Juma, 25-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 18:45

Huquq va qonun

Kongressmen Berton: Markaziy Osiyoga nisbatan loqaydlik AQSh uchun katta xato bo'ladi

Kongressmen Den Berton "Amerika Ovozi" bilan suhbatda
Kongressmen Den Berton "Amerika Ovozi" bilan suhbatda
Yaqinda O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston va Qozog’istonda bo’lib qaytgan respublikachi kongressmen Den Berton (Dan Burton) fikricha, Markaziy Osiyoga nisbatan amaldagi siyosat samara bermoqda, lekin hamkorlikni muvozanatlash kerak. Ya’ni, deydi u, sheriklik asosan Afg’onistonga bog’lanib qolmasligi, boshqa sohalar, jumladan iqtisod va sarmoya, huquq va demokratiya targ’iboti, ta’lim va madaniy aloqalarga ham e’tiborni oshirish kerak.

Amerika Ovozi: Amerika Afg’oniston deb Markaziy Osiyoning avtoritar rahbarlari, diktatorlik tuzumlari bilan apoq-chapoq, oddiy xalq dardi Vashingtonga bir tiyin degan tanqidga nima deysiz?
 
Kongressmen Berton: “Albatta dunyoning istagan nuqtasida muammo bor. Markaziy Osiyo bag’oyat muhim mintaqa. Qozog’iston, O’zbekiston, Tojikiston va Qirg’iziston prezidentlari bilan uchrashgach, shunga iymonim komil bo’ldiki, Markaziy Osiyoga nisbatan faol siyosat yuritishdan manfaatdormiz. Birinchidan, bu mintaqa tezlikda o’sayapti va nazarimda, taraqqiy ham etayapti. Bunga safarim davomida guvoh bo’ldim. Ko’p narsani o’rgandik. Kongress delegatsiyasini juda iliq kutib olishdi. Amerika biznes va sanoatlari uchun imkoniyatlar katta. Bilaman, uzoq yillardan beri hokimiyat o’zgarmagan, liderlar anchadan beri o’tiribdi. Lekin ular biz bilan ochiq muloqot qilishdi. Bu tuzumlar, hukumat strukturasi bizga ma’qul bo’lmasligi mumkin, lekin ular biz bilan ishlamoqchi bo’lsa, bizning kompaniyalarimiz sarmoya kiritishini istasa, ular bilan hamkorlik qilishimiz kerak. Bu bilan mintaqada ijobiy o’zgarishlar bo’lishiga, oshkoralik sari, demokratik taraqqiyot va inson huquqlari e’zozlanishiga o’z hissamizni qo’shamiz. 
 
Amerika Ovozi:  Siz “muvozanatli aloqa” deb bong urayapsiz, lekin bunga qanday erishish mumkin? Hozirgi sheriklik ko’proq Afg’oniston bilan bog’liqligi sir emas.

Kongressmen Berton: “Afg’oniston butun mintaqa uchun katta muammo. Afg’oniston Tolibon yoki al-Qoida qo’liga o’tsa va Pokistonda ham vaziyat shunga yaqinlashsa, butun mintaqa tahdid ostida qoladi. Shu sabab biz, Amerika, barqarorlikni saqlashga harakat qilishimiz, bu borada hukumatlar bilan ishlashimiz kerak. Afg’onistondagi muammolar hammaga ayon. Qo’shni mintaqada Qozog’iston va O’zbekiston singari davlatlar kelajakdan xavotirda. Shu bois AQSh hamkorlikni kengaytirishi zarur, xoh biznes, xoh harbiy sohada bo’lsin”.

Amerika Ovozi: Markaziy Osiyoning to’rt davlatiga borganingizda, asosan, rahbarlar va qonunchilar bilan uchrashdingiz. Fuqaro jamiyati a’zolari va faollar, nohukumat tashkilotlarning vakillari bilan nima uchun muloqot qilmadingiz?
 
Markaziy Osiyodagi rolimizni oshirish kerak, deydi AQSh kongressmeniMarkaziy Osiyodagi rolimizni oshirish kerak, deydi AQSh kongressmeni
x
Markaziy Osiyodagi rolimizni oshirish kerak, deydi AQSh kongressmeni
Markaziy Osiyodagi rolimizni oshirish kerak, deydi AQSh kongressmeni
Kongressmen Berton: “Biz imkon qadar bu mamlakatlar bilan yaqindan tanishishga harakat qildik. Yetakchi biznesmenlar, siyosiy rahbarlar va parlamentlarning a’zolari bilan uchrashdik. Vaqtga qarab, jamoatchi faollar bilan ham ko’rishdik. Afsuski, vaqt juda oz edi. 8-9 kun ichida 6 davlatda (Markaziy Osiyoda to’rt va Yevropada ikki) bo’ldik. Juda ko’p odamlar bilan muloqot qilishni xohlar edik, ammo fursat yetmadi”.
 
Kapitoliy, AQSh Kongressi joylashgan bino (Suratni kattalashtirish mumkin)Kapitoliy, AQSh Kongressi joylashgan bino (Suratni kattalashtirish mumkin)
x
Kapitoliy, AQSh Kongressi joylashgan bino (Suratni kattalashtirish mumkin)
Kapitoliy, AQSh Kongressi joylashgan bino (Suratni kattalashtirish mumkin)
Amerika Ovozi: Amerika erkinlik elchisi bo’lib qolishi kerak deyapsiz. Kongress, xususan, siz a’zo qo’mita, siz rais quyi qo’mita mintaqada inson huquqlari va demokratiya targ’ibotini oshirish uchun nima qilmoqda?

Kongressmen Berton: “Biz bu mamlakatlar bilan yaqindan muloqot qilishimiz, hamkorlikni kengaytirishimiz va ular bilan huquq va erkinlik, demokratiya xususida ko’proq gaplashishimiz zarur. Rahbarlar bilan fikr almashib, bir-birimizni yaxshiroq bila boshlasak, bora-bora bu ijobiy natija beradi. Bu mintaqaga nisbatan loqaydlik eng katta xato bo’ladi. Bu tezlikda o’sayotgan mintaqa. Xitoy va Rossiya o’z ta’sir kuchini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Qo’shma Shtatlar qo’l qovushtirib o’tirsa, ulkan imkoniyatlarni boy beramiz”.
 
Amerika Ovozi: Katta rahmat sizga!
 
Kongressmen Berton:: Arzimaydi, bajonidil.

AQSh-Markaziy Osiyo/Kongressmen Den Berton (Dan Burton) bilan suhbat, Navbahor Imamova
AQSh-Markaziy Osiyo/Kongressmen Den Berton (Dan Burton) bilan suhbat, Navbahor Imamovai
|| 0:00:00
...
 
🔇
X


Congressman Dan Burton R-Indiana talks to Navbahor Imamova VOA Uzbek
Congressman Dan Burton R-Indiana talks to Navbahor Imamova VOA Uzbeki
|| 0:00:00
...
 
🔇
X


Kongressmen Berton (Dan Burton): Markaziy Osiyoga nisbatan loqaydlik AQSh uchun katta xato bo'ladi i
|| 0:00:00
X
28.07.2012 05:38
Yaqinda O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston va Qozog’istonda bo’lib qaytgan respublikachi kongressmen Den Berton (Dan Burton) fikricha, Markaziy Osiyoga nisbatan amaldagi siyosat samara bermoqda, lekin hamkorlikni muvozanatlash kerak. Ya’ni, deydi u, sheriklik asosan Afg’onistonga bog’lanib qolmasligi, boshqa sohalar, jumladan iqtisod va sarmoya, huquq va demokratiya targ’iboti, ta’lim va madaniy aloqalarga ham e’tiborni oshirish kerak. Navbahor Imamova qonunchi bilan suhbatda bo’ldi.



Watch the interview (original):

Congressman Dan Burton talks to VOA Uzbek i
|| 0:00:00
X
23.07.2012 22:51
Rep.Burton (R-Indiana), who chairs Subcommittee on Europe and Eurasia (Committee on Foreign Affairs), recently led a delegation to four countries of Central Asia: Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan and Uzbekistan. VOA's Navbahor Imamova talked to him following a hearing on US engagement in the region. ------ Yaqinda O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston va Qozog’istonda bo’lib qaytgan respublikachi kongressmen Den Berton (Dan Burton) fikricha, Amerika Markaziy Osiyoga nisbatan barcha sohalarda faol siyosat yuritishi kerak. Nafaqat Afg’oniston, balki iqtisod va sarmoya, huquq va demokratiya targ’iboti, ta’lim va madaniy aloqalarga ham e’tiborni oshirish lozim. Navbahor Imamova qonunchi bilan suhbatda bo’ldi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika tub aholisi: Biz "qizil tanlilar" emasmiz - Redskins Controversyi
X
25.07.2014 11:27
Аmerikada tub aholi mahalliy futbol jamoasi nomiga qarshi. Redskins - "qizil tanlilar"... Qabilalar buni haqorat deb biladi. Hukumat ham shunday fikrda. Lekin komanda egalari uni o’zgartirmoqchi emas. Masala sudga oshirilgan.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • G'azo
  • G'azo
  • Niderlandiyaga Ukrainadan yana 74 tobut bordi
  • Hindiston
  • Vatikan
  • Yapon muzeylarida
  • Tayvanda samolyot qulaganidan keyingi manzara
  • Xitoy
  • Germaniya
  • Italiya
  • Filippin
  • Kanada
  • Germaniya
  • San Diego, Kaliforniya shtati
Fotogalereya

Fotogalereya Tayvanda samolyot qulashi oqibatida 48 kishi halok bo'ldi

"TransAsia" havo yo'llariga qarashli samolyot yomon ob-havo tufayli Tayvanda qulab tushgan. Samolyot bortidagi 48 kishi halok bo'lgan, 10 kishi yaralangan. Halokat yerida yana besh kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya BMT Xavfsizlik kengashi G'azoda otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil va XAMASni o'zaro otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. G'azoda ikki haftadan beri davom etayotgan havo hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik halok bo'lgan, Isroil tomonidan esa bir necha askar o'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 20-iyul, 2014-yil

Kunning muhim voqealari va dunyoning turli burchaklaridagi manzara suratlarda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonlik ustalar Santa Fe xalqaro festivalida

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida har yili o’tadigan usta hunarmandlar festivali (Santa Fe International Folk Art Market) nufuzli davra hisoblanadi. Unga taklif qilingan chevar, kashtado’z yoki sozandaning ijodi so’zsiz tan olinadi. Qaysi davlatda bo’lmasin ularning mahsuloti darrov qo’lma qo’l bo’lib ketadi. Bu yilgi yarmarkada O’zbekistondan 25 kishi qatnashdi - eng katta jamoalardan biri. 11-13-iyul kunlari o’tgan tadbirda ustalar bir-biri bilan tanishdi, tajriba almashdi, mahsulotini sotdi, yangi xaridor va hamkorlar topdi va vatanga daromad bilan qaytdi. Bu esa, deydi hunarmandlar, yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yangi ish o’rinlari, ta’lim dasturlari, mustaqil faoliyat, erkin nafas va yurt taraqqiyoti uchun hissa degani bu.
Fotogalereya

Fotogalereya MH17 - Ukraina osmonida urib tushirilgan samolyot qoldiqlari va bugungi manzara

Ukraina hukumati Rossiyani ikki kun oldin Donetskda urib tushirilgan yo’lovchi samolyot qoldiqlari orasidan ashyoviy dalillarni yo’q qilishda separatistlarga yordam berayotganlikda ayblamoqda. Malayziya havo yo’llariga tegishli samolyot ichida 298 odam bo’lgan. Hammasi o’lgan. AQSh hukumatining tasdiqlashicha, samolyot yerdan nishonga olingan.
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil piyoda kuchlari G'azoda hujumlarni davom ettirmoqda

8-iyulda boshlangan operatsiyada hozirgacha 300 dan oshiq falastinlik o’lgan. Uch kundirki, Isroil kuchlari G'azo sektorida yuzlab manzillarni o'qqa tutmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Dunyo ahli Ukrainadagi fojeadan dahshatda, 295 odam halok bo'lgan

Yo'lovchilardan 173 nafari Niderlandiya, 44 kishi Avstraliya, 12 odam Indoneziya, shuningdek, Britaniya, Germaniya, Belgiya, Kanada, Yangi Zelandiya va Filippin fuqarolaridir. AQSh razvedka agentliklarining tasdiqlashicha, samolyot raketa bilan urib tushirilgan va aynan Ukraina sarhadidan turib nishonga olingan. Samolyot havoda portlagan. Ukraina qurolli kuchlari bunday vositaga ega emas, deydi Amerika rasmiylari. Gumon shuki, samolyotni o'qqa olganlar - rusparast bo'lginchilar.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShga noqonuniy kirib kelayotgan muhojir bolalar

AQShning janubiy chegaralarida noqonuniy muhojirlar muammosi gumanitar inqiroz sifatida baholanmoqda. Chegarani kesib o'tganlar orasida 50 mingdan ortiq voyaga yetmagan bola bor. Ular mahalliy va federal hukumat uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI