Chorshanba, 26-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 19:56

Iqtisodiyot

Korrupsiyaning 10 yillik zarari olti trillion dollarga teng

Global korrupsiyaga oid hisobot
Global korrupsiyaga oid hisobot
Amerika Ovozi
Korrupsiya davlatlar iqtisodiyotiga bolta uradigan eng katta illat hisoblanadi. Bu muammo chuqur ildiz otgan jamiyatlarda qonun ustuvorligini ta’minlash mushkul. Korrupsiyaga qarshi ish olib boruvchi xalqaro kuzatuv guruhi yaqinda dunyoning bu baloga eng ko’p botgan davlatlari ro’yxatini e’lon qildi.

Korrupsiyadan ko’rilayotgan zararning ko’lami cheksiz. Global moliyaviy oshkoralik tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, 2001-yildan 2010-yilga qadar dunyoning 150 rivojlanayotgan davlatida olti trillion dollarga yaqin pul korrupsiya bois ko’kka sovurilgan.
 
Bunday davlatlar ro’yxatining boshida Xitoy turibdi. O’tgan 10 yil davomida bu o’lkada 2,75 trillion dollar noqonuniy oldi-berdi uchun sartflangan. Ayni davrda Meksikada 476 milliard dollar pul davlat g’aznasidan o’marilgan, ya’ni har bir fuqarodan 4500 dollardan o’g’irlandi degani.
 
Rossiya ro’yxatning beshinchi pog’onasida. Bu yerda korrupsiya keltirgan zarar 152 milliard dollarga teng.
 
Afrika davlatlari orasida eng korrupsiyalashgani Nigeriya. U yerda noqonuniy kapital aylanmasi 129 milliard dollarga teng. Bu har bir nigeriyalik boshiga 864 dollarni tashkil etadi.
 
Korrupsiyaning eng ko’p tanilgan shakli poraxo’rlik. Ammo korrupsiyaga aloqador jami moliyaviy zarar summasi ichida bunday ta’magirlik faqat 4-5 foizni tashkil etadi, xolos, deydi Global moliyaviy oshkoralik tashkiloti rahbari Reymond Beyker.
 
“Chegaradan olib chiqiluvchi pul oqimining katta qismi, bizning taxminimizcha, 30-35 foizi, jinoiy faoliyatlarga aloqador. Ammo soliq to’lashdan bo’yin tovlash maqsadida amalga oshirilgan firibgarliklar umumiy summaning 60-65 foizini tashkil qiladi. Shunisi eng katta muammo”, - deydi u.
 
Buncha katta miqdordagi pulni o’zlashtirish uchun qora bozorga ishlaydigan moliyaviy tizim kerak, deydi Beyker.
 
“Bunday sistema turli nomdagi korporatsiyalar, egasi noma’lum bank hisoblari hamda soxta xayriya jamg’armalari kabi maxfiy operatsiyalardan iborat”, - deydi korrupsiyani o’rganuvchi tashkilot rahbari.

Xalqaro tashkilot ma’lumotiga ko’ra, dunyoning eng katta moliyaviy firibgarliklari amalga oshadigan davlat bu AQSh. Bu yerda anonim kompaniyalar tuzib, noqonuniy pul oborotini amalga oshirish oson, deydi Beyker.
 
Kuzatuvchilar fikricha, Shveysariya kabi Yevropa davlatlari va ayrim Karib o’lkalaridagi bank ma’lumotlarini o’ta maxfiy tutish siyosati moliyaviy firibgarlar uchun qo’l kelmoqda.
 
Korrupsiyaga qarshi kurash yildan yilga kuchayib bormoqda. Masalan, 1993-yilda tashkil etilgan Xalqaro oshkoralik (Transparency International) tashkiloti davlatlardan moliyaviy amaliyotlarga oid ma’lumotlarni ommaga oshkor etishni talab qilib keladi. Bundan tashqari, huquqiy savodxonlikning oshishi va turli axborot texnologiyalarining rivojlanishi oqibatida fuqarolar ham davlatdan ochiq siyosat yuritishni so’ramoqda. Xalqaro oshkoralik tashkiloti asoschilaridan biri Frenk Vogl internetning ahamiyatiga alohida urg’u beradi.

“Dunyo bo’ylab internet, ijtimoiy tarmoqlar va fuqarolik jamiyatining jadal rivojlanishi, jurnalistlar tekshiruvi va davlat prokurorlarining jasoratli ishlari tufayli bugun jamoatchilik davlat idorasidagi firibgarliklar haqida har qachongidan yaxshiroq biladi. Odamlar korrupsiya haqida hozir ko’proq ma’lumotga ega”, - deydi u.
 
Kelgusi dasturlarimizda hukumat va biznes sohasidagi korrupsiya va ularning ishlash mexanizmi haqida alohida ma’lumot beramiz.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Kamera taqqan politsiyachilar - US Police Body Camerasi
X
26.11.2014 08:09
Vashington va Nyu-York shaharlarida ayrim politsiyachilar kichik videokamera taqib yurishni boshladi. Sinov tariqasida yo’lga qo’yilgan bu loyihadan maqsad huquq-tartibot xodimlari fuqarolarga nisbatan ortiqcha kuch ishlatishining oldini olish.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • In a second night of violence following a grand jury's decision not to indict a white police officer in the shooting death of a black teenager, protesters attack and turn over a police car outside Ferguson City Hall, in Ferguson, Missouri, Nov. 25, 2014.
  • Protesters angry with a grand jury's decision to not indict a white police officer who shot and killed an unarmed black teenager, march from the Ferguson Police Department toward City Hall in Ferguson, Missouri, Nov. 25, 2014.
  • Protesters attack and turn over a police car outside Ferguson City Hall, in Ferguson, Missouri, Nov. 25, 2014.
  • In a second night of violence following a grand jury's decision not to indict a white police officer in the shooting death of a black teenager, protesters attack and turn over a police car outside Ferguson City Hall, in Ferguson, Missouri, Nov. 25, 2014.
  • A police car was set on fire outside the Ferguson City Hall, in Ferguson, Missouri, Nov. 25, 2014.
  • A police officer extinguishes a fire inside a police car outside the Ferguson City Hall, in Ferguson, Missouri, Nov. 25, 2014.
  • Protesters gather outside the Ferguson City Hall, in Ferguson, Missouri, Nov. 25, 2014.
  • Protesters gather outside the Ferguson Police Department, in Ferguson, Missouri, Nov. 25, 2014.
  • Police officers in riot gear gather outside the Ferguson Police Department, in Ferguson, Missouri, Nov. 25, 2014.
  • Missouri National Guardsmen gather outside the Ferguson Police Department, in Ferguson, Missouri, Nov. 25, 2014.
  • Officers in armored vehicles approach the Ferguson City Hall area where protesters were gathered, in Ferguson, Missouri, Nov. 25, 2014.
  • Police force protesters to leave the area near the Ferguson City Hall, in Ferguson, Missouri, Nov. 25, 2014.
  • Officers in armored vehicles approach the Ferguson City Hall area where protesters were gathered, in Ferguson, Missouri, Nov. 25, 2014.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI