22.09.2012
AQSh Davlat departamentining ma’lum qilishicha, grin karta (Green Card) uchun hujjatlarni 2-oktabrdan boshlab bir oygacha topshirish mumkin. Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqini beruvchi bu imkoniyat lotereyada yutgan odamga nasib etadi. Uni o'ynash uchun esa elektron ravishda mana bu saytda ro’yxatdan o’tish kerak, bepul: http://travel.state.gov/visa/immigrants/types/types_1322.html Formani to'ldirilgach beriladigan maxsus kodni saqlab qo'ying. Natijalar kelasi yilning 1-mayidan boshlab shu sahifada e'lon qilinadi. Bunda siz o'sha maxsus kod kerak bo'ladi. Lotereya shartlari: http://travel.state.gov/pdf/DV_2014_Instructions_UZBEK.pdf Grin kartaga sizning nomingizdan hujjat topshirib, buning uchun haq oladigan kompaniyalar, xususiy bizneslar, juda ko'p. Lekin, deya eslatadi mutasaddilar, lotereya o’ynashning eng ma'qul, oson va qulay yo'li bu rasmiy sahifadan foydalanish. AQSh elchixonasi grin karta haqida to’liqroq ma’lumot berish maqsadida uchrashuvlar o’tkazadi - uzbekistan.usembassy.gov