Breaking News

"Musulmon Birodarlar" konstitutsiya loyihasi qabul qilindi, demoqda


Misrda konstitutsiya loyihasi bo'yicha berilgan ovozlar, 22-dekabr, 2012-yil
Misrda konstitutsiya loyihasi bo'yicha berilgan ovozlar, 22-dekabr, 2012-yil
Kecha Misrda yangi konstitutsiya loyihasi bo’yicha referendumning ikkinchi bosqichi 17 viloyatda o’tkazildi. Birinchi bosqich 15 dekabrda 8 viloyat hamda Qohira va Iskandariya shaharlarida o’tgan edi.

Ma’lum bo’lishicha, kechagi ovoz berishda saylovchilarning atigi 32 foizi qatnashgan. Agar natijalar rasman tasdiqlansa, parlament saylovlari ikki oydan so’ng o’tkazilishi rejalangan.

“Musulmon Birodarlar” prezident Muhammad Mursiyning tayanchi bo'lib, yangi konstitutsiyani yoqlaydi, ammo liberal, nasroniy va dunyoviy muxolifat unga qarshi. Ularning aytishicha, loyihani islomiy kuchlar tayyorlagan va konstitutsiya diniy tartibga katta e’tibor qaratadi, ayollar huquqlari haqida esa biror band yo’q.

Muxolif guruhlar referendum paytida qonunbuzarliklar sodir bo'lgan, deya sudga arz qilmoqchi.

Siyosiy kuchlar tarqoq ekan, prezident Mursiy vaziyatni barqarorlashtirish uchun parlamentning tarqatilgan yuqori palatasiga 90 nafar yangi vakilni tayinlagan. Ular orasida nasroniy va liberal arboblar ham bor.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG