Dushanba, 24-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 10:09

Markaziy Osiyo

Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Bishkekda muzokaralar olib bordi

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vaziri Markaziy Osiyoda/ EU Ashton-Kyrgyzstan, Nov 27, 2012i
X
27.11.2012 14:50
26-30 noyabr kunlari Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirasi Ketrin Eshton (Catherine Ashton) Markaziy Osiyo bo'ylab safarda bo'ladi. Qirg'iziston, Qozog'iston, Tojikiston, O'zbekiston va Turkmaniston rahbarlari bilan muzokara olib boradi. Inson huquqlari bo'yicha Human Rights Watch xalqaro tashkiloti Eshton xonimni inson huquqlari va demokratiya masalasini chetga surmay, mintaqa rasmiylari bilan bu borada ochiq gaplashishga undamoqda. Muzokaralar huquqbuzarlik hollari yuzasidan fikr bildirish uchun noyob imkoniyat, deyiladi tashkilot bayonotida.
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirasi Ketrin Eshton bugun Bishkekda bo'ldi

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Yevropa Ittifoqi tashqi siyosati uchun mas'ul Ketrin Eshton bugun Bishkekda bo’lib, Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida qatnashdi. Eshton O’zbekiston, Tojikiston va Qozog’istonda ham bo’ladi.

Eshton xonimning aytishicha, majlisda maorif, ayollarning jamiyatdagi roli, qonun ustuvorligi, atrof-muhit muhofazasi, xavfsizlik va energetik masalalar muhokama qilingan.

Yetakchi diplomat Qirg'iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan muloqot qilgan. Unda Eshton xonim respublikada demokratiya qaror topmoqda va blok buni olqishlaydi degan. Rasmiy fuqaro erkinliklari va etnik hamjihatlikka ham urg'u bergan.

Yevropa Ittifoqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishni xohlaydi va bu boradagi imkoniyatlar ko'rib chiqilmoqda, deydi Eshton xonim.

U Bishkekda fuqaro jamiyati faollari bilan ham uchrashgan. Huquq himoyachilari qamoqdagi qiynoqlar va etnik kamsitilishlar haqida gapirgan. Adliya tizimidagi muammolar tilga olingan. Yevropa bosh diplomati Qirg'iziston rasmiylari bilan muzokarada bu masalalarga to'xtalib, ittifoq vaziyatni yaxshilash uchun yordamga tayyor, deya qayd etgan.

Ketrin Eshtonning O’zbekistonga safari arafasida inson huquqlari bo'yicha "Human Rights Watch" tashkiloti unga murojaat qilib, Toshkentdagi uchrashuvlari chog’ida siyosiy mahbuslar masalasini ko’tarib, prezident Karimovga ularni ozod etish talabini qo’yishni so’ragan.

Parijda yashayotgan taniqli huquq himoyachisi Mo’tabar Tojiboyeva nazarida, Yevropa Ittifoqi mintaqa bilan aloqalarni shunday tarzda mustahkamlashi kerakki, demokratik o’zgarishlar tomon yo'l ochilsin.

Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni kengaytirishga ahd qilgan Yevropa Ittifoqi mintaqada inson huquqlariga e’tiborni kuchaytirishi lozim, deydi faol.

Huquq faoli Mo'tabar Tojiboyeva/Yevropa Ittifoqining MarkazIy Osiyo siyosati
Mo'tabar Tojiboyeva Yevropa Ittifoqining MarkazIy Osiyo siyosati haqidai
|| 0:00:00
...    
🔇
X

Ketrin Eshtonning tashrifi suratlarda:

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Yangi musulmonlar - Amerika hayotidan/New Muslims in Americai
X
21.11.2014 22:57
Amerikada islom diniga kirayotganlarning aksariyati hozir ispanzabonlar. Lotin Amerikasidan kelgani uchun ularni latinolar deb atashadi. Hozir AQShda besh millionga yaqin musulmon bo'lsa, ularning olti foizi latinolar.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Sterilizatsiya hind ayollarini o'ldirdi

Hindistonda tug'ishning oldini olish uchun o'tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so'ng 13 ayol jon bergan. Aholi sonini nazorat qilishga urinayotgan hukumat sterilizatsiyaga zo'r bermoqda. Hibsga olingan jarrohning aytishicha, ayollarning o'limiga amaliyotdan keyin berilgan dorilar sabab bo'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Vashingtonda global festival

Poytaxtdagi Vashington markazida (The Washington Center) Global fuqaro kuni bayram qilinib, o'nlab davlatdan talabalar madaniyati, taomlari, kuy-qo'shiqlarini namoyish qildi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI