Seshanba, 29-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 03:31

Siyosat

Ketrin Eshton Toshkentda prezident, huquq faollari bilan uchrashdi

Islom Karimov va Ketrin Eshton, Toshkent, 28-noyabr, 2012
Islom Karimov va Ketrin Eshton, Toshkent, 28-noyabr, 2012

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo’yicha oliy vakili Ketrin Eshton kecha Qirg’izistonda Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qilgan edi, bugun esa O'zbekistonda. 


Eshton xonim Toshkentdagi uchrashuvlarida NATO kuchlarining 2014-yilda Afg’onistondan olib chiqilishidan keyingi vaziyat, mintaqa davlatlari o’rtasidagi suv muammosi va regional hamkorlik mavzulari borasida fikr almashgan.

Yevropa Ittifoqi vakili Bishkekda o’tgan yig’ilishda so’zlagan nutqida Markaziy Osyioga e’tibor oshib borayotganini ta’kidlab, demokratik o’zgarishlarga ko’maklashishga va’da bergan.

“Markaziy Osiyoning Yevropa Ittifoqi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini va bu ahamiyat biz uchun tobora oshib borayotganini yaxshi bilamiz. Xavfsizlik masalasida umumiy manfaatlarga egamiz. Yevropa Ittifoqi hamda Markaziy Osiyo davlatlari uchun birdek foydali bo’lgan energiya, savdo va iqtisodiy aloqalarimizni yanada rivojlantirish bo’yicha imkoniyatlarimiz yuqori”, - deydi Eshton.

“Shuningdek, biz bu davlatlar olib borayotgan iqtisodiy va siyosiy islohotlarni qo’llab-quvvatlashni istaymiz va ular yuz tutayotgan ayrim muammolarni yengib chiqishlarida yordam beramiz. Masalan, atrof-muhitni asrab-avaylashda biz o’z tajribamizni baham ko’rishimiz mumkin”.

Ketrin Eshton O’zbekistonga safari chog’ida prezident Islom Karimov, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, shuningdek, jamoatchilik vakillari hamda huquq faollari bilan uchrashgan.

Lekin hozirda Parijda yashayotgan taniqli huquq himoyachisi, “O’tyuraklar klubi” tashkiloti rahbari Mo’tabar Tojiboyevaga ko’ra, ayniqsa O’zbekistonda, inson huquqlari bo’yicha shug’ullanadigan faollar sanoqli va oppozitsiya tarqoq bo’lgani sabab G’arb dunyosi muxolifatga jiddiy yondashmayapti.

“O’zbekistonda ular juda ozchilikni tashkil etadi. Har bir fikrdoshimiz, fuqaro jamiyati faollari, muxolifat vakillarining har biri bir necha martadan sudlangan, oila a’zolari bir necha martadan sudlangan. Ularning erkin faoliyat yuritishiga imkoniyat qolmagan, ya’ni ular o’zlarini va oila a’zolarini himoya qilishga ko’proq vaqtlarini sarflashga to’g’ri kelayapti”, - deydi Tojiboyeva.

“Mamlakat tashqarisidagi muxolifatga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ko’proq qismi aynan bir-biriga nisbatan dushman munosabatda bo’lish bilan bandlar. Tashqaridagi muxolifatning bugungi holati, ularning tarqoqligini O’zbekiston hukumati tomonidan yollangan ayg’oqchilarning samarali mehnati natijasi deb ko’rsak bo’ladi. Yevropa Ittifoqi, G’arb davlatlari mamlakat tashqarisida faoliyat yuritayotgan bugungi muxolifatga jiddiy qaramayapti. Bunga muxolifatchilarimizning o’zlari aybdor deb hisoblayman”.

Yevropa Ittifoqining yetakchi diplomati Ketrin Eshton Toshkentda fuqaro jamiyati faollari, jumladan, "Ezgulik" inson huquqlari jamiyati raisi Vasila Inoyatova bilan ham muloqot qilgan.

Inoyatova fikricha, bugungi kunda siyosiy muxolifatning tan olinishigina O'zbekistonda yuzga kelgan ijtimoiy-siyosiy bo'hronlarni bartaraf etishi mumkin.

"Men inson huquqlari buzilishining obyektiv va subyektiv sababi sifatida mamlakatda real siyosiy muxolifatning mavjud emasligida ko'raman. Albatta, demokratik muxolifat mavjud jamiyatlarda ham inson huquqlari kamsitilishi mumkin, ammo muxolifat bor joyda inson huquqlarining buzilishi O'zbekistondagi kabi sistematik bo'lmaydi, bo'lolmaydi", - deydi Vasila Inoyatova.

"Ezgulik" rahbari uchrashuvda mamlakatdagi diniy erkinliklar, sud-huquq tizimi va fuqaro huquqlari buzilishiga oid masalalarni ko'targan.

Markaziy Osiyo bo'ylab safar qilayotgan yevropalik diplomat endi Qozog’istonga yo'l oladi.

Ketrin Ashton tashrifi suratlarda:



Ketrin Eshton bayonoti, ingliz tilida:

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika Manzaralari/Exploring America, July 28, 2014i
X
28.07.2014 10:32
Har dushanba Toshkent vaqti bilan 15:30 da sun'iy yo'ldosh orqali uzatiladigan 30 daqiqali ko'rsatuv Amerikadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manzara bilan tanishtiradi. Shuningdek, Qo'shma Shtatlar - Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi aloqalarni tahlil qiladi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kobul
  • Keniyalik bolalar
  • Yaman
  • G'azo
  • Bag'dod
  • Indoneziya
  • Kosovo
  • Misr
  • Quddus
  • Fransiya
  • Keniya
Fotogalereya

Fotogalereya Hayit ayyomi

Fotogalereya

Fotogalereya Tayvanda samolyot qulashi oqibatida 48 kishi halok bo'ldi

"TransAsia" havo yo'llariga qarashli samolyot yomon ob-havo tufayli Tayvanda qulab tushgan. Samolyot bortidagi 48 kishi halok bo'lgan, 10 kishi yaralangan. Halokat yerida yana besh kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya BMT Xavfsizlik kengashi G'azoda otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil va XAMASni o'zaro otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. G'azoda ikki haftadan beri davom etayotgan havo hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik halok bo'lgan, Isroil tomonidan esa bir necha askar o'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 20-iyul, 2014-yil

Kunning muhim voqealari va dunyoning turli burchaklaridagi manzara suratlarda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonlik ustalar Santa Fe xalqaro festivalida

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida har yili o’tadigan usta hunarmandlar festivali (Santa Fe International Folk Art Market) nufuzli davra hisoblanadi. Unga taklif qilingan chevar, kashtado’z yoki sozandaning ijodi so’zsiz tan olinadi. Qaysi davlatda bo’lmasin ularning mahsuloti darrov qo’lma qo’l bo’lib ketadi. Bu yilgi yarmarkada O’zbekistondan 25 kishi qatnashdi - eng katta jamoalardan biri. 11-13-iyul kunlari o’tgan tadbirda ustalar bir-biri bilan tanishdi, tajriba almashdi, mahsulotini sotdi, yangi xaridor va hamkorlar topdi va vatanga daromad bilan qaytdi. Bu esa, deydi hunarmandlar, yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yangi ish o’rinlari, ta’lim dasturlari, mustaqil faoliyat, erkin nafas va yurt taraqqiyoti uchun hissa degani bu.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI