Payshanba, 24-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 11:25

Amerika

Qora tarix: Arlington qullari

Amerika Ovozi
AQShda har yili fevral oyida afro-amerikaliklar tarixi, tenglik uchun kurashda burilish yasagan insonlar va voqealar yodga olinadi.
Afro-amerikaliklar tarixidan: Arlington qullari/Shohruh Hamro
Afro-amerikaliklar tarixidan: Arlington qullari/Shohruh Hamroi
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Bundan 150 yil avval prezident Avraam Linkoln imzolagan hujjat qullarni ozod etish jarayonini boshlab bergan.

Konstitutsiyaga kiritilgan 13-tuzatish esa AQSh bo’ylab qulchilikka barham bergan. Kishan tashlagan odamlarning bir qismi yangi hayot boshlash uchun poytaxt Vashingtonga keladi.

Virjiniyadagi Arlington qabristoni – yirik ziyoratgoh. Hozirda urush qahramonlari dafn etiladigan bu maskan o’rnida bir paytlar qullar yashaydigan qishloq bo’lgan.

Arlington House muzeyida boshlangan yangi loyiha Kreyg Sayfeks uchun alohida ahamiyat kasb etadi. U o’z oilasi tarixini o’rganmoqda.

“Mana bu rasmda katta bobom Charlz Sayfeks tasvirlangan, tizzasida buvamni ushlab turibdi. Oilamiz tarixi kishini ilhomga to’ldiradi. Undan xulosa shuki, qanchalik ezilgan bo’lsangiz ham oyoqqa turish uchun kuchingiz yetadi. Shijoat qilsangiz bas”, - deydi u.

Kreyg ajdodlari tarixini 15 yildan beri o’rganadi. Buni qarangki, Sayfekslar qul bo’lsada, Arlingtondagi nufuzli oilalardan bo’lgan ekan. Charlz AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington qo’lida ishlab, uning Potomak daryosi bo’yidagi dala-hovlisida istiqomat qilgan. Keyinchalik u va yana 56 qul bu yerdan boshqa joyga ko’chiriladi.

“Kutubxonaga borib kitob varaqlaganda ajdodlarim hayoti haqida doim yangi bir narsa topaman. Qiziqishim yanada kuchayib borayapti”, - deydi Sayfeks.

Ozod etilgan minglab qullar 1863-yilda Vashingtonga ko’cha boshlagach, hukumat qo’shni Virjiniyaning Arlington shahrida ularga yer ajratadi. Fridman qishlog’i (Freedman's Village) deb nom ham berishgan.

Tarixiy obidalarni avaylash agentligi vakili Metyu Penrodning hikoya qilishicha, qishloqdagi yog’och uylarda qariyb 40 yil davomida minglab sobiq qullar yashagan. Maktab, cherkov, kasalxona va hatto yetimxonalar faoliyat yuritgan.

“Aksariyati imkoniyat qidirib kelganlar… Haqiqatdan ham armiyada ish topgan ayol va erkakga yaxshigina pul to’langan. Umuman olganda, Fridman qishlog’i farovon hayot izlab kelganlar uchun to’xtash joyi vazifasini o’tagan. Urushdan, qulchilikdan pana bir joy. Nafasni rostlab, odamlar boshqa joylarga ko’chishgan”, - deya hikoya qiladi u.

Katta bobom, deydi Kreyg Sayfeks, qishloqda yetakchi bo’lgan. 

“Buning asosiy sababi - o’qish-yozishni bilgani. Qishloqdagi boshqalarni ham savodli bo’lishga undab, dars bergan. Bilim orqali bu mamlakatda bir narsaga erishasiz deb nasihat qilgan”.

Sayfeks ota-bobolari haqida hujjatli film ustida ishlamoqda. Arlington qabristonida yangi muzey ochiladi. Talmij Vilyams bu loyihaga bosh-qosh.

“Tarixdan saboq olmasangiz tarix o’zini takrorlaydi. Qulchilik qaytib kelishini hech kim istamaydi”, - deydi Vilyams.

Arlington qabristoni - ayrim qullarning ham so’nggi manzili. Bu yerda dafn etilgan harbiylar qatorida ularni ham yodga olish o’rinli.

Qullar tarixi/Arlington slavesi
X
27.02.2013 05:39
AQShda har yili fevral oyida afro-amerikaliklar tarixi, tenglik uchun kurashda burilish yasagan insonlar va voqealar yodga olinadi. Bundan 150 yil avval prezident Avraam Linkoln imzolagan hujjat qullarni ozod etish jarayonini boshlab bergan. Konstitutsiyaga kiritilgan 13-o'zgartirish esa AQSh bo'ylab qulchilikka barham bergan. Kishan tashlagan odamlarning bir qismi yangi hayot boshlash uchun poytaxt Vashingtonga keladi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
G'azoda tinch aholi orasida qurbonlar oshmoqdai
X
24.07.2014 03:14
Uch haftadirki, Isroil G’azoga raketa yog’dirishda davom etmoqda. Falastinliklar orasida o’lganlar soni 600 dan oshgan. Aksariyati oddiy fuqarolar, ayollar va bolalar. Isroilda esa qurbonlar soni 30 ga yaqinlashgan.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Isroil amalga oshirgan havo hujumi ketidan G'azodagi ko'rinish. 23-iyul, 2014-yil.
  • Falastinlik o'g'il Isroil havo hujumida o'lgan otasiga motam tutayapti. 23-iyul, 2014-yil.
  • Amerika Davlat kotibi Jon Kerri Quddusda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan ko'rishdi. 23-iyul, 2014-yil.
  • Tel-Aviv aeroporti, Isroil.
  • HAMAS otgan raketa Tel-Aviv aeroporti yoniga tushganidan keyin reyslar bekor qilingan. 23-iyul, 2014-yil.
  • G'azo sektori.
  • Falastinlik o't o'chiruvchi.
  • Falastinlik qutqaruvchilar Isroil havo hujumidan keyin vayronalarni ko'zdan kechirayapti.
  • G'azo sektori.
  • Jangda o'lgan isroillik askarni xotirlashmoqda.
  • G'azoga hujum ketidan manzara.
Fotogalereya

Fotogalereya BMT Xavfsizlik kengashi G'azoda otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil va XAMASni o'zaro otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. G'azoda ikki haftadan beri davom etayotgan havo hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik halok bo'lgan, Isroil tomonidan esa bir necha askar o'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 20-iyul, 2014-yil

Kunning muhim voqealari va dunyoning turli burchaklaridagi manzara suratlarda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonlik ustalar Santa Fe xalqaro festivalida

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida har yili o’tadigan usta hunarmandlar festivali (Santa Fe International Folk Art Market) nufuzli davra hisoblanadi. Unga taklif qilingan chevar, kashtado’z yoki sozandaning ijodi so’zsiz tan olinadi. Qaysi davlatda bo’lmasin ularning mahsuloti darrov qo’lma qo’l bo’lib ketadi. Bu yilgi yarmarkada O’zbekistondan 25 kishi qatnashdi - eng katta jamoalardan biri. 11-13-iyul kunlari o’tgan tadbirda ustalar bir-biri bilan tanishdi, tajriba almashdi, mahsulotini sotdi, yangi xaridor va hamkorlar topdi va vatanga daromad bilan qaytdi. Bu esa, deydi hunarmandlar, yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yangi ish o’rinlari, ta’lim dasturlari, mustaqil faoliyat, erkin nafas va yurt taraqqiyoti uchun hissa degani bu.
Fotogalereya

Fotogalereya MH17 - Ukraina osmonida urib tushirilgan samolyot qoldiqlari va bugungi manzara

Ukraina hukumati Rossiyani ikki kun oldin Donetskda urib tushirilgan yo’lovchi samolyot qoldiqlari orasidan ashyoviy dalillarni yo’q qilishda separatistlarga yordam berayotganlikda ayblamoqda. Malayziya havo yo’llariga tegishli samolyot ichida 298 odam bo’lgan. Hammasi o’lgan. AQSh hukumatining tasdiqlashicha, samolyot yerdan nishonga olingan.
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil piyoda kuchlari G'azoda hujumlarni davom ettirmoqda

8-iyulda boshlangan operatsiyada hozirgacha 300 dan oshiq falastinlik o’lgan. Uch kundirki, Isroil kuchlari G'azo sektorida yuzlab manzillarni o'qqa tutmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Dunyo ahli Ukrainadagi fojeadan dahshatda, 295 odam halok bo'lgan

Yo'lovchilardan 173 nafari Niderlandiya, 44 kishi Avstraliya, 12 odam Indoneziya, shuningdek, Britaniya, Germaniya, Belgiya, Kanada, Yangi Zelandiya va Filippin fuqarolaridir. AQSh razvedka agentliklarining tasdiqlashicha, samolyot raketa bilan urib tushirilgan va aynan Ukraina sarhadidan turib nishonga olingan. Samolyot havoda portlagan. Ukraina qurolli kuchlari bunday vositaga ega emas, deydi Amerika rasmiylari. Gumon shuki, samolyotni o'qqa olganlar - rusparast bo'lginchilar.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShga noqonuniy kirib kelayotgan muhojir bolalar

AQShning janubiy chegaralarida noqonuniy muhojirlar muammosi gumanitar inqiroz sifatida baholanmoqda. Chegarani kesib o'tganlar orasida 50 mingdan ortiq voyaga yetmagan bola bor. Ular mahalliy va federal hukumat uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainada Malayziya samolyoti quladi

Boeing-777 samolyoti 280 yo'lovchi va 15 ekipaj a'zolari bilan Amsterdamdan Kuala Lumpurga uchayotgan bo'lgan. Ukraina hukumati va isyonchilar bir-birini ayblamoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil Falastin ahliga: tirik qolishni istasangiz, qoching!

Isroil G'azo sektorini havodan o'qqa tutishda davom etarkan, BMT uni va unga qarshi raketa otayotgan HAMASni sulh tuzishga undamoqda. AQSh vositachilik qilishga tayyor. Tomonlar murosadan yiroq. Isroil G'azo ahlini jon saqlash uchun uylarini tark etishga chaqirmoqda. HAMAS jangarilarini qirib tashlamaguncha, hujumlar to'xtamaydi, deya bildirmoqda bu davlat rasmiylari. Hozirgacha 200 dan oshiq odamning yostig'i qurigan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI