Breaking News

Migrant ayollar: Rossiyada bizni hech kim kutmayapti

Tojikistonlik muhojir ayol
1/15 Tojikistonlik muhojir ayol
8-mart xalqaro xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish kuni. Ayollar uchun ham xizmatda, ham kundalik turmushda tenglikni ta'minlab berish uchun kurash sanasi. Suratlar Reyter axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Rossiyada yashayotgan markaziy osiyolik muhojirlar<br />
2/15 Rossiyada yashayotgan markaziy osiyolik muhojirlar
8-mart xalqaro xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish kuni. Ayollar uchun ham xizmatda, ham kundalik turmushda tenglikni ta'minlab berish uchun kurash sanasi. Suratlar Reyter axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Afg&#39;on politsiyachi ayollari Hirotda xotin-qizlarni tekshirmoqda
3/15 Afg'on politsiyachi ayollari Hirotda xotin-qizlarni tekshirmoqda
8-mart xalqaro xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish kuni. Ayollar uchun ham xizmatda, ham kundalik turmushda tenglikni ta'minlab berish uchun kurash sanasi. Suratlar Reyter axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Rus balet raqqosalari Pekinda chiqish qilayapti
4/15 Rus balet raqqosalari Pekinda chiqish qilayapti
8-mart xalqaro xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish kuni. Ayollar uchun ham xizmatda, ham kundalik turmushda tenglikni ta'minlab berish uchun kurash sanasi. Suratlar Reyter axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Amerikalik askar ayol
5/15 Amerikalik askar ayol
8-mart xalqaro xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish kuni. Ayollar uchun ham xizmatda, ham kundalik turmushda tenglikni ta'minlab berish uchun kurash sanasi. Suratlar Reyter axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Ozod Suriya armiyasining ayol jangchisi oilasi bilan
6/15 Ozod Suriya armiyasining ayol jangchisi oilasi bilan
8-mart xalqaro xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish kuni. Ayollar uchun ham xizmatda, ham kundalik turmushda tenglikni ta'minlab berish uchun kurash sanasi. Suratlar Reyter axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Falastinlik politsiyachi ayollar
7/15 Falastinlik politsiyachi ayollar
8-mart xalqaro xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish kuni. Ayollar uchun ham xizmatda, ham kundalik turmushda tenglikni ta'minlab berish uchun kurash sanasi. Suratlar Reyter axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Indoneziyalik kelinchak
8/15 Indoneziyalik kelinchak
8-mart xalqaro xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish kuni. Ayollar uchun ham xizmatda, ham kundalik turmushda tenglikni ta'minlab berish uchun kurash sanasi. Suratlar Reyter axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Bangladeshlik o&#39;smir fohisha
9/15 Bangladeshlik o'smir fohisha
8-mart xalqaro xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish kuni. Ayollar uchun ham xizmatda, ham kundalik turmushda tenglikni ta'minlab berish uchun kurash sanasi. Suratlar Reyter axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Hindistonlik Suman, 25 yoshli homilador ayol
10/15 Hindistonlik Suman, 25 yoshli homilador ayol
8-mart xalqaro xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish kuni. Ayollar uchun ham xizmatda, ham kundalik turmushda tenglikni ta'minlab berish uchun kurash sanasi. Suratlar Reyter axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Qozog&#39;istonlik Makpal Abrazakova advokat, ovchilik qiladi
11/15 Qozog'istonlik Makpal Abrazakova advokat, ovchilik qiladi
8-mart xalqaro xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish kuni. Ayollar uchun ham xizmatda, ham kundalik turmushda tenglikni ta'minlab berish uchun kurash sanasi. Suratlar Reyter axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Yevropa parlamenti qonunchisi, Luchia Ronzulli qizi bilan
12/15 Yevropa parlamenti qonunchisi, Luchia Ronzulli qizi bilan
8-mart xalqaro xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish kuni. Ayollar uchun ham xizmatda, ham kundalik turmushda tenglikni ta'minlab berish uchun kurash sanasi. Suratlar Reyter axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Shimoliy koreyalik harbiy ayollar Kim Chen Irning o&#39;limi haqidagi xabarni eshitdi
13/15 Shimoliy koreyalik harbiy ayollar Kim Chen Irning o'limi haqidagi xabarni eshitdi
8-mart xalqaro xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish kuni. Ayollar uchun ham xizmatda, ham kundalik turmushda tenglikni ta'minlab berish uchun kurash sanasi. Suratlar Reyter axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Shanxayda zeb-ziynat namoyishi
14/15 Shanxayda zeb-ziynat namoyishi
8-mart xalqaro xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish kuni. Ayollar uchun ham xizmatda, ham kundalik turmushda tenglikni ta'minlab berish uchun kurash sanasi. Suratlar Reyter axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Fransiyada xotin-qizlarning o&#39;rtacha umr ko&#39;rishi va ko&#39;payish sur&#39;ati Yevropada eng yuqorilaridan
15/15 Fransiyada xotin-qizlarning o'rtacha umr ko'rishi va ko'payish sur'ati Yevropada eng yuqorilaridan
8-mart xalqaro xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish kuni. Ayollar uchun ham xizmatda, ham kundalik turmushda tenglikni ta'minlab berish uchun kurash sanasi. Suratlar Reyter axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Previous slide
Next slide
8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni, aniqrog’i xalqaro xotin-qizlar huquqlari uchun kurash kuni. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu sanani ta’sis etishidan maqsad ham ayollarni kamsitishga barham berib, xoh ishda, xoh kundalik hayotda tenglik muhitini yaratish bo’lgan. Bugun Rossiyada mehnat qilayotgan muhojir ayollar uchun har qachongidan dolzarb mavzu.

Ishchi muhojir ayollar bilan suhbat/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:19 0:00
Yuklab oling

O’zini Saltanat deya tanishtirgan bishkeklik ishchi muhojir Moskvaga borganiga olti yil bo’libdi.

“Boshida do’konda sotuvchi, kafelarda ofitsiant bo’lib ishladim. Hozir Moskvadagi bir oilada uy yumushlariga qarashib yubirman”, - deydi ayol.

Saltanatni topishda “Amerika Ovozi”ga Migrant ishchilar kasaba uyushmasi yordam berdi. Shartnoma asosida ishlayotgan muhojir idoraga tez-tez qatnaydi, haq-huquqlaridan, yangi qonunlardan boxabar bo’lib turish uchun.

Moskva sizni qanday kutib oldi, deb so’raymiz undan.

“Yaxshi, nazarimda, nolimayman. Onam ham bu yerda ekanlari sababli uncha zoriqmadim. Rostini aytsam, bu yerga yo’lim tushadi deb o’ylamagan edim. Hayot shu ekan”, - deydi suhbatdosh.

Rossiyaga ishlashga boraman, deganingizda ota-onangiz, yaqinlar qanday javob qildi, deya so’raymiz.

“Oilada uch farzandmiz. Akam, ukam bor, men o’rtanchasiman. 23 yosh edim Rossiyaga endi kelganimda. Ota-onam vahima qildi, albatta. Ammo ularga ham yordam berish kerak edi-da… Tishni tishga qo’ydim-da Moskvaga jo’nadim”, - deydi u.

O’zbekistonlik mustaqil konsultant Ra’no Hamroyeva sovetlar davrida Rossiyada ta’lim olgan. Ittifoq qulagach, O’zbekistonga qaytib ketgan.

Oradan yillar o’tib, farzandlari ham Rossiyaga o’qishni tanladi va ona ularning izidan keldi. O’zini tutib olgan, Rossiyadagi Davlat ishchilari malakasini oshirish akademiyasida psixologiyadan dars berayotgan bu o’zbekistonlik yurtdoshlarga “Rossiya qonunlarini, ayniqsa, migratsiyaga oid bandlarini biling” deya bot-bot eslatadi.

“Chet eldan kelgan mutaxassislar, ayolmi-erkakmi, avvalo ishlash uchun hujjatlarni tayyorlashi kerak. Bu hujjatlarni tayyorlash oson emas, chunki tizim juda korrupsiyalashgan. Birinchi pallada qiynaladi odam va avvaliga o’zining mutaxassisligida ishlay olmaydi. Birmuncha vaqt o’tganidan keyin, ikki-uch yilgacha cho’zilishi mumkin bu, hujjatlarini taxt qilib, fuqarolik yoki “vid na jitelstvo” olganidan keyin odam o’z ixtisosligi bo’yicha ishlay boshlashi mumkin”, - deydi Hamroyeva.

Bilim, sabr-toqat, mehnat va malaka jihatidan ustunlik bilan eplab turib ketish mumkib, deb hisoblaydi u.

Ayrim muhojir oilalar, yolg’iz migrant ayollar farzandi bilan borishga majbur. “Bola uchun bu stress-ku”, - deydi Saltanat.

“Moskvada kvartiralar juda qimmat, oylik maoshdan uch baravar ko’p. Odamlar to’p-to’p bo’lib yashashga majbur, yurtdoshlar, tanishlar bilan. Bolalarga undan qiyin. Bog’chaga olishmaydi ularni, tibbiy sug’urtasi yo’q chunki. Yosh bola kasal bo’lib qolsa-chi? Sug’urtasiz shifoxonalarga ham olib borolmaysiz-ku. Shu bois bolani ergashtirib kelishdan oldin, o’ylab ko’ring. Har holda ular uyda, bobo-buvilari bilan birga turgani yaxshi”, - deydi bishkeklik muhojir.

Rossiyada ish beruvchi maoshni vaqtida to’lamaydi, deydi Saltanat. Kelgindi deb turtib-surtaverishadi, qonunlari kishanday siqib borayapti.

“Biz oddiy xalq bo’lsak, chidaymiz. Rus tilini bilganimiz uchun ham kelgandirmiz axir Rossiyaga. Shunday ekan, loaqal bir-birimizga mehr-oqibatli bo’laylik. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligidan kelayotgan muhojirlar o’z ildizini unutmasin, bir-biriga dalda bersin, jips bo’lib yashasin. Rossiyada mehmonmiz-ku faqat”, - deydi muhojir ayol.

Rus manbalariga ko’ra, ayol migrantlar juda zaif, himoyalanmagan qatlam, erkaklardan ikki baravar kam haq oladi.

Moskvaga endi kelganida 23 yoshda bo’lgan, past-balandni ko’rgan Saltanat yosh qizlarga avval o’qishni bitirishni, diplomli bo’lishni maslahat beradi.

“Ota-onalar qizlarni yubormasin Moskvaga. 17-18 yoshli qizlarni ko’rdim, maktabdan chiqiboq, Rossiyaga ish izlab kelib, juda qiynaladi. Kollej, universitetlarni tamomlasin yaxshisi. Oliy ma’lumot bilan qiyinchiliklardan osonroq o’tishi mumkin. To’g’ri, bu yerda imkoniyatlar ko’p. Ammo Rossiya Federatsiyasining qonunlari muhojirlarga shafqat qilib o’tirmaydi. Shuni bilingki, Rossiyada sizni hech kim kutmayapti”, - deydi Saltanat.
  • 16x9 Image

    Nasiba Tohir

    Nasiba Tohir "Amerika Ovozi" O'zbek xizmatida 2006-yildan beri ishlab keladi. Boshlovchi, prodyuser, muharrir, teleoperator. 

This item is part of

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG