Payshanba, 27-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 19:12

Yaqin Sharq

Misr mudofaa vaziri: Barqarorlik tiklanmasa, davlat parchalanadi

Misr Mudofaa vaziri general-leytenant Abdul Fattoh al-Sissiy (chapda) va prezident Muhammad Mursiy, Qohira, 13-avgust, 2012-yil
Misr Mudofaa vaziri general-leytenant Abdul Fattoh al-Sissiy (chapda) va prezident Muhammad Mursiy, Qohira, 13-avgust, 2012-yil
Amerika Ovozi
Misr harbiy rahbari va Mudofaa vaziri Abdul Fattoh al-Sissiyning aytishicha, mamlakatda siyosiy barqarorlik tiklanmas ekan, davlat parchalanishi mumkin. Arbob bu haqda harbiy akademiyada kursantlarga so’zlagan.

Misrda favqulodda holat va komendant soati joriy etilganiga qaramay qator shaharlarda hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

Omma favqulodda holat bir oyga cho’zilishi mumkinligidan g’azabga kelgan. Poytaxt Qohirada namoyishchilar politsiyaga tosh otgan, politsiya esa o’z navbatida ko’zni yoshlantiruvchi gaz qo’llagan. Port-Said, Suets shaharlarida ham tartibsizliklar kuzatilgan.

Vazirlar Mahkamasi prezidentga xavfsizlikni ta’minlashda politsiyaga yordam tariqasida harbiylarni safarbar etishga ruxsat bergan. Muhammad Mursiy barcha kuchlarni murosaga, muxolif guruhlar va arboblarni muzokaraga chaqirgan, ammo muxolifat taklifni rad etgan.

O’tgan payshanbadan beri Misr bo’ylab 50 odam o’lgan, aksariyati Port-Said shahrida.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Ateistlar va cherkov - Atheist Church?i
X
27.11.2014 09:09
Odatda, xudoga ishonmaydigan odamlar dahriy deyiladi. Demak, ularning ibodatxonalarga borishini tasavvur qilish qiyin. Ammo ikki yil muqaddam britaniyalik ikki qiziqchi ateist uchun cherkov ochishga qaror qildi. Londonda boshlangan bu harakat hozir boshqa mamlakatlarga yoyilgan, xususan Amerikaga.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Oq uy... Prezident tarixiy odatga ko'ra, shu kuni bir kurkaning qonidan kechadi.
  • Oq uy... Prezident tarixiy odatga ko'ra, shu kuni bir kurkaning qonidan kechadi.
  • Shukronalik kuni 17-asr boshidan beri bayram qilinadi
  • Kurka - Shukronalik kuni pishiriladigan asosiy taom
  • Bayram dasturxoni
  • Bayram oldidan va uning ketidan savdo qiziydi. Los-Anjeles.
  • Hamma oilasi bilan bo'lishga shoshadi. Vashington.
  • Hamma oilasi bilan bo'lishga shoshadi. Vashington.
  • Nyu-York vokzali
  • Nyu-York
  • Nyu-York
  • Bayramdan keyin savdo qiziydi. Los-Anjeles.
  • Bayram munosabati bilan uyga qaytayotgan harbiy. Mayami.
Fotogalereya

Fotogalereya Shukronalik kuni, Amerika - Thanksgiving holiday in America

Noyabrning oxirgi payshanbasi Shukronalik kuni. Yangi vatandagi noz-ne'matlardan shukur qilgan, hosilidan rozi bo'lgan odamlar shunday bayramga asos solgan. Keyinchalik tub aholiga qarshi qonli urushlar olib borgan yevropalik kelgindilar boshida ular bilan bir dasturxondan non yegan. Hindu qabilalar o'z ovqatlarini tanishtirgan bo'lsa, kelgindilar ham o'z taomlarini tortgan. Kurka Shukronalik kuni asosiy taom hisoblanadi. Chunki bu parranda Amerikada serob bo'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Amerikada Shukronalik kuni

Har yili noyabr oyining so'nggi payshanbasida o'tadigan bu bayram ko'pchilik amerikaliklar uchun oilaviy yig'ilish va kurkali taom demakdir.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI