Breaking News

AQSh va Yevropa Iroqqa yordamni oshirmoqda


우크라이나 키예프 시 성소피아 광장이 새해와 동방정교회 성탄절을 기념하여 화려하게 장식되었다.
우크라이나 키예프 시 성소피아 광장이 새해와 동방정교회 성탄절을 기념하여 화려하게 장식되었다.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri Iroqda bosh vazirlikka nomzod Haydar al-Abadiyni yangi Vazirlar Mahkamasi tarkibini tezroq tuzishga da’vat etayapti. Islomiy davlat deya tanilgan jangari guruhga qarshi kurashda Iroqqa yordam berishda davom etamiz, deya qo'shimcha qiladi u.

Kerri Avstraliyaga safari paytida jurnalistlar bilan gaplashar ekan, Iroqda bugun asosiy vazifa shia, sunniy, kurd va boshqa ozchilik elat, diniy guruhlar vakillarini o’z ichiga olgan hukumat tuzishdir, dedi.

“Iroq yangi rahbariyati oldida murakkab sinovlar turibdi. Hukumat har bir fuqaroning, har bir diniy, etnik jamoaning manfaatlarini himoya qilib, xalqning ishonchini qayta qozonishi lozim. Bu sinovlar paytida Iroq ahlini qo’llab-quvvalashda davom etamiz”, - dedi Amerika bosh diplomati.

Iroq prezidenti Fuad Massum parlament Spikeri o’rinbosari Haydar al-Abadiyni bosh vazir lavozimiga nomzod deya ko’rsatgan.

Davlatni sakkiz yildan beri boshqarayotgan bosh vazir Nuri al-Malikiy Iroqni birlashtirishga ojizlik qilganlikda ayblanadi. Sunniy, kurd va hatto ayrim shia safdoshlar Malikiyni ishdan ketishga, fuqarolarni jipslashtira oladigan arbobga joy bo’shatishga undab keladi.

Siyosiy bahslar kuchaygan bir pallada bosh vazir kecha televideniye orqali chiqish qildi. Uning aytishicha, Abadiyning nomzodi amaldagi qonunlarga ziddir va u o'z lavozimida qolish qarorida qat’iy.

AQSh prezidenti Barak Obama Iroqda yangi hukumat ustida ishlayotgan tomonlarni murosaga, davlatning katta qismini bosib olgan jangarilar xavfi oldida birlashishga chaqirdi.

Qo’shma Shtatlar Iroq shimolida jangarilar manzillarini havodan nishonga olayapti. Islomiy davlat jangarilar ozchilik elat va diniy guruhlarni shafqatsizlarcha, ommaviy ravishda qatl etayotgani aytiladi.

Yevropa Iroq shimolidan qochayotgan oddiy fuqaro uchun yordamni oshirayapti. Britaniya va Fransiya Sinjar tog’ida jon saqlayotgan qochqinlarga havodan ichimlik suvi, oziq-ovqat solingan qutlarni yetkazgan.

Britaniyaning bildirishicha, shimolga qiymati 7 milliard dollarlik madad uzatilgan. Qirollik jo’natgan “Tornado” rusumidagi razvedkachi samolyotlar hududdagi vaziyatni yaqindan kuzatmoqda.

Germaniya noharbiy yuk yuborishni rejalamoqda. Avtomobil, tunda ko’rish uchun moslama, bombani aniqlaydigan vositalar shular jumlasidan.

Kurd armiyasining qo’llab-quvvatlovida 20 ming qochqin Sinjar tog’idan o’tib olishga muvaffaq bo’lgan. Biroq yana minglab odamlar hali yordamga ehtiyojmand.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG