Seshanba, 07-iyul, 2015 Toshkent vaqti: 23:53

Yaqin Sharq

Qohirada to’polon, tanklar tortildi

Amerika Ovozi
Misr armiyasi poytaxt Qohirada prezident qarorgohi atrofiga tanklar tortib, namoyishchilardan tarqalishni talab qilmoqda.


Prezident Muhammad Mursiy tarafdorlari va unga qarshilar ikki kundirki olishib, natijada besh kishi halok bo’lgan, 350 dan ziyod fuqaro jarohatlangan.

Armiya talabi shuki, odamlar markaziy maydonni bugun kunduz soat 3 da bo’shatib qo’yishi lozim. Bu orada, rahbar Mursiy ham kechroq xalqqa murojaat bilan chiqmoqchi.

“Amerika Ovozi” muxbiri Elizabet Arrotning Qohiradan xabar berishicha, hech bir tomon bo’sh kelmoqchi emas. “Asablar tarang. Urushayotgan tomonlar bir-biriga bomba, tosh otib, uchraganni do’pposlayapti”, - deydi u.

To’polon kecha, prezident Mursiyning tarafdorlari muxolifatchilarga hujum qilgach, avj olgan. Misr rahbari o’tgan oy prezident vakolatlarini keskin oshirganidan beri mamlakatda norozilik kayfiyati kuchli.

Oppozitsiya uni diktatorga qiyoslamoqda. Mursiyning Musulmon Birodarlar partiyasining ayrim idoralariga o’t qo’yilgan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
AQSh-Kuba: Diplomatik aloqalar tiklanmoqdai
X
07.07.2015 03:27
Yarim asrdan oshiq davr mobaynida bir-biri bilan bevosita aloqa qilmagan, o'zaro g'animlikda yashagan Amerika va Kuba diplomatik rishtalarni tiklab, elchixonalar ochib, hamkorlik yo'lidan borishga qaror qildi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Iroq
  • Irvin, Kaliforniya
  • Vankuver, Kanada
  • Ispaniya
  • Filippin
  • Ekvador
  • Iroq
  • Pokiston
  • Chikago, AQSh
  • Xitoy
  • Vengriya
  • Florida, AQSh
  • Tokio, Yaponiya

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI