Breaking News

Bugun otalar bolalar tarbiyasida faolroq


Otalar uyda, onalar ishda - Fatherhood in the US
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:16 0:00

Otalar uyda, onalar ishda - Fatherhood in the US

Ko’pgina mamlakatlarda ayol ham ish, ham oilani uddalaydi. Bunda umr yo’ldoshining yordami bebaho. Natijada oilalar o’zgaryapti. Farzand dunyoga kelishi bilan uni parvarishlash vazifasini erkaklar o’z zimmasiga olmoqda. Bu butun dunyo bo’ylab yuz berayotgan jarayon, deydi ekspertlar.

Lunaga asosan otasi Deyv Benjoya qaraydi. Vebsaytlar bo’yicha mutaxassis Deyv Nyu-Yorkning Bruklin tumanida yashaydi. Rafiqasi ishda. Haftaning deyarli har kuni bolaga qarash uning zimmasida.

“Turmush o’rtog’im menga qaraganda ko’proq ishlaydi. Mening esa omadim bor ekan, qizimga qarayapman. Albatta, bu yoshda bola nimalar bo’layotganini keyinchalik esdan chiqaradi. Lekin bu damlar men uchun muhim,” - deydi yosh ota.

Bu fenomenga “Yangi otalik” deb nom berishgan. Nyu-Yorkda farzandiga qaraydigan yoki bo’lajak otalar uchun maxsus kurslar ham tashkil etilgan. Har oy yig’ilib turishadi.

Guruh rahbari Lans Somerfild uchrashuvlarda tajribali otalar ham qatnashishini aytadi. Ular kelib yosh otalarga chaqaloq tagligini o’zgartirish yoki sut berishni o’rgatadi.

“Bo’lajak otalar uchun bu ishda pishgan, tajribali otalar bilan uchrashish, ular qo’lida bolalarni ko’rish katta ahamiyatga ega. Yoshlar o’ziga ishona boshlaydi. Kattalar tajriba almashadi, olgan saboqlari haqida gapirib beradi. Natijada bo’lajak ota “ha, bolani mayib qilib qo’ymaslikning iloji bor ekan”, deydi”.

“Butun dunyo bo’ylab otalar farzand tarbiyasi bilan jiddiyroq shug’ullanish istagini namoyish qilmoqda,” - deydi Stoni Bruk universitetidan jamiyatshunos Maykl Kimmel.

Uning aytishicha, yoshroq erkaklar orasida faol otalar ko’proq:

“Yaponiya deysizmi, Singapur yoki Avstraliyami, erkaklarda yaxshi ota bo’lishga ishtiyoq seziladi. Yevropada esa bu nafaqat shaxsiy istak, balki hukumat siyosati darajasida siylanadi. U yerda davlat oilalarni qo’llab-quvvatlaydi, maxsus dasturlar ko’p”.

Deyv Benjoya qiziga qarayotganidan xursand:

“Qizimning ongi o’sishini, nutqi rivojlanayotganini har kuni kuzataman. Yangi so’zlarni birinchi anglab yetishi, so’ngra men bilan aytishga harakat qilishiga guvoh bo’laman. Buni boshqa hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi”.

Ammo bolaga qarash zerikarli bo’lishi ham mumkin, deya e’tirof etadi Kimmel. Shunga qaramay, tadqiqotlarga ko’ra, otasi qo’lida o’sgan bola o’zini baxtiyor his etadi, sog’lom o’sadi, maktabda yaxshiroq o’qiydi va zo’ravonlikka kamroq uchraydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG