Payshanba, 23-may, 2013 Toshkent vaqti: 10:15

Din

"Ekstremistlar filmiga ekstremist javob"

AQSh vakolatxonasi, Bing'ozi, Liviya, 11-sentabr, 2012
AQSh vakolatxonasi, Bing'ozi, Liviya, 11-sentabr, 2012

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Islomni haqoratlovchi bachkana bir videoni deb Liviya, Misr va Yamanda qon to’kilgani erkinlik va din orasidagi o’ziga xos qarama-qarshiliklarni yanada taranglashtirdi.

Gap bu yerda so’z va fikr erkinligi hamda e’tiqod va g’urur orasidagi ziddiyatlar haqida ketmoqda. Asrlar davomida insoniyat din, madaniyat va qarashlar ustida tortishib keladi. Mislsiz urushlar va talofatlarga yetaklagan bu tortishuv. 

Lekin bu hol 21-asrga yarashadimi? 

“Amerika Ovozi” bilan muloqot qilgan olimlar fikricha eksremizm, mutaassiblik zamon, jamiyat va din tanlamaydi. Gap ong, vijdon va o’zaro toqat va hurmatda.



Liviya, Misr va Yamanda Amerika elchixonalariga o’t qo’yildi, bayroqlar oyoq osti qilinib, bu davlatga la’natlar aytildi. Minglab odamlarni ko’chaga olib chiqqan sabab – internetga qo’yilgan sifatsiz va mantiqsiz bir video. Muhammad payg’ambar masxara qilinadi unda.
 
Said Sodiq, Qohiradagi Amerika Universiteti professori nazarida bu ongsizlik.
 
“Mana sizga ekstremizm… Ekstremistlar filmiga ekstremist javob. Videoni qo’yganlar shuni istagan bo’lsa, yetdi maqsadiga”,- deydi u.
 
Said Sodiq fikricha mutaassiblik faqat urushga yetaklaydi. Bir tomon islom zo’ravon din desa, ikkinchi tomon Amerika islomning dushmani deydi. Orada begunoh, ezgu niyatli odamlar qurbon bo’ladi. Masalan, AQShning Liviyadagi elchisi Kristofer Stivens.
 
“’Musulmon va nasroniylarning ko’pchiligi eksremist emas, ammo ular har ikki tomondagi ekstremistlarga yem bo’ladi. Bir-biriga hujum uyushtirib, orada jimgina e’tiqod va mehnat qilib yurgan odamlarning tinchligini buzadi. Jamiyatni beqarorlashtiradi, o’zaro ishonch pasayadi”, - deydi olim.

Professor G’arbga nisbatan nafrat yanada oshdi deydi.
 
“Afsuski, musulmon jamiyatlarda odamlar avtoritar tuzumlarga o’rgangan. Hukumat axborot vositalarini boshqaradi, ularga nima qilishni aytadi. Shu bois musulmonlar bu video uchun Amerika hukumatini ayblaydi, vaholanki prezident Barak Obamaning bunga umuman daxli yo’q. Amerikada uni o’zi ba’zilar musulmon deb gumon qiladi”.  
 
Liviya hukumati Bing’ozida AQSh vakolatxonasiga qilingan hujumni darhol qoraladi. Misrda yangi rahbariyat boshida jim turdi, lekin keyinroq chet davlatlarning elchixonalariga nisbatan xurujlarga toqat qilmasligini bildirdi.
 
Qohiradan tahlilchi Ziyod Aql Musa:
 
“Hukumatimiz bu borada aniq pozitsiyaga ega emasligi ayon bo’ldi. Ya’ni, Misr rahbariyati bu film Amerika siyosatini aks ettirmaydi deyishga jur’at etolmaydi. Film ahamiyatsiz, u kimningdir so’z va fikr erkinligi mahsuli, deya olmaydi bu hukumat. Bunday munosabat bildirishga ular ojiz”. 
 
O’tgan yillar ichida bunday hollar ko’p kuzatildi, jumladan Daniyada Muhammad payg’ambarni masxara qiluvchi tasvirlar chop etilgani ham kuchli norozilik uyg’otdi.
 
“G’arbda buni erkinlik va ijod deb hisoblashsa, sharqda biz uni erkinlikdan chiqib ketish deb bilamiz. Kim haq, kim nohaq? Shunisi aniqki, qarashlar boshqacha. Mana shuni tan olmayapmiz, muhokama qilmayapmiz”.

Erkinlik va diniy hurmat degan tushunchalar birdek talqin qilinmas ekan, bunday ziddiyatlar davom etaveradi, deydi olimlar. Siyosatda shunga e’tibor berish kerak.

Loading
12:00:00 / -:--:--


  • Yamanda namoyishchilar Amerika elchixonasi eshigini buzmoqda. Sano, 13-sentabr.
  • Yamanliklar AQSh elchixonasi oldida namoyishga chiqdi. Sano, 13-sentabr.
  • Misr poytaxti Qohirada namoyish, 13-sentabr.
  • Misr poytaxti Qohirada Amerika elchixonasi yonida chiqishlar. 13-sentabr.
  • Qohira, Misr, 13-sentabr.
  • AQSh vakolatxonasi yonidagi manzara, Bing'ozi, Liviya, 12-sentabr.
  • AQSh vakolatxonasining hujumdan keyingi ko'rinishi, Bing'ozi, Liviya, 12-sentabr.
  • Bing'ozida AQSh vakolatxonasi alanga ichida, Liviya, 11-sentabr.
  • Bing'ozida AQSh elchixonasi atrofidagi manzara, 11-sentabr, Liviya.
  • AQSh elchixonasi, Bing'ozi, Liviya, 11-sentabr.
  • AQSh vakolatxonasi, Bing'ozi, Liviya, 11-sentabr.
  • Prezident Barak Obama, Davlat kotibasi Xillari Klinton Oq uyda bayonot bermoqda, 12-sentabr.
  • AQShning Liviyadagi elchisi Kristofer Stivens va yana uch diplomat Bing'ozida 11-sentabr kungi hujum paytida halok bo'lgan. Surat elchining Tripolidagi uyida 28-iyun kuni olingan.
  • Vashingtonda, Oq uy uzra davlat bayrog'i tushirildi. Mamlakat marhumlarni xotirlamoqda, 12-sentabr.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Hindiston
  • Vatikan
  • Suriya
  • Oklaxoma, AQSh
  • Sloveniya
  • Shimoliy Darfur
  • Xitoy
  • Hindiston
  • Gonkong
  • Filadelfiya, AQSh
  • Kan festivali, Fransiya

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI