Dushanba, 24-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 01:57

Amerika

Amerika qonunchilari byudjet, soliqlar borasida kelishdi

Ushbu rejaga muvofiq, mudofaa xarajatlari va ichki dasturlarni kesish masalasi ikki oyga kechiktirildi
Ushbu rejaga muvofiq, mudofaa xarajatlari va ichki dasturlarni kesish masalasi ikki oyga kechiktirildi
Amerika Ovozi
Amerika qonunchilari iqtisodiyotni “moliyaviy jarlik”dan qutqarish borasida nihoyat bir to’xtamga kelgan.

Bu esa deyarli har bir fuqaro to’laydigan soliqlar oshmaydi va xarajatlar qisqarmaydi, degani.
 
Raqib demokrat va respublikachilar yangi yil arafasida ikki kun majlis qilib, ishlab chiqqan rejaga ko’ra, yiliga 400 ming dollardan oshiq daromad qiladigan fuqarolar va yiliga 450 ming dollardan ziyod pul qiladigan oilalar endi ko’proq soliq to’laydi.
 
Senatda ozchilik respublikachilar sardori Mitch Makkonnell soliqlarni oshirishga umuman qarshi edik, deydi.

Biroq mazkur reja bo’lmasa, barcha fuqarolar uchun soliqlar ko’tarilishi muqarrar edi, deydi qonunchi.
 
Ushbu rejaga muvofiq, mudofaa xarajatlari va ichki dasturlarni kesish masalasi ikki oyga kechiktirildi.
 
Iqtisodchilar taraflar murosaga kelganidan mamnun, aks holda Amerika yana bir moliyaviy tanglikka botishi aniq edi, deydi ular.

AQSh moliyaviy jarlik/US Fiscal Cliff Analysisi
X
15.01.2013 15:01
Vashingtonda byudjet va soliqlar yuzasidan ko'p yillik bahslar so'nggi daqiqada hal bo'lganidan ko'pchilik yengil tortdi. Soliqlar hamma uchun oshishi va xarajatlar keskin qisqarishi iqtisodni yana bir tanazzulga yetaklaydi, deb ogohlantirgan edi mutaxassislar. Oq uy va Kongress o'rtasidagi kurashning boshlanishi bu hali.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Yangi musulmonlar - Amerika hayotidan/New Muslims in Americai
X
21.11.2014 22:57
Amerikada islom diniga kirayotganlarning aksariyati hozir ispanzabonlar. Lotin Amerikasidan kelgani uchun ularni latinolar deb atashadi. Hozir AQShda besh millionga yaqin musulmon bo'lsa, ularning olti foizi latinolar.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Sterilizatsiya hind ayollarini o'ldirdi

Hindistonda tug'ishning oldini olish uchun o'tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so'ng 13 ayol jon bergan. Aholi sonini nazorat qilishga urinayotgan hukumat sterilizatsiyaga zo'r bermoqda. Hibsga olingan jarrohning aytishicha, ayollarning o'limiga amaliyotdan keyin berilgan dorilar sabab bo'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Vashingtonda global festival

Poytaxtdagi Vashington markazida (The Washington Center) Global fuqaro kuni bayram qilinib, o'nlab davlatdan talabalar madaniyati, taomlari, kuy-qo'shiqlarini namoyish qildi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI