Shanba, 02-avgust, 2014 Toshkent vaqti: 03:30

Amerika

Kongress tarqoq ekan, biror loyiha qonunga aylanmaydi

AQSh Kongressi
AQSh Kongressi
Amerika Ovozi
AQSh Vakillar Palatasida hukmron respublikachilar so’nggi oylarda 20 dan ortiq qonun loyihalariga ovoz bergan, barchasi mafkuraviy asosda.

Sog’liqni saqlash islohotini bekor qilish to’g’risidagi hujjat bunga bir misol. Senatda esa demokratlar ko’pchilik ekan, bu loyihalar hech qachon qonunga aylanmaydi.AQSh qonun chiqaruvchi organi joylashgan Kapitoliy tashqaridan osuda ko’rinadi. Ammo ichkarida ikki partiya – respublikachilar va demokratlar bir-birini g’ajishga tayyor.
 
"Bo’lar-bo’lmas narsalar ustida tortishib o’tiramiz. Fikrimiz bir joydan chiqsa ham janjallashamiz. Buni qanday tushunish mumkin? Saylov yili bu, mana gap qayerda. Hamma narsaga siyosiy tus berishga harakat qilamiz",- deydi palata spikeri, respublikachi Jon Beyner. 

U talabalarning qarz olishi to’g’risidagi qonunga ishora qilmoqda. Uning muddati uzaytirilmaganda, foiz stavkalari ikki baravar oshgan bo’lardi.  

Qayta saylanish ilinjida yurgan prezident Barak Obama universitetlarni kezib, qonunchilar bilan bog’laning deya undadi. Chunki Kongressda so’nggi payt biror loyiha oldinga siljimayapti.  
 
Saylov yili emasmi, ikki partiya o’rtasida tarafkashlik, tarqoqlik, tafovutlar yanada o’tkirlashgan.
 
Demokratlar muxolifatni ijtimoiy himoyani, yo’qsillarga atalgan yordamni kesishga urinayotganlikda ayblaydi.
 
Siyosiy sharhlovchi Normal Ornshteyn fikricha, Respublikachilar partiyasi o’zinining eng konservativ qatlami – “Choychilar” harakatini rozi qilish harakatida.
 
"Vakillar Palatasida respublikachilar ko’pchilikni tashkil etadi. Ular o’nlab qonun loyihalariga ovoz bergan, lekin Senatdan o’tmasligini yaxshi bilishadi",- deydi tahlilchi.
 
Natijada, deydi Ornshteyn, real muammolar qolib ketayapti. 
 
"Bahs-munozaraning, raqiblardan farqli pozitsiyada turishning aybi yo’q. Lekin Kongressning ishi safsatabozlik emas. Murosani ham bilish kerak. Fikr bir joydan chiqadigan mavzularni ko’taring, muammolarni hal qilib bering",- deydi Ornshteyn.
 
Demokrat kongressmen Barni Frank vaziyat shu darajaga yetganida choychilarni, respublikachilarga jo’r bo’layotgan konservativ guruhni ayblaydi.
 
"2010-yilgi saylovda bir guruh g’azabga to’lgan fuqarolar respublikachilar safiga qo’shildi. Hamkorlik, murosa ularga begona",- deydi Frank.
 
Konservativ guruhlar nazarida jamiyatda hukumatning roli tobora oshib borayapti. Majburiy tibbiy sug’urta haqidagi qonun bunga bir misol. 6-noyabrda prezident saylovlari. Amaldagi siyosat ommaga qanchalik ma’qul ekanini xalq ovozi hal qiladi.

Tarqoq, samarasiz Kongress/Congress-Bills to Nowherei
|| 0:00:00
X
17.07.2012 03:07
AQSh Vakillar Palatasida hukmron respublikachilar so’nggi oylarda 20 dan ortiq qonun loyihalariga ovoz bergan, barchasi mafkuraviy asosda. Sog’liqni saqlash islohotini bekor qilish to’g’risidagi hujjat bunga bir misol. Senatda esa demokratlar ko’pchilik ekan, bu loyihalar hech qachon qonunga aylanmaydi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Global yoshlar lagerii
X
01.08.2014 19:15
Yoz davomida ko’plab yoshlar hordiq chiqarishni afzal ko’rsa-da, Virjiniyaning Bedford shaharchasidagi yigit-qizlar bundan mustasno. Ular “Xalqaro meros” tashkiloti uyushtirgan 12 kunlik Global yoshlik qishlog’i yozgi lagerida tahsil olmoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • G'azo
  • G'azo
  • Falastinlik qochqin
  • Isroil askari
  • Isroil tanklari
  • G'azo
  • G'azo
  • G'azo
  • G'azo
  • Isroil askari
  • Isroil harbiylari
  • G'azo
  • G'azo
  • Isroil
  • Tel-Aviv
  • G'azo
Fotogalereya

Fotogalereya G'azoda sulh quladi, Isroil va HAMAS bir-birini aybladi

Juma yongda e'lon qilingan uch kunlik sulh ikki soat o'tar-o'tmay buzildi.
Fotogalereya

Fotogalereya G'azo inqirozi - 31-iyul, 2014-yil

G'azoga Isroil raketalari yog'ilishda davom etmoqda. Tomonlar hujumlarni to'xtatish bo'yicha hanuz kelishuvga erishgani yo'q. Halok bo'lgan falastinliklar soni 1500 ga yetgan.
Fotogalereya

Fotogalereya G'arbiy Afrikada Ebola virusi tarqalmoqda

G'arbiy Afrikaning bir qator mamlakatlarida o'limga yetaklovchi Ebola virusiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda. Shu paytgacha 1000 dan ortiq odam halok bo'lgan. Virus yuqtirib olganlar izolyatsiyalangan maxsus kasalxonalarda saqlanmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 29-iyul, 2014-yil

G'azoda aholini tok bilan ta'minlovchi asosiy elektr stansiyasi Isroil hujumiga uchradi. Shotlandiyada 2014-yilgi Hamdo'stlik sport o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Hayit ayyomi

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI