Breaking News

Saylov-2012: Latinolar kimga ovoz beradi?


'امریکی ویزہ کے حصول میں حائل مشکلات' پر کانگریس میں سماعت
'امریکی ویزہ کے حصول میں حائل مشکلات' پر کانگریس میں سماعت
AQShda ispan tilida so’zlashuvchi aholi soni kun-sayin ko’paymoqda. Bugun ular mamlakatdagi eng yirik ozchilik. 50 milliondan oshgan, aholining qariyb 17 foizi. Demak, saylovlarda ham muhim bir kuchdir.


Ayniqsa, demokrat yo respublikachilarga ovoz berishini bilmay, ikkilangan shtatlarda. Bular Kolorado, Nyu-Meksiko va Nevada kabilar.


Mamlakat noyabrda bo’ladigan saylovlarga tayyorgarlik ko’rar ekan, nomzodlar latino aholi ko’nglini ovlashga zo’r bergan. So’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, aksariyati demokratlardan nomzod, amaldagi prezident Barak Obamani qo’llab-quvvatlaydi.

Luis Torres va Villi Fernandez Xyustonda yangi qurilgan imoratlarni pardozlaydigan kompaniyani yuritadi.


Birga ishlashsa-da, siyosiy qarashlari farq qiladi. Fernandez prezident Obama siyosatini xush ko’rmaydi.


“Iqtisodiy kamomadni ko’ring”, - deydi Fernandez.


“Faqat Obamani ayblash noo’rin. Ba’zi muammolar unga oldingi ma’muriyatdan qolgan”, - deydi Torres.


“Prezidentlikning birinchi yilidayoq kamomad 15 milliard dollar...”,- deydi Fernandez.


“Ko’pi oldingi prezidentdan qolgan muammolar”, - deydi Torres.


Torres prezidentning yonini olsa-da, saylovda kimga ovoz berishini haligacha bilmaydi.


“O’tgan safar Obamaga ovoz bergandim. Ammo va’dalarining ustidan chiqa olmadi. Gap siyosatdami, boshqa narsadami, bilmaymanu, lekin ko’p ishni uddalay olmadi”, - deydi u.


Prezident Obamaning aytishicha, to’planib qolgan ulkan muammolarni hal etish uchun unga yana bir oz vaqt kerak.


"Og’ir yillarni boshdan kechirganimiz sir emas. Qancha narsalarni uddaladik, ammo qilinadigan hali ko’p ishlar bor”,- deydi prezident.


Respublikachilardan nomzod Mitt Romni yaqinda Vashingtondagi bir tadbirda latino tadbirkorlarga iqtisodiy qarashlari haqida so’zladi.


“Ishingiz yurishsa, siz, oilangiz, jamoangiz, mamlakat farovonligi oshadi, imkoniyatlar ko’payadi”,- deydi Romni.


Biroq Romni uchrashuvda noqonuniy immigratsiya haqida so’z ochmadi. Bu esa lationlar uchun dolzarb mavzudir.


“Ikki yomon nomzoddan birini tanlash kerak bo’ladi. Romnidan ko’nglim to’lmayapti. Ammo Obamani ham zo’r deya olmayman. Boshim qotib qoldi”,- deydi Fernandez.


Torres asli Kolumbiyadan, Fernandez esa Kubadan. Hozirda ikkisi ham AQSh fuqarosi. Immigratsiya tizimini isloh qilish kerak, biroq Amerika uchun zarur millionlab ishchi muhojirlarni deportatsiya qilish xato, deydi ular.


Luis Torresni xavotirga solayotgan yana bir masala davlat organlarida ishlaydigan latinolarning umumiy latino aholisi soniga nisbatan ancha kamligi va saylovlarda faol qatnashmasligi.


“Latinolar o’z nomzodlarini qo’llab-quvvatlab, ularni saylab, mavqeini yaxshilashi kerak”,- deydi Torres.


Ammo Villi Fernandez nazarida nomzodlarning millati va kelib chiqishiga ko’p urg’u bermaslik kerak.


“Sizni xalq saylagan bo’lsa, kim bo’lishingizdan qat’iy nazar xalqqa xizmat qilishingiz kerak. Bir etnik guruhga yon bosish to’g’ri emas”,- deydi Fernandez.


Torres ham, Fernandez ham demokratik tizim kuchiga ishonadi va saylovda ovoz berishga shay, ammo kimgaligini hali aniq bilishmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG