshladi, deydi faollar.  
 
“Keniya, Fil Suyagi Qirg’og’i, Senegal yoki boshqa mamlakatlar, Klinton xotin-qizlar manfaati uchun xizmat qilib berdi. Diplomatiya – kuchli qurol”,- deydi Jennifer Kuk, olima.

Ammo Klinton ko’zi ostida arab dunyosi qonga botdi. Suriyada qariyb ikki yildirki, mojaro tinmaydi. Fuqaro urushi avjida. Bashar al-Assad hamon prezident. 
 
Liviyada o’tgan yili AQSh vakolatxonasiga hujum qilinib, elchi va yana uch amerikalik halok bo’ldi. Klinton ularning hayoti saqlab qolinishi mumkin edi, deya tan oldi.
 
“Bing’ozida yurtdoshlarimiz o’lganidan chuqur anduh va afsusdaman. Elchixonalarimiz xavfsizligini mustahkamlash uchun qattiq choralar ko’rayapmiz. Lekin shuni ham tan olamanki, biz hamma narsani har doim nazorat qila olmaymiz, bu haqiqat”. 
 
Umuman olganda, deydi siyosiy tahlilchi Malu Innosent, Klinton bosh diplomat sifatida turib berdi va agar yana prezidentlikka harakat qilsa, bu katta plyus.
 
"Qidirsak, albatta uni ko’p narsada tanqid qilishimiz mumkin. Global muammolarning aksariyati hal etilmadi. Lekin amerikaliklar Xillari Klintonning tarjimai holi va siyosiy faoliyatiga qarab, unga yuqori baho berishi tabiiy”.

Xonim dam olish vaqti keldi deydi. Nafasini rostlab, sog’lig’iga qaramoqchi.
 
"Kelajagimni o’zim hal qilaman. Taqdirim o’z qo’limda. Hozircha saylov yoki prezidentlik haqida o’ylayotganim yo’q. Lekin Amerikada va dunyo bo’ylab ayollar yuqori lavozimlarni egallashi uchun qo’ldan kelgan barcha ishni qilaman”.
 
O’tgan 20 yildan beri to’yib uxlaganim yo’q, deydi Xillari Klinton. Orom olish hozirgi asosiy maqsadim, deydi u.

  • 22-yanvar, 2009. Ishga kirishgan kun.
  • Klintonlar oilasi
  • Turkiya, 2009
  • Misr, 2009
  • Filippin, 2009
  • Afg'oniston, 2009
  • Klinton va Obama
  • Spiker Nensi Pelosi va Davlat kotibasi Xillari Klinton
  • Kobul, 2010
  • BMT, Nyu-York, 2010
  • Prezident va Davlat kotibasi
  • Liviya, 2011
  • Birma, 2011
  • Birma, 2011
  • Bolgariya, 2012
  • Meksika, 2012
  • Malavi, 2012
  • Malavi, 2012
  • Janubiy Afrika, 2012
  • Kuk orollari, 2012
  • Pekin, 2012
  • Gollivud yulduzi Meril Strip bilan, 2012
  • Kongressga hisobot, 2013
  • Islom Karimov va Xillari Klinton, Oqsaroy, 22-oktabr 2011
  • AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton O'zbekiston rahbari Islom Karimov bilan, Toshkent, 22-oktabr, 2011
  • Prezident Barak Obama O'zbekiston rahbari Islom Karimov bilan hali biror marta ko'rishmagan. AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton 2010 yilning dekabrida Toshkentga safar qilib, Karimov bilan muloqot qilganida huquq masalasini ko'targan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • A tornado moves past homes in Moore, Oklahoma, May 20, 2013.
Fotogalereya

Fotogalereya Oklaxoma shtati kuchli to'fon ostida qolib 51 kishini hayotdan olib ketgan

Uch kilometr kenglikda va soatiga 320 kilometrda kelgan ofat butun boshli posyolkalarni yer bilan yakson qilgan. Mahallalar tekislikka aylangan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI