Chorshanba, 24-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 07:24

Yaqin Sharq

Klinton Bing’ozidagi fojea haqida Kongressga javob berdi

Amerika Ovozi
Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton bugun Senat va Vakillar palatasida so’zlab, o’tgan yilning sentabrida Liviyada AQSh vakolatxonasiga uyushtirilgan hujum borasida jo'shib hisobot berdi.

U qonli bu fojea haqida Obama ma'muriyati xolis axborot bermadi, haqiqatni yashirdi, qabilidagi ayblovlarni qat'iyan, keskin rad etmoqda.

"Dunyodagi jamiki diplomatlarimizni himoya qilish uchun agressiv chora ko'rayapmiz", - dedi u.

11-sentabrda Bing’ozi shahrida elchi Kris Stivens va yana uch amerikalik halok bo’lgan edi.
 
Hissiyot va shijoatga to'la Xillari Klinton besh yarim soat davomida, xususan, xavfsizlik tizimidagi nuqsonlar va xatolar yuzasidan siquvga olinib, hujumni tergov qilgan idora maslahatlarining ijrosi haqida so’zladi.

Kuzda ro’y bergan bu mash’um voqeani sinchiklab tekshirgan kengash xulosasiga ko’ra, vakolatxonada xavfsizlik mutlaqo talabga javob bermagan. Bing’ozidagi konsullik mudofaasini ta’minlash Vashingtondagi rasmiylar uchun birlamchi vazifalardan bo’lmagan, deyiladi xulosada.

Respublikachi senator Bob Korker deydiki, bu hujum Davlat departamenti al-Qoida kasb etgan xavf-xatar ko’lamini to’liq anglamaganini, nazar-pisand qilmaganini namoyish etgan.
 
“Al-Qoida yetakchisi Osama bin Laden yo’q qilinib, terrorchilik hujumi xavfi ham bartaraf etildi deyish mudhish xatodir. "Arab bahori" aynan al-Qoida oyoqqa turayotgan bir paytga to’g’ri kelgani sir emas. Shunday ekan, bugun dunyo har qachongidan xatarli bir makon”, - deydi u.

Dastlab Senatda so'zlagan vaziraning aytishicha, bu hamla butun Shimoliy Afrika mintaqasida terrorchilar kasb etgan xavf-xatarni aks ettiradi.

"Arab dunyosida ro’y bergan qo’zg’olonlar mavjud tizimlarni titratib, mintaqada mudofaani izdan chiqargan", - deydi Klinton.

“Malidagi beqarorlik terrorchilar uchun qulay sharoit yaratdi va ular ta’sir doirasini oshirdi. O’tgan hafta Jazoirda sodir etilgan hujum bunga dalil bo’la oladi”, - dedi u.
 
Klintonning aytishicha, Obama ma’muriyati Jazoirda, Liviya bilan chegara yaqinida xorijliklar garovga olinganidan beri bu davlat rahbariyati bilan muntazam aloqada. "Tutqunlikda halok bo’lgan insonlar oilalariga chuqur hamdardlik izhor etamiz", - dedi vazira.
x

Savol-javob paytida vazira Davlat departamenti, Amerika harbiylari va Liviya hukumatining kuzgi hamlaga “mavridida” javob qildi va amerikaliklarning hayoti saqlab qolindi, dedi.
 
Bu nafaqat siyosiy, balki shaxsiy bir fojeadir, deydi Klinton:
 
“Endryus bazasidan tobutlar olib chiqilar ekan, men prezident Obama bilan ularni kutib oldim. Yaqinidan ayrilgan ota-onalar, aka-inilar, o’g’il-qizlar, farzandini yolg’iz katta qilishga majbur onalarni bag’rimga bosdim”, - dedi vazira ko'zida yosh bilan.

Klinton nazarida hozir aybdorni qidirishdan muhimroq ishlar bor:

"To'rt amerikalik halok bo'ldi. Bunga turtki bergan narsa namoyishlarmi? Yoki bir odam kechasi turib, amerikaliklarni o'ldirib kelishga qaror qilganimi? Hozir buning nima farqi bor? Bizning ishimiz - nima ro'y berganini aniqlab, boshqa qaytarilmasligini kafolatlash".
Dunyodagi jamiki diplomatlarimizni himoya qilish uchun agressiv chora ko'rayapmiz.

Diplomat, jumladan, AQShning BMTdagi elchisi Syuzan Raysga nisbatan yangrayotgan tanqidlarni rad etdi.

Muxolif respublikchilar shikoyati shundan iboratki, Rays avvaliga islomni mayna qiluvchi hujjatli film hujumga turtki bergan, deya bayonot bergan.

"Qo'limizda bor ma'lumotga tayanib, vaziyatni izohlashga, aniqlik kiritishga harakat qilayotgan edik. O'tmishda kim, nima degani emas, xavfsizlikni mustahkamlash oldimizda turgan burch, vazifadir", - dedi u.

Diplomat Afrika shimolida ekstremizm, jihod kayfiyati haqida ogohlantiradi:

"Global muammo haqida gap ketmoqda. Yirik terrorchilarni yo'q qilishimiz mumkin, lekin kuchli demokratik institutlarni barpo etib, qadriyatlarimizni aniq-tiniq bayon qilmas, mustahkam munosabatlarni yo'lga qo'ymas ekanmiz, ahvol beqarorligicha qolaveradi", - deydi u.

Davlat departamenti matbuot kotibasi Viktoriya Nulandning aytishicha, Klinton xatolarini hamisha tan olib, mas’uliyatni bo’yniga olib kelgan.
To'rt amerikalik o'ldi. Bunga turtki bergan narsa namoyishlarmi? Yoki bir odam amerikaliklarni o'ldirib kelishga qaror qilganimi? Hozir buning nima farqi bor? Bizning ishimiz - nima ro'y berganini aniqlab, qaytarilmasligini kafolatlash.

Xizmat muddati tugab borayotgan Klinton ishdan ketishdan oldin, ya'ni martgacha deyarli barcha tavsiyalarni amalga oshirish qarorida qat’iy, deydi Nuland.

Klintonning aytishicha, Bing'ozidagi hujum ortida turgan terrorchilar qidiruvda va ular oxir-oqibat javobgarlikka tortiladi. Kun davomida diplomat Vakillar palatasi Tashqi aloqalar qo'mitasida so'zlab, savollarga javob berdi.
 
Tashqi ishlar vazirasi ikki haftadan keyin lavozimini bo’shatadi. Uning o’rnini demokrat senator Jon Kerri egallashi kutilmoqda.

Klinton dekabr oxirida tobi qochib, yiqilgan va miya chayqalishi natijasida kasalxonaga tushgan edi. Uch hafta oldin xizmatga qaytdi.

Bing'ozidagi hujumda to'rt amerikalik, xususan, elchi Kris Stivens halok bo'lgan edi:

Liviyadagi fojia, Obama nima deydi?/US Libyai
X
14.09.2012 22:16
Prezident Barak Obamaning aytishicha, uning ma’muriyati Liviya hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilib, Bing’ozida AQSh vakolatxonasiga hujum ortida turganlarga qarshi birgalikda chora ko’radi. Xuruj to’rt amerikalikni, jumladan elchini hayotdan olib ketdi.


  • Elchi Kristofer Stivens
  • Elchi Kris Stivens liviyaliklar bilan qo'l berib ko'rishmoqda. Tripoli, 27-avgust, 2012-yil.
  • AQSh elchisi Jon Kristofer Stivens Tripolida Liviya Muvaqqat boshqaruv kengashi raisi Mustafo Abdul Jalil bilan ko'rishmoqda. 2012-yilning 7-iyuni.
  • Elchi Kristofer Stivens Liviyaning Bing'ozi shahrida muxolifat yetakchilari va Afrika Ittifoqi delegatsiyasi uchrashuvida, 2011-yilning apreli.
  • Elchi Kris Stivens Bing'ozida Afrika Ittifoqi delegatsiyasi va Liviya muxolifati yetakchilari o'rtasidagi muloqotdan keyin mahalliy matbuot bilan gaplashmoqda. 2011-yilning apreli.
  • Elchi Kris Stivens, Britaniya diplomati Kristofer Prentis Bing'ozida Muvaqqat boshqaruv kengashi vakili doktor Sulaymon Fortiya bilan ko'rishmoqda.
  • Britaniya elchisi Kristofer Pretis va Amerika diplomati Kris Stivens Bing'ozida Liviya isyonchilari yetakchisi Mustafo Abdul Jalil o'tkazgan matbuot anjumanida ishtirok etmoqda.
  • Amerika elchisi Kris Stivens, Britaniya diplomati Kristofer Prentis va Liviya Muvaqqat boshqaruv kengashi vakili Abdul Hafiz Goqa marhum jurnalist Tim Xezeringtonni xotirlash marosimida.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika musulmonlari jihodchilar haqida nima deydi? US Muslims/ISISi
X
23.09.2014 23:00
Amerikada musulmonlar Iroq va Suriyadagi “Islomiy davlat” terror guruhining qilmishlarini qoralamoqda. Jangarilar yovuz niyatlarini din bilan niqoblamoqda, aslida islomda bunday zo’ravonliklarga o’rin yo’q, deydi ular.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Fransiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius, olim Jeym Gudall, Amerika sobiq vitse-prezidenti Al Gor, Nyu-York meri Bill de Blazio, BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Nyu-Yorkdagi namoyishda qatnashdi. 21-sentabr, 2014-yil.

  • Berlin, Germaniya, 21-sentabr, 2014-yil.

  • Nyu-Yorkda namoyish. 21-sentabr, 2014-yil.

  • Mexiko, Meksika

  • Dizayner Vivien Vestvud, sozanda Piter Gabriel, aktrisa Emma Tompson Londonda qariyb 40 ming odam ishtirokidagi namoyishda qatnashdi. 21-sentabr, 2014-yil.

  • Nyu-York

  • Aktyorlar Mark Ruffalo, Leonardo Di Kaprio Nyu-Yorkdagi namoyish paytida.

  • Rio de Janeyro, Braziliya

  • Nyu-York

  • Nyu-York

  • Nyu-York

  • Nyu-York

  • Nyu-York

Fotogalereya

Fotogalereya Minglab odamlar iqlim himoyasiga otlandi

Yakshanba kuni minglab odamlar namoyishga chiqib, siyosat ahlini iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga qarshi dadilroq harakat qilishga chaqirdi.
Fotogalereya

Fotogalereya O'n minglab suriyaliklar Turkiyaga qochayapti

Suriyada "Islomiy davlat" jangari guruhining hamlasi ketidan o'n minglab kurdlar Turkiyaga qochayapti. Anqara qochqinlarni kiritish uchun 19-sentabrda Suriya bilan chegarani ochgan. Hozirning o'zida Turkiyada Suriyadagi urushdan bosh olib ketgan yuz minglab suriyalik jon saqlamoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Jalol-Obod, Arslonbob va O'zgan

Jalol-Obod viloyati bo'ylab sayohat... Shahardan Suzoq qishlog'i tomon boramiz. So'ngra Arslonbob to'glariga chiqamiz va sharsharalar tagida dam olamiz. Qishloqlarni kezamiz. Jamoatchilik bilan muloqotda bo'lamiz. Bozorlar, ko'chalar va hayot. Qirg'iziston janubida shu yilning avgustida olingan suratlarni tomosha qiling. Tafsilotlar mana bu blogda: http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/2014/09/20/jalol-obod-arslonbob-va-ozgandagi-bebaho-lahzalar/
Fotogalereya

Fotogalereya "Islomiy davlat"ga qarshi kurash

Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shotlandiya kelajak uchun ovoz bermoqda

18-sentabr kuni Shotlandiyada Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tarkibidan chiqish to'g'risida umumxalq referendumi bo'lib o'tadi. Agar unda aksariyat qatnashchilar qirollikdan ajrab chiqish uchun ovoz bersa, xaritada Shotlandiya deb ataluvchi yangi mustaqil davlat paydo bo'ladi. Besh milliondan oshiq aholiga ega o'lka.
Fotogalereya

Fotogalereya Sharqiy Ukrainaga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qilindi

Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shanxay-6 Dushanbeda uchrashdi, tafsilotlar fotolarda

Xitoy, Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston a'zo Shanxay hamkorlik tashkiloti Dushanbeda 11-12 sentabr kunlari yillik sammitini o'tkazdi. Asosiy mavzu Ukraina bo'ldi va muhokama yopiq eshiklar ortida o'tdi. O'zbekiston rahbarining pozitsiyasi: Ukraina va Rossiya mojarosi bevosita, ikki tomonlama muzokara asosida hal etilishi kerak.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI