Payshanba, 24-aprel, 2014 Toshkent vaqti: 10:14

Matbuot

O'zbekistonda jurnalistlar va matbuot kishanda

Prezident Islom Karimov global tarmoq kuzatuvi bobida mahoratini oshirib, ommaviy axborot vositalarini mahkam changallab olgan, o’nlab jurnalistlar qo’rqinchli bir sharoitda qamoqxonalarda saqlanmoqda, deyiladi hisobotda.
Prezident Islom Karimov global tarmoq kuzatuvi bobida mahoratini oshirib, ommaviy axborot vositalarini mahkam changallab olgan, o’nlab jurnalistlar qo’rqinchli bir sharoitda qamoqxonalarda saqlanmoqda, deyiladi hisobotda.
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Matbuot erkinligini kuzatuvchi xalqaro guruh xulosasiga ko’ra, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqda, arab bahoriga qaramasdan, ommaviy axborot vositalari hamon erkin emas.


"Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti bugun Matbuot erkinligi bo’yicha yillik hisobotini e’lon qildi.

Hujjat 179 davlatni o’z ichiga oladi. Unga ko’ra, qo’zg’olon va to’qnashuvlar tinmayotgan Afrika shimoli va Yaqin Sharq jahonda eng xatarlisi.
 
Tunis, Misrda bu borada ahvol ayanchli. Suriyada jurnalistlar va internetda axborot uzatayotgan oddiy fuqarolar urush qilayotgan hukumat va muxolifatning qurboniga aylanmoqda. Xususan, Suriya 2012-yilda jurnalistlar uchun eng xavfli manzil deya tan olingan.
 
Ro’yxatda eng yuqori pog’onani egallagan uch davlat – matbuot chuqur hurmat qilinadigan Finlyandiya, Niderlandiya va Norvegiya. Bu uchtalik o’tgan yili ham a’lo baholangan edi.

Qo’shma Shtatlar 32-o’rinda. Eng quyi nuqtalarda diktatura hukmron Turkmaniston, Shimoliy Koreya va Eritreya.
 
“Izlanishlardan xulosa qilish mumkinki, demokratiya e’zozlangan jamiyatlarda xolis axborot uzatish protsessi himoyalangan. Inson huquqlari ayovsiz poymol qilinadigan davlatlarda buning aksi”, - deydi "Chegara bilmas muxbirlar" bosh kotibi Kristof Delor.
 
Qozog’iston 179 davlat sirasida 160-o'rinda. O’tgan yil bilan qiyoslaganda mamlakat olti qator pastlagan. Prezident Nursulton Nazarboyev hukumati repressiyani qurol qilib, avtoritar qo’shnilari O’zbekiston va Turkmanistonga yetib oldi, hisob, deyiladi hujjatda. Qozog’iston mustaqil jurnalistlar hayotiga suiqasdlar, hibsga olishlar va tahqirlashlarga guvoh bo’ldi.
 
123-o’rinni egallagan Tojikiston internet ustidan kuzatuvni oshirish uchun butun boshli “ko’ngillilar armiyasi”ni tuzdi, deyiladi "Chegara bilmas muxbirlar" xulosasida. Bu davlatda mustaqil axborot saytlari va Facebook sahifasi tez-tez to’sib turiladi.
 
Deyarli har yili past baho olib kelayotgan O’zbekiston (164-o'rinda) va Turkmanistonda (177-o'rinda) matbuot kishanda.

75-yoshini qarshilagan va mamlakatni 1989-yildan beri temir panja bilan boshqarib kelayotgan prezident Islom Karimov global tarmoq kuzatuvi bobida mahoratini oshirib, ommaviy axborot vositalarini mahkam changallab olgan. O’nlab jurnalistlar qo’rqinchli bir sharoitda qamoqxonalarda saqlanmoqda, deyiladi hisobotda.

So'z va matbuot erkinligi haqida gap ketganda, O'zbekiston rasmiylari hozirda qancha telekanal va radio, gazeta va jurnal borligini misol qilib keltiradi. Vaholanki, gap sonda emas, sifatda. Respublikada mavjud biror axborot vositasi amaldagi siyosatni savolga tuta olmaydi. Jamiyatni qiynayotgan muammolar yoritilmaydi. Chet el axborot vositalari, jumladan "Amerika Ovozi", "Ozodlik" va "Bi-Bi-Si" singari o'zbek tilida xabarlar uzatuvchi teleradiolar uchun O'zbekiston yopiq. Ularning internet sahifalariga to'siqlar qo'yilgan.

Ko’ppartiyaviylik, fikr erkinligi targ’ib qilinayotgan Turkmanistonda totalitar rejim o’zgaradigan emas. Prezident Qurbonguli Berdimuhammedov o’z shaxsiga sig’inish siyosatini yo’lga qo’yib olgan, deyiladi "Chegara bilmas muxbirlar" hisobotida.
 
Qirg’iziston jadvalda 106-o'rinda. Matbuoti xilma xil, senzuradan nisbatan xoli sanalgan bu mamlakatda jurnalistlar hayoti xavf ostida va turli hukmron hamda muxolifat guruhlar tomonidan muntazam siquvda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Rossiyada faoliyatini kengaytirayotgan xalqaro kompaniyalari
X
24.04.2014 02:49
Xalqaro sanksiyalardan Rossiya iqtisodiyoti yo’qotishga uchramoqda. Sarmoyadorlar o’z pullarini olib chiqib ketayotgani bois ishlab chiqarish hajmi qisqarmoqda. Ammo jazo choralariga qaramay, Rossiyada biznes faoliyatini kengaytirayotgan kompaniyalar ham bor.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik neft quvuriga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik neft quvuriga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik quvurga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik quvurga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik neft quvuriga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
Fotogalereya

Fotogalereya Xristian olami pasxani nishonladi

Nasroniy dunyosi Isoning tirilishiga bag'ishlangan diniy ayyomni nishonladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Sharqdagi to'qnashuvlarda o'lganlar, jarohat olganlar bor.
Fotogalereya

Fotogalereya Boston fojiasini eslab

O'tgan yilning 15-aprelida 25 mingga yaqin kishini bir joyga to'plagan marafon paytida yuz bergan portlash uch kishini hayotdan olib ketgan va 260 dan ortiq odam jarohatlangan edi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI