Seshanba, 23-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 09:19

Amerika

Qurol nazoratiga doir tortishuvlar. Kimning qo'li baland keladi?

Qurol va jamiyat, AQSh/US Gun Violencei
X
13.02.2013 06:26
Amerikada qurolli hujumlar atrofidagi qo’rquv va hayrat jamiyatdagi bu illatni qanday hal qilish masalasiga oydinlik kirita olganicha yo’q. Kongressda o’tayotgan tinglovlar bunga misol. Senat Adliya qo’mitasida qurolga egalik tarafdorlari va qarshilardan o’rtasida osmon va yerchalik farq bor da’volar yangradi.

Qurol va jamiyat, AQSh/US Gun Violence

Amerika Ovozi
AQShda qurol nazoratiga doir tortishuvlar va munozaralar tingani yo’q. Prezident Barak Obama masalaga jiddiy yondashib, alohida diqqat qaratishini bildirgan. Kongressdagi yillik murojaatida ham mavzuga to’xtalishi kutilmoqda.

Qurolga egalik qilish Amerikada bu mamlakat tashkil topgan paytdan beri an’anaga aylangan. Shu sabab qurol savdosini cheklash haqida gap ochilganda bu siyosat tarafdorlari ham, unga qarshilar ham befarq bo’la olmaydi.

"Yangi qoidalar qonunga amal qilayotgan fuqarolarni qurolsiz qoldiradi, ammo bu qurol bilan jinoyat sodir etayotganlarni to’xtata olmaydi", - deydi qurol sotuvchisi Bryus Bumgarner.

"Chora ko’rish zarur. Agar boshimga bu hol tushmaydi, qurolli zo’ravonlik meni chetlab o’tadi deb o’ylayotgan bo’lsangiz, xato qilasiz", - deya qarama-qarshi fikr bildiradi Sendi Fillips. O’tgan yoz Koloradodagi otishmada Fillipsning qizi o’lgan edi.

Qonunchilar va lobbichilar ham o’zaro tortishmoqda.

“Oddiy narsalarni tushunmayapsiz”, - deydi senator Richard Durbin Milliy qurol uyushmasi rahbari Ueyn Lapyerga.

“Menimcha esa siz tushunmayapsiz”, - deya javob qaytaradi unga Lapyer.

Boshqa bir senator Patrik Lexi ularni tinchlantirishga harakat qiladi.

O’tgan yil dekabr oyida Konnektikut shtatining Nyutaun shahrida bir odam 20 o’quvchini otib o’ldirgach, iyul oyida esa Kolorado shtatida kinoteatrdagi otishmada 12 odam nobud bo’lgach, qurol savdosini nazorat qilishga qaratilgan choralar ishlab chiqildi.

Prezident Obama qo’l qovushtirib o’tirishdan foyda yo’q, dedi.

"Urush maydonida qo’llaniladigan qurollarga kinoteatrda o’rin yo’q. Amerikaliklarning aksariyati bu fikrimga qo’shiladi", - dedi davlat rahbari.

Biroq qurolga egalik huquqini himoya qiluvchi Milliy qurol uyushmasi kabi guruhlar yangi qoidalardan norozi bo’lib, prezidentga reklama orqali hujum qildi.

Uyushma ijrochi vitse-prezidenti Ueyn Lapyerning aytishicha, amaldagi qonunlar ijrosi qolib ketib, yangilarini taklif qilish bilan jinoyatchilik kamayib qolmaydi.

"Hukumat oilalarimizni himoya qilish uchun qonun doirasida qurol saqlashimizga g’ov bo’la olmaydi", - deydi u.

Qurol do’konining egasi Endryu Reymond baribir nimadir o’zgaradi, degan fikrda.

"Qurol uyushmasi qanchalik qudratli bo’lmasin, qatliomda 20 ta bola o’lganini hisobga olish kerak. Shuning o’zi qurol nazoratiga doir qattiqroq qonunlarning qabul qilinishi uchun yetarli desak mubolag’a bo’lmaydi", - deydi u.

Munozara qizib borar ekan, tomonlar o’qlanib, siyosiy otishmaga hozirlik ko’rmoqda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Ebola epidemiyasiga qarshi kurash, yordam - US/Ebolai
X
22.09.2014 23:52
G’arbiy Afrika ebola virusi bilan olishar ekan, turli mamlakatlardan mutaxassislar yordamga bormoqda, shuningdek, dori-darmon yuborilayapti. Oddiy odamlar orasida ham ko’mak ko’rsatayotganlar ko’p.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya O'n minglab suriyaliklar Turkiyaga qochayapti

Suriyada "Islomiy davlat" jangari guruhining hamlasi ketidan o'n minglab kurdlar Turkiyaga qochayapti. Anqara qochqinlarni kiritish uchun 19-sentabrda Suriya bilan chegarani ochgan. Hozirning o'zida Turkiyada Suriyadagi urushdan bosh olib ketgan yuz minglab suriyalik jon saqlamoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Jalol-Obod, Arslonbob va O'zgan

Jalol-Obod viloyati bo'ylab sayohat... Shahardan Suzoq qishlog'i tomon boramiz. So'ngra Arslonbob to'glariga chiqamiz va sharsharalar tagida dam olamiz. Qishloqlarni kezamiz. Jamoatchilik bilan muloqotda bo'lamiz. Bozorlar, ko'chalar va hayot. Qirg'iziston janubida shu yilning avgustida olingan suratlarni tomosha qiling. Tafsilotlar mana bu blogda: http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/2014/09/20/jalol-obod-arslonbob-va-ozgandagi-bebaho-lahzalar/
Fotogalereya

Fotogalereya "Islomiy davlat"ga qarshi kurash

Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shotlandiya kelajak uchun ovoz bermoqda

18-sentabr kuni Shotlandiyada Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tarkibidan chiqish to'g'risida umumxalq referendumi bo'lib o'tadi. Agar unda aksariyat qatnashchilar qirollikdan ajrab chiqish uchun ovoz bersa, xaritada Shotlandiya deb ataluvchi yangi mustaqil davlat paydo bo'ladi. Besh milliondan oshiq aholiga ega o'lka.
Fotogalereya

Fotogalereya Sharqiy Ukrainaga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qilindi

Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shanxay-6 Dushanbeda uchrashdi, tafsilotlar fotolarda

Xitoy, Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston a'zo Shanxay hamkorlik tashkiloti Dushanbeda 11-12 sentabr kunlari yillik sammitini o'tkazdi. Asosiy mavzu Ukraina bo'ldi va muhokama yopiq eshiklar ortida o'tdi. O'zbekiston rahbarining pozitsiyasi: Ukraina va Rossiya mojarosi bevosita, ikki tomonlama muzokara asosida hal etilishi kerak.
Fotogalereya

Fotogalereya Amerika 11-sentabr xurujlari va qurbonlarni xotirlamoqda

2001-yilning 11-sentabrida amalga oshirilgan terror hujumlari uch mingga yaqin odamni hayotdan olib ketgan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI