Shanba, 25-may, 2013 Toshkent vaqti: 04:33

Markaziy Osiyo

O’zbekiston yana Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotini tark etdi

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi

O’zbekiston Kollektiv xavfiszlik shartnomasi tashkilotidan chiqdi. Rossiya ustuvor, jami yetti mamlakatdan iborat xavfsizlik guruhida ichki kelishmovchilik nishonasi bu, deydi tahlilchilar.
 
Tashkilot matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov rasmiy Toshkentdan shu mazmunda xat olganini bugun ma’lum qilgan.

Sabablari borasida izoh berilmagan. O’zbekiston hukumati ham sukutda.

Tashkilotda endi olti a'zo qoldi - Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston.
 
Rossiya guruhni NATOga muqobil kuch sifatida ta’riflab keladi, lekin uning faoliyatini yaqindan kuzatgan mutaxassislar nazarida blok bo’sh va tarqoq. 

A’zolar tezkor qo’shin tuzgan, biroq uning soni kam, missiyasi aniq emas. O’zbekiston bu qo’shinga hissa qo’shishdan bosh tortgan.
 
Rasmiy Toshkent 1999-yilda ham tashkilotdan chiqib, 2006-yilda yana qayta qo'shilgan edi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti 1992-yilda Toshkentda tuzilgan, hukumatlararo harbiy alyans. Qarorgohi Moskvada joylashgan.

Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: Alisher E-mail adresingiz: Jalolobod, Qirg‘iziston
05.07.2012 14:22
O‘zbekiston Rossiya bilan noiloj, Andijon voqealari sabab g‘arb bilan orasi buzilgani uchungina hamkorlik qilib kelayotgan edi. Bugun Afg‘oniston sabab O‘zbekiston AQShning mintaqadagi hamkori aylanib borar ekan, o‘z-o‘zidan ODKB kabi foydasiz tashkilotlardagi a’zolik rasmiy Toshkentni qoniqtirmasligi aniq. Qolaversa, bu tashkilotdagi a’zolikni to‘xtatish, O‘zbekistonga G‘arb bilan harbiy hamkorlikni mustaqil olib borish imkonini beradi. Umuman, ODKBni NATOga taqqoslash qiyin. Ko‘p ishlar qog‘ozdan nariga o‘tmaydi.


Fikr bildiruvchi: Anvar E-mail adresingiz: Москва
03.07.2012 17:53
худога Шукур! Россия , хеч качон озод ва Обод. Давлат булмайди! тарихга назар солсак шуни гувохи буласиз !!!
Биз Туркия , Европа , Америкага интилишимиз керак !
Утмишда Чор Россиясини Узбек ва Урта осиё давлатларига етгазган жабр зулмини эсланг ! 2 жахон Урушида бирга голиб булдик лекин Россия бу галабани узиники деб билади ! ва буни исботи сифатида Русларнинг бизларга муносабати !
ва Путиннинг 2012 йилдаги 9 май кунидаги нуткини тинглаб куринг! хуласс! Каримовни ёмон курсамда , шуни хулоса килиб айтаман Россиядан канча узок булсак шунча яхши !
буни дунёдан утиб кетган авлодларимиз хам айтган эди!

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI