Breaking News

Qrimda tatar tilidagi yagona telekanal ishini to'xtatdi


ATR telekanali ishini davom ettirishi uchun litsenziya berilmadi
ATR telekanali ishini davom ettirishi uchun litsenziya berilmadi

Rossiya hukmron Qrim yarimorolida tatar tilidagi yagona telekanal faoliyatini to'xtatishga majbur bo'ldi. Hukumatga ko'ra, ATR ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tish uchun hujjatlarni to'g'ri rasmiylashtirmagan.

Qrimda tatar tilidagi yagona telekanal ishini to'xtatdi-Malik Mansur xabar beradi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:32 0:00

Ukraina davlat teleradiokompaniyasi Yevropa tashkilotlariga murojaat qilib, Rossiyaga nisbatan keskin chora qo'llashni talab etmoqda.

ATR qayta ro'yxatdan o'tolmagach 31-mart oqshomida efirdan ketdi.

Qrim-tatarlarga yangiliklar uzatgan kanal tarmog'iga kiruvchi “Meydan” va “Lider” FM, bolalar uchun mo'ljallangan “Lela” telekanali ham ishdan to'xtagan.

Qrim Rossiya tarkibiga qo'shib olingach, ATR federatsiya qonunchiligiga ko'ra ro'yxatdan o'tish uchun bir necha bor murojaat qilgan, ammo har safar hujjatlar qaytarilgan.

ATR Moskva bosimiga bo'ysinmagani uchun ro'yxatdan o'tkazilmagani aytilmoqda.

Qrim-tatarlarning asosiy organi bo'lmish Milliy Majlis vaziyatdan xavotirda. Majlis yetakchilari Mustafo Jemilev va Refat Chubarov Yevropa Ittifoqidan yordam so'ramoqda.

Qrim-tatarlar ATR kanali faoliyati to'xtashga majbur qilinganini millat ruhiyatiga qilingan tajovuz sifatida bahomoqda.

“Deportatsiya mashaqqatlari tufayli qrim-tatarlar o'z tarixidan, madaniy merosi, qadriyatlaridan mosuvo qilindi. Madaniy yodgorliklar, muzeylar talon-taroj qilindi, mol-mulk barchasi yo'qotildi. ATR esa biz uchun shu bo'shliqni to'ldirib kelayotgan edi, u millat madaniyati, ruhiyatining bir qismiga aylangan edi. Millat o'zligini anglab tiklana boshlashida ATRning o'rni beqiyos edi. Qrim-tatarlar hamisha agressiyaga qarshi bo'lib kelgan, ular faqat televideniye bilan emas, balki bosqinga qarshi bo'lgan qrim tatar xalqi bilan kurashmoqda”, - deydi Erfan Quddusov, Milliy Majlis faollaridan biri.

Ukrainani davlat teleradiokompaniyasi raisi o'rinbosari Bogdan Chervak Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) Matbuot erkinligi bo'yicha maxsus vakili Dunya Miyatovichga ochiq murojaat bilan chiqqan.

“Moskva qiyofasidagi okkupatsion hukumat Qrimda birorta ham mustaqil axborot vositasi qolmasligi uchun tozalash ishlarini o'tkazmoqda. Biz YXHTga mustaqil matbuotni qo'llashi lozim bo'lgan obro'li tashkilot sifatida murojaat qilayapmiz. Rossiya matbuotga ko'rsatayotgan bu tazyiqlari uchun munosib jazolanishi kerak, Rossiya media bo'yicha xalqaro tashkilotlarga a'zolikdan chiqarilishi kerak, chunki u so'z erkinligini qo'pol tarzda buzib kelayotgan davlatga aylandi”, - deydi Chervak.

Uning so'zlariga ko'ra, Ukraina ATR faoliyati davom etishi uchun ko'mak ko'rsatishga tayyor.

“Biz hozirgi vaziyatda qrimlik jurnalistlarga mutlaqo hamdardmiz, telekanal to'xtashi munosabati bilan yuzaga kelgan bo'shliqni to'ldrishga harakat qilamiz. Kanal yopilishi xavfini barataf etishga urindik, lekin natijasiz tugadi. Yarimorolga Rossiya monopoliyasidan xoli bo'lgan axborot yetkazilishi kerak. Hozir bu tazyiqqa nisbatan munosib javob hozirlanmoqda, telekanal faoliyatini Ukrainaga ko'chirish imkoniyati ham o'rganilmoqda”, - deydi Chervak.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko ATR telekanali o'z faoliyatini to'xtatishga majburlangani yuzasidan "Twitter" dagi sahifasida “televideniyeni o'chirish mumkin, ammo qrim-tatar xalqining ozodlikka bo'lgan intilishini to'xtatib bo'lmaydi. Qrim - bu Ukraina”, - deb yozdi.

YXHT vakili Miyatovich bugungi bayonotida yarimorolda matbuot erkinligi bilan bog'liq ahvol yanada og'irlashganini qayd etdi. Qrimda erkin va mustaqil ovozlar senzura ostida, deydi rasmiy.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG