Breaking News

AQSh iqtisodiyoti kutilganidan tezroq o’sayapti


Amerikada bozor chaqqon
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:30 0:00

Amerikada bozor chaqqon

Tijorat vazirligi e’lon qilgan so’nggi raqamlarga ko’ra, AQSh iqtisodiyoti kutilganidan tezroq sur’atda o’smoqda - 5 foiz. So’nggi oylarda minglab ish o’rinlari yaratilgani, benzin arzonligi iste’molchilarning xarid quvvatini oshirgan.

AQSh iqtisodiyoti kutilganidan tezroq o’sayapti/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:40 0:00

AQSh iqtisodiyoti 2003-yildan beri eng tez sur’atda o’sayapti. Bunga sabab - bozorlar gavjum, xaridor qo’rqmasdan mahsulot xarid qilayapti, bizneslar sarmoyani oshirgan. Iqtisodchi Bred Makmillan bu katta o’zgarish ekanini aytadi.

“Oxirgi 11 yilda bunaqangi jonlanish kuzatilmagan edi. Bu iqtisodiyot mahkam oyoqqa turib olganini ko’rsatadi. 2015-yilda o’sish yanada tezlashadi deb o’ylayman”, - deydi u.

Yangilangan raqamlar moliya bozorlarida iliq kutib olindi. Dow Jones aksiyalar indeksi ilk bor 18 ming sonli marrani oshib o’tdi. Yalpi ichki mahsulot – yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning umumiy qiymati bo’lib, mamlakatdagi iqtisodiy holatni eks ettiradi.

Ekonomist Maykl Geypenning aytishicha, Amerikada iste’mol darajasi oshgan, lekin biznes hamon sust:

“AQShda iqtisod xaridorlarning ishtahasiga bog’liq. Ayni paytda bizneslar bir trillion dollardan oshiq mablag’ni sarmoya qilmay saqlab turibdi. Savdo hozirgidek chaqqon bo’lsa, kompaniyalar yangi loyihalarga sarmoya qiladi degan umid bor”.

Lekin AQSh iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi tashqi omillar ham bor. Neft eksport qiluvchi davlatlarning daromadi kamaygan, ayrim mamlakatlarda o’sish susaygan, deydi moliyaviy tahlilchi Kleys Bell.

“Buning ahamiyati shundaki, savdo hamkorlarimiz bizdan kamroq mahsulot xarid qiladi, chunki qo’lida puli yo’q. Avvalgidek katta miqdorda eksport qila olmaymiz”.

Jadal o’sish narx-navoning ko’tarilishiga, inflyatsiya oshishiga ham yetaklashi mumkin, deydi iqtisodchi Bred Makmillan.

“Birinchidan, 2015-yilda maoshlar ko’tariladi, bu jarayon allaqachon boshlangan. Ikkinchidan, inflyatsiya indeksining katta qismi bu – ijara. Ijara bahosi oshib borayapti”, - deydi u.

Hozir Qo’shma Shtatlarda inflyatsiya darajasi 1,5 foizdan ham past. Markaziy bank o’sishga turtki berish uchun bir necha yildan buyon foiz stavkalarini pasaytirib keladi. Iqtisodiyot tanazzuldan chiqib olgani tobora ayonlashar ekan, yaqin orada stavkalar ko’tarilishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG