Chorshanba, 22-may, 2013 Toshkent vaqti: 19:03

Xalqaro

Siyosatdonlar: Bugun diktatorlik qilish qiyin

Multimedia

Audio
  • Afrika uyg'onmoqda, yakkahokimlarga qarshi namoyishlar/Navbahor Imamova hikoya qiladi

  • AQSh O'zbekistondagi vaziyatni yaxshilash uchun nima qila oladi?/Jurnalist Husniddin Qutbiddinov tahlili/Navbahor Imamova lavhasi

Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Bugunga kelib diktatorlik qilish qiyin, deydi siyosatdonlar. Aholi soni o’sib bormoqda, yoshlar orasida ishsizlik keng, global axborot oqimini nazorat qilish deyarli mumkin emas.



Lekin avtoritar tuzumlar ham bo’sh kelmayapti. Hokimiyatda uzoqroq qolish uchun XXI-asr texnologiyalarini ishga solmoqda.

Asrimizda repressiya va erkinlik to’qnashgani to’qnashgan. Oppozitsion guruhlar bugun ilg’or texnologiyalar va nozo’ravon usullardan tobora kengroq foydalanyapti.

Jurnalist Villiam Dobson deydiki, ilgari diktatorlarning asosiy maqsadi qurol-aslahani ommadan uzoqroqda saqlash edi. Endi esa namoyishlardan ham qo’rqib qolishgan. 

“Diktatorni sizning fikrlaringiz qiziqtirmaydi. Namoyishda ishtirok etmasangiz bo’lgani”, - deydi u.

“Diktatura va demokratiya uchun global kurash” nomli kitob muallifi Villiam Dobson yaqinda Vashingtonda shu mavzuda o’tgan muhokamada so’zladi.

Mehmonlardan yana biri Serja Popovich. 2000-yilda prezident Slobodan Miloshevichni hokimiyatdan ag’dargan Serbiya studentlar harakati asoschisi va rahbari.

Uning aytishicha, o’nlab yil oldin Serbiyada ro’y bergan qo’zg’olon va 2011-yilning qishida Rossiyada boshlangan namoyishlar o’rtasida o’xshash jihatlar bor.  
x

“Ularga boshchilik qilayotganlar asosan talabalar va o’rta sinf vakillari. Katta g’ayrat-ishtiyoq bilan, hazil-mutoyibani ishga solib, o’z talablarini olg’a surishyapti. Qoyil qoladigan jihati shuki, turli guruhlar nafaqat arab dunyosida balki Rossiyada ham bir-biridan o’rganyapti. Yangi texnologiyalarning yutug’i bu”. 

Bugungi avtoritar rejimlar siyosiy faollardan dars olishga ham tayyor. Mark Linch, Jorj Vashington Universiteti olimining qayd etishicha, muxolif guruhlar o’ziga qurol qilib olgan vositalar - internet, ommabop sahifalar va SMS xizmatini xavfsizlik kuchlari ham keng qo’llamoqda.

“Ana shu kurash, raqobat so’nggi 10 yillikning xususiyatlaridan biridir. Faollar va hukumat bir-birining tajribasidan o’rgandi, ko’chirdi. Boshqa davlatlarda kechayotgan voqealarni tahlil qilib, moslashdi”, - deydi Linch.

Masalan, Misrda yangi rahbarlar muxolifat bosimiga javob berishni, vaziyatga qarab moslashishni o’rgandi.
x

“Ilg’or axborot vositalari bilan tashkiliy ishlar ancha osonlashdi. Inqilobchilar informatsiyani bir zumda ko’pchilikka yetkaza oladi. Lekin harbiy rejim ham anoyi emas. Televideniye orqali ommaga murojaat qilishyapti, namoyishchilarni tartibbuzar-bezorilar deb qoralashyapti. Qo’rquv-vahimani ishga solib, faollar orasiga nifoq solishyapti”, - deydi Mark Linch.

Suriyadagi avholga bir nazar tashlang, deydi u. Aholining muayyan qismi avtoritar rejimni qo’llab-quvvatlaydi. Bu qatlam o’zgarishlardan, islohotlardan manfaatdor emas. Aynan shu kabi vaziyatlarda xunrezlikni bartaraf etish uchun nozo’ravon kurash uslullari asqatgan bo’lardi.

Loading
12:00:00 / -:--:--
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • A tornado moves past homes in Moore, Oklahoma, May 20, 2013.
Fotogalereya

Fotogalereya Oklaxoma shtati kuchli to'fon ostida qolib 51 kishini hayotdan olib ketgan

Uch kilometr kenglikda va soatiga 320 kilometrda kelgan ofat butun boshli posyolkalarni yer bilan yakson qilgan. Mahallalar tekislikka aylangan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI