Chorshanba, 19-iyun, 2013 Toshkent vaqti: 01:55

Markaziy Osiyo

Obama va Romni diqqatini O’zbekiston paxtazorlariga qaratsin, deydi huquq faollari

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
O’zbekistonda paxta terimi mavsumi davom etar ekan, Qullikka qarshi kurash kuni munosabati bilan faollar AQShda prezidentlikka da’vogar Barak Obama va Mitt Romni diqqatini tortmoqda.


Qullikning zamonaviy shakliga jalb qilingan minglab bolalar, ayollar va erkaklar sizga ko’z tikib turibdi, deyiladi kechagi bayonotda.

O’zbekistonda xalq hukumat uchun qora terga botib mehnat qilmoqda, lekin rahbariyat paxtadan tushgan yillik 1 milliard dollar daromad nimaga, qanday sarflanishi haqida hisobot berishni lozim topmaydi, deyiladi unda.

Hukumat bolalar ekspluatatsiya qilinmaydi deya bong ursa-da, terim mavsumiga mustaqil kuzatuvchilarni yo’latmay keladi. Joriy mavsumda rahbarlar katta yoshdagilar orasida majburiy mehnatga zo’r bergani ma’lum.

Davlat ishchilarining taxminan 20 foizi, o’qituvchi, shifokor, hamshira, bank xodimlari, harbiylar va deyarli barcha talabalar dalada.

Qo’shma Shtatlar zamonaviy qullikka qarshi kurashda yetakchi nomini olgan, biroq O’zbekistonda bolalar va kattalar majburiy mehnatini tugatish ustuvor masala sifatida belgilanishi kerak, deya da’vat etmoqda faollar.

Kelasi dushanba, 22-oktabrda Obama va Romni millionlab muxlislar oldida tashqi siyosat haqida bahslashadi.

Har ikkisini bu imkoniyatdan foydalanishga va zamonaviy qullikni ochiqchasiga qoralashga chaqiramiz. O’zbekiston paxta ishlab chiqarish sektorini tilga oling, deya da’vat etadi faollar.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • KYRGYZSTAN CHILDREN
  • KYRGYZSTAN CHILDREN
  • KYRGYZSTAN CHILDREN
Fotogalereya

Fotogalereya Yoz - Markaziy Osiyo bolalari uchun pul ishlash payti

Avtoulov uvayotgan, poyafzal tozalayotgan, arava tortayotgan o’spirinlarni ko’plab uchratish mumkin. Qishloqda bolalar dalaga chiqadi, mol-qo’y haydaydi, kimdir g'isht quyadi, kimdir tosh tashiydi. Choyxona, nonvoyxonalarda yugurdaklikni ham bolalar qiladi. Odamlar farzandlarini yoshligidan mehnatga, hunarga o’rgatishga odatlangan. Ko’pchilik bolalarini temirchiga, duradgorga, oshpazga, qo’yingki hunarmandga shogirdlikka beradi. Ko’cha changitgandan ko’ra, hunar o’rgansin, deydi ota-onalar. Qolaversa, bolalarning oila byudjetiga hissasi ham ahamiyatga ega.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI