Breaking News

Fort Xud bazasida bir askar o't ochib uch safdoshi va o'zini o'ldirgan


AQShning Texas shtatidagi Fort Xud bazasida askar otishma boshlab uch harbiyni keyin o’zini o’ldirgan. Yana 16 kishi yarador.

General Mark Millining aytishicha, tafsilotlar hali aniq emas.

Askar binolardan biriga kirib, otishma boshlagan va so’ng mashinaga o’tirib, yana o’t ochgan. Boshqa binoda ham huddi shu ishni takrorlagan.

Hujum ortidagi sabablar hali noma’lum. Otishma boshlagan shaxs, mahalliy matbuotga ko'ra, Ayvan Lopez ekani aytiladi.

Armiya hali rasman uning ism-sharifini e'lon qilmadi. U 2011-yilda Iroqda to’rt oy jang qilgan. O'sha tajriba unda og'ir ruhiy asorat qoldirgani taxmin qilinadi.

Tergovchilar Lopezning bevasi bilan savol-javob qilib, uyini tintuv qilishni rejalamoqda.

Harbiy Jon Makxyuning Senat qo'mitasida so'zlashicha, askar o'tgan oy ruhshunos ko'rigidan o'tgan va xavfli alomatlar qayd etilmagan. U biror ekstremist tashkilotga a'zo ekani haqida ham ma'lumot yo'q.

Prezident Barak Obama marhumlarning oila a'zolariga hamdardlik izhor etdi.

Fort Xud bazasi 2009-yilda ham qonli voqeaga sahna bo'lgan, psixiatr boshlagan otishma 13 askarni hayotdan olib ketgan edi. (VIDEO)

O'shandan keyin Pentagon, Mudofaa vazirligi barcha harbiy bazalarda xavfsizlik choralarini oshirdi. (VIDEO)

Mudofaa vaziri Chak Xeygl kechagi hodisani dahshatli fojea deya ta'riflamoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG