Breaking News

Guantanamodan besh yamanlik mahbus ozod etildi


AQShning Kubadagi Guantanamo qamoqxonasidan yamanlik besh mahbus ozod etildi.

Salkam 12 yil panjara ortida saqlangan bu odamlar 2009-yilda erkinlikka chiqishi kerak edi, ammo ularni qabul qiladigan mamlakat topilmay kelayotgan edi. To'rt nafarini Ummon, yana birini esa Estoniya qabul qilishga rozi bo'ldi.

AQSh Prezidenti Barak Obama Guantanamoni yopishga va'da bergan. Ozod etilgan mahbuslar turli mamlakatlarga jo'natilmoqda.

Harbiy qamoqxonada terrorchilikda gumon qilingan odamlar saqlanadi. Inson huquqlari tashkilotlari Qo'shma Shtatlarni mahbuslarni ayblovsiz uzoq muddat ushlab turganlikda ayblab keladi.

Ayni damda Guantanamoda 122 odam qolgan. Kongressdagi bir guruh respublikachi qonunchilar ularning ozod etilishini man qiluvchi qonun loyihasi ishlab chiqdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG