Shanba, 29-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 01:21

Huquq va qonun

Rossiyalik huquq faoli Toshkentdan o'lim tahdidi bitilgan maktub olgan

“Memorial”ning Markaziy Osiyo bo’yicha mutaxassisi Vitaliy Ponomarev
“Memorial”ning Markaziy Osiyo bo’yicha mutaxassisi Vitaliy Ponomarev

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi “Human Rights Watch” tashkilotiga ko'ra, Markaziy Osiyo bo’yicha yetakchi ekspert, “Memorial” huquq markazi xodimi Vitaliy Ponomarevga qilingan tahdidlar jiddiy va Rossiya rahbariyati ularni puxta tergov qilishi kerak.

Tashkilot bayonotida aytilishicha, Moskva tergovni sinchiklab o’tkazishi va O’zbekiston rasmiylarini hamkorlikka ko'ndirishi darkor. Gap shundaki, Ponomarevning aytishicha, 12-yanvarda u va oilasi hayotiga do’q-po’pisa bitilgan elektron nomalar olgan. Rus va o’zbek tillaridagi bu maktublar uch daqiqa ichida uch xil elektron adresdan kelgan.

18-yanvarda u mazkur tahdidlar haqida bayonot tarqatgach, shunga o’xshash yana bir xat yetib borgan. Maktublarning barchasi Toshkentdagi kompyuterdan yuborilgan, ya'ni elektron xat yo'llagan kompyuterning IP-adresi Toshkentga ko'rsatmoqda. 

"Human Rights Watch”ning bildirishicha, bu maktublarda "Qirg’iziston janubiga qadam bosgudek bo’lsang, o’zing ham, oilang ham o’ladi. Moskva, Bishkek, Jalol-Obod va O’shdagi manzillaringni bilamiz, boshingni olamiz" deyilgan.

Ponomarev Qirg’izistonga tez-tez borib turadi, deyiladi “Human Rights Watch” bayonotida, lekin O’zbekistonga 1990-yillardan beri safar qilmagan.

Faol oxirgi yillarda O’zbekiston hukumatining mintaqada dindorlarni tahqirlash, ta’qib qilish amaliyotini izchil o’rganib, hisobotlar e’lon qilgan. U O’zbekiston xavfsizlik xizmatining Rossiyadagi faoliyati borasidagi tadqiqotlari natijalarini ham chop etgan.

Ponomarev Qirg’iziston janubida diniy guruhlarni kuzatib, 2010-yilning yozida ro’y bergan etnik to’qnashuvlar borasida batafsil ma’lumotlar berib borgan, deyiladi xalqaro huquq tashkiloti bugun tarqatgan xabarda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Gaz eksporti - Amerikaning bir shahrida - Natural Gas Exporti
X
28.11.2014 05:09
Qo’shma Shtatlarda so’nggi yillarda tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi bir necha karra oshdi. Bunga asosan yangi texnologiyalar turtki bermoqda. Mahalliy kompaniyalar ortiqcha gazni xorijga eksport qilishni istaydi, lekin reja aholi orasida qarshilikka uchramoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Parij - Eyfel minorasi qarshisida qo'ylar namoyish qildi. Ular hukumatning bo'rilarni himoya qilish uchun ko'rayotgan choralariga qarshi.
  • Germaniya
  • Ispaniya
  • Nyu-York
  • Miao elati vakili, Xitoy
  • Kaskadyorlar, Nepal
  • Somali
  • Nigeriyada yangi prezident inauguratsiyasiga tayyorgarlik
Fotogalereya

Fotogalereya Shukronalik kuni, Amerika - Thanksgiving Day in America

Noyabrning oxirgi payshanbasi Shukronalik kuni. Yangi vatandagi noz-ne'matlardan shukur qilgan, hosilidan rozi bo'lgan odamlar shunday bayramga asos solgan. Keyinchalik tub aholiga qarshi qonli urushlar olib borgan yevropalik kelgindilar boshida ular bilan bir dasturxondan non yegan. Hindu qabilalar o'z ovqatlarini tanishtirgan bo'lsa, kelgindilar ham o'z taomlarini tortgan. Kurka Shukronalik kuni asosiy taom hisoblanadi. Chunki bu parranda Amerikada serob bo'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Amerikada Shukronalik kuni

Har yili noyabr oyining so'nggi payshanbasida o'tadigan bu bayram ko'pchilik amerikaliklar uchun oilaviy yig'ilish va kurkali taom demakdir.
Fotogalereya

Fotogalereya Bugungi dunyo, suratlarda

Jahonning turli burchaklaridan olingan antiqa fotolar - 26-noyabr, 2014

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI