Breaking News

Suriyada kassetali bombalar keng qo'llanilmoqda


Damashqdagi manzara
Damashqdagi manzara
Inson huquqlari bo’yicha xalqaro tashkilot, "Human Rights Watch", Suriya hukumatini xalqqa qarshi kassetali bombalar ishlatayotganlikda ayblamoqda.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 16-mart, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:37 0:00
Yuklab oling

Hukumat kuchlari isyonchilarga qarshi olib borayotgan harakatlarda bu vositalarga ko’proq tayana boshlagan va ular asosan aholi zich yashaydigan joylarda qo’llanilmoqda, deyiladi bugun chiqqan hisobotda.

Kassetali bombalar darrov portlamaydi. Ular minalar singari doimiy tahdid soladigan qurollar, deydi ekspertlar.

O’tgan olti oy ichida Suriyaning 119 hududida hukumat shunday bombalar qo’ygan. Oxirgi ikki hafta ichida 11 kishi aynan shu qurol sabab halok bo’lgan, ulardan besh nafari bolalar va ikki nafari ayollar.

Suriyada fuqaro urushi avj olar ekan, Yevropa Ittifoqi isyonchilarni qurollantirish haqida jiddiy o’ylanmoqda. Muxolifatni ruhan va moddiy jihatdan quvvatlashning o’zi yetmaydi, prezident Bashar al-Assad ketishi uchun qattiqroq chora ko’rish kerak, deydi ayrim siyosatchilar.

Fransiya bu borada Britaniya bilan hamkorlik qilishga tayyor, ammo boshqa davlatlar hozircha shoshmayapti.

Suriya muxolifatiga qurol uzatishni man etuvchi qonun kelayotgan may oyida o’z kuchini yo’qotadi.

Kecha qo’zg’olon boshlanganiga ikki yil to’ldi. Shundan beri 70 mingdan ortiq kishining yostig’i quridi.

Bashar al-Assad hokimiyatdan ketmoqchi emas. Unga qarshi bosh ko’targanlarni terrorchi deb biladi.

Mamlakatning turli qismlarida hamon namoyishlar davom etmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG