Breaking News

Mursiy muxolifatni muzokaraga chaqirdi, namoyishlar tinmayapti


Qohiradagi manzara
Qohiradagi manzara
Misr rahbari Muhammad Mursiy konstitutsion referendumni bekor qilish va prezident vakolatlarini qisqartirish haqidagi talablarni rad etgach, muxolifat namoyishlarga zo’r bergan.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 8-dekabr, 2012
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:23 0:00
Yuklab oling

Harbiylar himoya chorasi sifatida poytaxt Qohirada prezident qarorgohi atrofini simlar bilan o’rab olgan.

Prezident Mursiy undan norozi omma va muxolifatni murosaga chaqirmoqda.

“Keling, muzokara qilamiz. Mukammal dialogga tayyorman”,- deydi u.

Uch haftadirki, Qohiraning “Tahrir” maydonida minglab odamlar hukumatga qarshi namoyish qilmoqda.

Ular Mursiyning so’nggi qarorlaridan norozi. Jumladan, prezident o’z vakolatlarini kengaytirganidan va bosh qomus shoshilinch tarzda ishlab chiqilib, ovozga qo’yilganidan.

Muxolifat bu qarorlar bekor qilinmas ekan, prezident bilan gaplashmoqchi emas.

Konstutsiya loyihasi 15-dekabrda referendumga qo’yilishi kerak, lekin davlat rahbari buni bir oz kechiktirishga shay ko’rinadi.

Mursiy deydiki, Misr barqaror jamiyat bo’lishi uchun uning rahbari katta kuchga ega bo’lishi shart. Prezident qarorlari Oliy va Konstitutsion sudlar tomonidan savolga tutilmasligi kerak.

Adliya tizimi prezidentning bu gaplarini qoralab, uni davlatchilikka qarshi harakatlarda ayblamoqda.

Qohirada Mursiy tarafdorlari va unga qarshi fuqarolar to’qnashib bu hafta ikki kishi halok bo’ldi. 700 dan ortiq odam jarohatlangan.

BMT Inson Huquqlari Kengashi Misrning yangi konstitutsiyasi yuzasidan xavotir bildirgan. Loyiha fuqaro erkinliklarini cheklovchi bandlarga ega, deya bildirmoqda bu organ.

Qiynoqlar, irqiy va jinjiy kamsitish man etilmagan unda, deydi Navi Pillay, kengash rahbari.

AQSh rahbari Barak Obama Misr prezidenti bilan telefonda bog’lanib, vaziyatdan o’ta tashvishda ekanini aytgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG