Breaking News

Amerikalik FIFA rasmiysi bir umrga futbol tashkilotidan haydaldi


Chak Bleyzer
Chak Bleyzer

FIFA ijroiya qo’mitasining sobiq a’zosi Chak Bleyzer bir umrga futbol tashkiloti a’zoligidan mahrum qilindi. U futbol o’yinlariga aloqador musobaqalar uchun pora olganlik aybini tan olib, FIFA ustidan boshlangan tekshiruvda AQSh hukumatiga ma’lumot yetkazib turishga rozi bo’lgani aniqlangach, shunday qaror qabul qilingan.

Uning tashkilotdan haydalgani haqidagi bayonotda FIFAning etika qo’mitasi Bleyzerning tashkilot yuqori lavozimlarida ishlab yurgan paytida davomli tarzda va ko’p bor noqonuniy va noto’g’ri ishlarga qo’l urgani aytiladi.

“Futbol rasmiysi sifatida u noqonuniy to’lovlar, pora va uzatmalarni taklif qilish, qabul qilish va uzatish ishlariga va boshqa pul ishlash yo’llariga aralashgan”, - deyiladi FIFA bayonotida.

Dunyoning eng qudratli futbol rasmiylaridan biri sifatida 20 yildan ortiq ishlagan amerikalik 2013-yilning noyabrida AQSh prokurorlari qo’ygan 10 ta ayblovni maxviy tarzda bo’yniga olgan. Sud hujjatlari shu yilning may oyida ommaga oshkor qilindi.

Bleyzerning AQSh sudiga aytishicha, u FIFA ijroiya qo’mitasidagi boshqa rasmiylar bilan 1998-yilgi jahon chempionati mezbonligi uchun Fransiyani tanlash, shuningdek, 2010-yilgi tanlovda Janubiy Afrikaga mezbonlik berilishi uchun pora olgan.

Bleyzer 2005-yildan 2010-yilgacha 11 million dollar pora olganini bo’yniga oldi. U sudlov paytida 1,9 million dollarni jarima sifatida qaytarib berdi va hukm chiqsa, yana ko’proq mablag’ni qaytarishni va’da qildi.

Hashamatli hayot tarziga egaligi bilan tanilgan 70 yoshli Bleyzer ayni paytda saraton xastaligi bilan og’rib Nyu-York kasalxonasida davolanmoqda.

U korrupsiya mojarosi ortidan prezidentlikni topshirgan Zepp Blatterning yaqin ittifoqchisi bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG