Seshanba, 18-iyun, 2013 Toshkent vaqti: 10:18

Amerika

Garlem, Nyu-York, katta o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda

Loading
12:00:00 / -:--:--

Yangi Garlem, Nyu-York/New Harlem, NYC

Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Garlem bir asrdan ziyod davr mobaynida Nyu-York shahrining aholisi eng zich rayoni bo’lgan. Asosan, qora tanli amerikaliklar yashaydigan bu hudud shaharning eng qashshoq va jinoyatchilik chuqur ildiz otgan qismi sifatida nom qozongan. Ammo so’nggi yillarda Garlem u yerga ko’chib borayotgan turli odamlar hisobiga iqtisodiy o’sishni boshdan kechirmoqda. O’rta qatlamga mansub afro-amerikaliklar sonining oshayotgani ham shunga bir sabab.


Mahalliy aholi Garlemni “Qora Amerikaning poytaxti” deb ataydi. Yaqingacha bu yer biznes ahli uchun eng yomon joy hisoblangan. Ammo bugun qarashlar o’zgaryapti. Nikoa Evans-Xendriks 14 yildan beri Garlemda tadbirkorlarni biznes ochishga tashviq qilib keladi.
 
“96-ko’chadan buyog’i odamzot unutgan bir yer sifatida qaralardi. Ammo Garlem bugun Manxettenning oltin koni, oltin qirg’og’i darajasigacha yetdi”, - deydi u.
 
So’nggi o’n yilda garlemliklarning o’rtacha daromadi 30 foizga oshdi. Seven Braun bu yerda go’zallik salonini ochdi.
 
“O’zim uzoq yillar yashagan joyda shunday biznes ochib ishlash ajoyib tajriba bo’ldi. Qora tanlilarga tegishli ko’plab bizneslarning har kuni yopilayotganidan mamnun emasman, albatta. O’tgan hafta 60-65 ta firma yopilib ketdi”, - deydi Braun.
 
Yirik savdo va qurilish kompaniyalari Garlem uchun joriy etilgan soliq imtiyozlaridan foydalanib, yangi do’konlar ochyapti. Natijada ijara haqi ko’tarilib, kichik bizneslar raqobat qila olmayapti.
 
“Kichik baliqlar katta baliqqa yem bo’lyapti”, - deydi tadbirkor Skot.
 
Morfi Skot Garlemda 40 yildan beri mebel va eski buyumlar sotadi.
 
“Ijara pulini to’lashga qurbim yetmay qoldi. Yopishga majburman. Hozirgacha shunday do’konlarning 20 tasi yopildi”, - deydi u.
 
Xans Xegeman va uning rafiqasi Bernadet trenajer zalini ochgan. Ular o’zgarishlarga moslashish yo’lidan bormoqda. Garlemda sport zali orqali ayollar sog’lig’ini yaxshilashga hissa qo’shmoqchimiz, deydi ular.
 
“Bu yerda biznes qilishning ahamiyatli tomonlaridan biri shuki, bolalarimiz biz erishayotgan yutuqlarni ko’radi. Biz ham ularning shunday muvaffaqiyat qozonishlarini istaymiz. Ammo bu yerda kichik bizneslar uchun oson emasligi ham bor gap”, - deydi Xegeman.
 
Garlemning an’anaviy qiyofasi va qiymatli merosi qachongacha saqlanib qolishi noma’lum. Bu yerga chetdan ko’chib kelayotganlar ko’p. Ayrimlar nazarida, agar o’zgarib borayotgan rayon o’z o’tmishi va unga bog’liq merosini saqlab qolsa, bu ham biznes, ham mahalliy aholi uchun foydali bo’ladi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk so'zlamoqda
  • AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk so'zlamoqda
  • AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk so'zlamoqda
  • Demokrat kongressmen Eni Faleomavaega so'zlamoqda
  • Respublikachi kongressmen Dana Rorabaker so'zlamoqda
  • AQSh Mudofaa vaziri muovini Piter Lavoy so'zlamoqda
  • AQSh Mudofaa vaziri muovini Piter Lavoy so'zlamoqda
  • AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk so'zlamoqda
  • AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk so'zlamoqda
  • Ilhom Ne'matov, O'zbekistonning AQShdagi elchisi
Fotogalereya

Fotogalereya Ilhom Ne'matov AQShda elchilikni tugatdi

2010-yildan beri Vashintonda O’zbekiston elchisi bo’lgan Ilhom Ne’matov Toshkentga qaytmoqda. Uning o’rniga Baxtiyor G'ulomov, uch yildan beri Belgiyada elchilik qilib kelayotgan diplomat, tayinlanishi kutilmoqda. Ammo bu nomzodlik O’zbekistonda hali rasman tasdiqlanmagan. O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida olingan suratlar, 13-iyun, 2013

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI