Breaking News

O'zga sayyoralardan hayot alomatlarini izlayotgan teleskop


O'zga sayyoralardan hayot alomatlarini izlayotgan teleskop
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:42 0:00

Galaktikamizning boshqa sayyoralarida ham hayot bormi? Bu savolga javob topishning bir yo’li - radio teleskop. Dunyodagi eng bahaybat, har tomonga bursa bo’ladigan radio teleskop G’arbiy Virjiniya tog’larida joylashgan.

“Teleskop reflektorining hajmi - qariyb bir gektar", - deydi uni boshqaruvchi Maykl Xolstin. "Kollejda futbol o’yinlari o’tkaziladigan butun boshli stadion sig’adi ichiga. Bu apparat eng olisdagi tovushlarni ham qabul qila oladi. Oddiy qilib aytganda, yerga bir dona qor tushsa ham eshitadi”.

Yangi teleskop 2000-yilda ishga tushgan. O’zga sayyoralarda aqlli mavjudotlarni izlab topishda ishlatilayotgan ikki teleskopdan biri shu.

Rossiyalik fizik va tadbirkor Yuriy Milner, britaniyalik olim Stiven Xoking bilan hamkorlikda, bu tashabbuslarga 100 million dollar ajratgan.

“Ajoyib loyiha. O’zga sayyoralardan signallarni qidirishga ilk bor astoydil kirishdik”, - deydi olima Karen Onil.

Radio teleskoplar har qanday tovush va to’lqinni ilg’ay olishi sabab AQSh Federal kommunikatsiya komissiyasi bu tog’li hududni “sokin zona” deb belgilagan. Ya’ni 34 ming kvadrat kilometr maydonda uyali telefon, radio va boshqa apparatlarni ishlata olmaysiz. Bu yerda vay-fay ham yo’q. Mahalliy aholi bunga o’rganib ketgan.

“Biz uchun muammo emas. Asosan qo’l telefonlari cheklangan. Ammo teleskopdan uzoqroqda mikrovolnovka, televizordan foydalansa bo’ladi”, - deydi mahalliy tadbirkor Donni Ervin.

“Uyali aloqa tizimi yo’q. Qisqa to’lqinli apparatlar taqiqlangan. Ochig’ini aytganda, bularni ishlatmagandan keyin esingizdan ham chiqib ketadi”, - deydi bu yerda yashovchi Xarold Krist.

Ammo cheklovlar politsiya uchun muammolar tug’diradi.

“Observatoriyaga yaqinroq joylarda ishlayotganga ozgina vahima bosadi, chunki u tomonlarda hatto politsiyachilar uchun radio aloqa o’chirilgan. Yordamga chaqirsangiz, hech kim kelmasligi mumkin”, - deydi ofitser Samuel Pokaxontas.

Sayyohlar eng ko’p so’raydigan savol: Koinotda birov bu teleskop bilan bog’lana olganmi?

Loyiha direktori Karen Onilga ko'ra, “koinotdan signal yo keladi, yo kelmaydi. Agar kelmasa, demak, kerakli joyda izlamayapmiz. Bu aqlli mavjudotlar yo’q degani emas, bu hozirgi usullar samara bermayotganini anglatadi”, deydi u.

Borliqda yana qayerda hayot bor? Radio teleskop bu savolga javob topishi kerak. Kutamiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG