Breaking News

AQSh: Markaziy Osiyoda ekstremizm e'tiqod cheklanishi bilan bog'liq


Ekstremistik guruhlarga qo'shilayotganlar O'zbekiston xavfsizlik kuchlari nazoratidan tashqarida bo'lgan mehnat muhojirlaridir, deya ta'kidlanadi. Faollar nazarida esa bu mehnat muhojirligi bilan bog'liq emas.
Ekstremistik guruhlarga qo'shilayotganlar O'zbekiston xavfsizlik kuchlari nazoratidan tashqarida bo'lgan mehnat muhojirlaridir, deya ta'kidlanadi. Faollar nazarida esa bu mehnat muhojirligi bilan bog'liq emas.

AQSh hukumati nazarida Markaziy Osiyoda diniy ekstremizm kuchayishi e'tiqod erkinligining cheklanishi bilan bog'liq. Davlat departamentining diniy erkinliklar bo'yicha yillik hisobotiga ko'ra, O'zbekistonda diniy guruhlar taqiq ostida qolmoqda va dindorlarga nisbatan tazyiqlar tinmagan. Radikalizmga qarshi kurash uzoq yildirki, O'zbekiston xafvsizlik siyosatining asosiy tamoyili bo'lib kelmoqda.

AQSh: Markaziy Osiyoda ekstremizm e'tiqod cheklanishi bilan bog'liq - Malik Mansur lavhasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:55 0:00

Mahalliy faollar deydiki, diniy radikalizm tahdidi O'zbekiton uchun tobora real tus olmoqda. Sabab, deya ishora qiladi ular, uzoq yillik bosim va qo'rquvga asoslangan siyosat.

O'zbekiston Inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov:

“Diniy ekstremizga qarshi kurash - to'g'ri. Lekin men huquq himoyachisi sifatida shuni aytishim kerak, bu kurash qiynoqlar, noqonuniy hibslar orqali, qonunga zid ravishda amalga oshmoqda. Davlat tomonidan kuchli bosim bor, dindorlar isbotsiz uzoq yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi. Bir necha yillar avval prezident aytgan edi. Ehtimol, qamoq jazosi o'rniga jarima qo'llash kerak deb. Lekin hech nima o'zgarmadi. Balki jarima uslubi qo'llanganda, bu kurashning samarasi haqida gapirish mumkin bo'lardi”,

O'zbekistonda diniy radikalizmga qarshi kurash namozxonlarni ommaviy qamashdan tortib, terrorchilik harakatlarigacha kuzatildi.

Hukumat bu bilan muxolif harakatlarni batamom yo'qotdi, deydi faollar. Rasmiylar qayd etishicha esa qamoqdagi minglab fuqarolar- diniy ekstremistlar.

Surat Ikromovning aytishicha, bugun vaziyat o'zgargan, o'zbeklar orasida ixtiyoriy ravishda diniy radikalizmni tanlayotganlar ko'paygan. Ular faqat namozxon emas, o'zbeklardagi bu kechinma sababi noma'lum.

“Hozir davlatning, xavfsizlik idorlarining asosiy e'tibori O'zbekistondan Suriyaga ketayotganlarga qaratilgan. Ularni qo'lga olish, ketishining oldini olishga. Taxminlarga ko'ra, uch mingdan oshiq o'zbekistonlik Suriyaga ketgan, ayrimlari oilasi bilan. Hozir ketish niyatida bo'lganlarni ham sudga tortish holatlari bo'layapti. Qiziqib ko'rdik, ketayotganlar faqat namozxonlar emas, boshqalar ham e'tiqodimi, boshqa sababdanmi, ular ham ketayapti”, - deydi Ikromov.

Bugun xalqaro terrorchi tashkilotlar safida o'zbeklar faollashib borayotgani inkor etilmaydi. Hukumat jiddiy targ'ibot ishlarini boshlagan, aholining jangari guruhlarga aloqadorligi yuzasidan keng qamrovli surishtiruv ishlarini o'tkazmoqda. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Marg'ilon shahrining o'zidan 18 kishi Suriyaga ketgani aniqlangan.

“Ular “Islom davlat” deb e'lon qilgandan keyin buni o'ziga yaqin olib ketish harakatiga tushganlar, ketganlar ham bor. Sabablarini o'rganish hozir juda qiyin, odamlar u yoqqa borib jihod qilib, xalifalik uchun kurashmoqchimi, noaniq. Bu oqimni to'xtatish hozir juda jiddiy masala bo'lib turibdi”, - deydi Ikromov.

Ekstremistik guruhlarga qo'shilayotganlar O'zbekiston xavfsizlik kuchlari nazoratidan tashqarida bo'lgan mehnat muhojirlaridir, deya ta'kidlanadi.

Faollar nazarida esa bu mehnat muhojirligi bilan bog'liq emas, aksincha, hukumat yuritgan diniy radikalizmga qarshi kurash siyosati natijasidir. E'tiqod uchun, dindorlik uchun tazyiqlar, qiynoq, qamoq qarshisidagi tahdidlar oqibatda ko'pchilikni radikal tashkilotlar qucho'giga itardi.

“Hozir ISHIDga kirma, qo'shilma, degan bilan odamlarni, xalqni bunday javob bilan qoniqtirib bo'lmaydi. Buni 17 yil avval O'zbekiston hukumati xalqning boshiga kaltak bilan urganda o'ylash kerak edi. Kaltak bilan urish o'rniga xalqning boshini silab, unga tushuntirish kerak edi. Do'ppi tor kelganda Rossiyadagi mehnat muhojirlariga qarab yugurish kerak emas”, - deydi Rossiyada mehnat muhojirlari huquqini himoya qilib kelayotgan Bahrom Hamroyev.

Jangari guruhlar, xususan, “Islomiy davlat” tarkibida jang qilayotgan o'zbekistonliklar soni haqida aniq ma'lumot yo'q. Ular bir necha yuzdan oshiq ham ko'riladi, ammo so'nggi paytda bu raqam muntazam oshib bormoqda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG