Juma, 28-avgust, 2015 Toshkent vaqti: 11:51

Amerika

AQSh bo'ylab qurol nazoratiga qarshi namoyishlar

Tenessi shtatining Neshvil shahrida namoyishchilar qurolga egalik qilish huquqini yoqlab chiqdi, 19-yanvar, 2013-yil.
Tenessi shtatining Neshvil shahrida namoyishchilar qurolga egalik qilish huquqini yoqlab chiqdi, 19-yanvar, 2013-yil.
Amerika Ovozi
Kecha AQShning bir necha shtatida qurol nazoratiga qarshi namoyishlar bo’lib o’tdi. So’nggi yillarda jamoatchilik joylarida ommaviy zo’ravonliklarda o’nlab begunoh insonlar nobud bo’lgach, Oq uy qurolga egalik qilish qoidalarini kuchaytirishga qaratilgan takliflar bilan chiqdi. Ayrim amerikaliklar nazarida bu choralar Konstitutsiyada bitilgan qurolga egalik qilish huquqlariga ziddir.

Namoyishlar Nyu-York, Vashington, Oregon, Konnektikut, Tenessi, Texas, Yuta, Janubiy Dakota va boshqa shtatlarda o’tgan.

"Ayrim qurollarni man qilgandan ko’ra, xaridorlar o’tmishi, ruhiy sog’lig’ini yaxshiroq tekshirishsin", - deydi Texasdagi namoyishchilardan biri.

Oq uy harbiy avtomatik qurollarni man qilishni, 10 tadan ko’p o’qqa mo’ljallangan magazinlarni sotuvdan olishni taklif qilmoqda. Kongress qanday ovoz berishi hozircha ma’lum emas.

Prezident Obama amerikaliklarga murojaat qilib, har biriga o’z qonunchisidan Oq uy takliflariga munosabatini o’rganishni tavsiya qildi.

"Agar deputatingiz bunga qarshi bo’lsa, ulardan “nega” deb so’rang", - dedi Obama. 

Prezidentga ko’ra, ayrim qonunchilar uchun saylovchilardan ko’ra qurol sanoati bilan munosabatlar muhimroq.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Kasb-hunar -- boyliki
X
27.08.2015 22:41
Amerikada minglab ish o’rinlari hanuz bo’sh va ish beruvchilar malakali xodim topolmay xunob. Yaxshi pul to’laydigan bu joylarga yollanish uchun odam universitetni bitirgan bo’lishi shart emas. Bir nodavlat tashkiloti mutaxassis topishning ajoyib usulini kashf qildi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Issiq qumda o'zini turli kasalliklardan davolashga urinayotgan misrliklardan biri
  • Taqvodor, Hindiston
  • Xalqaro fao stansiyasida, amerikalik fazogir Kyell Lindgren
  • Daniya xayriya tashkilotlari eshigiga natsistlar davriga xos belgilar yozib ketilgan, qochqinlarni qo'rqitish uchun
     
  • Ispaniyada yozgi ayyom
  • Hamkasblari ish paytida otib o'ldirilgan jurnalistlar, Amerikaning WDBJ-TV7 kanali 

     
  • Tibbiy tekshiruvdan o'tayotgan maymun, Tailand
  • London ko'chalarida
  • San-Francisko, Kaliforniya shtati
  • Meksika
     
  • AQShning "Hubble" fazo teleskopi olgan tasvir. Yulduzlar - sirli dunyo.
  • Yong'in.Santa Klara, Kaliforniya shtati.
  • Xitoy.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI