Seshanba, 21-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 05:32

AQSh-Markaziy Osiyo

Ochiq Jamiyat Instituti: AQSh inson huquqlari bo'yicha izchil siyosat yuritsin

AQSh-O'zbekiston muzokaralari, 2-dekabr, 2010, Toshkent
AQSh-O'zbekiston muzokaralari, 2-dekabr, 2010, Toshkent

Multimedia

Audio
Jon Kerri AQSh Davlat kotibi sifatida ishga kirishar ekan, Ochiq Jamiyat Instituti (Open Society Institute) Yevrosiyo, xususan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan qanday ishlash bo’yicha o’z siyosiy tavsiyalarini taqdim etdi. Tashkilot nazarida Obama ma’muriyati huquq va demokratiyani targ’ib qilishda ko’zbo’yamachilikka berilgan va avtoritar davlatlar bilan hamkorligida haqiqatga ko’z yumib kelmoqda.

Huquq va siyosat, AQSh-Markaziy Osiyo/Navbahor Imamova
Huquq va siyosat, AQSh-Markaziy Osiyo/Navbahor Imamovai
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Amerika hukumati tashqi siyosatda erkinlik targ’ibotini hamisha yuqori o’ringa qo’yib kelgan, lekin zamon va talabga qarab, turli davlatlarning strategik ahamiyati va o’rnidan kelib chiqqan holda, inson huquqlari va demokratiyaga e’tibor o’zgarib turadi. 1997-yilda, o’sha paytdagi Davlat kotibasi Madlen Olbrayt “demokratiya urug’ini sochish asosiy maqsadlarimizdan biri”, - deya turib, shuni ham eslatib o’tganki, “AQSh o’zgarmas prinsiplarga ega, ammo taktika zamonga moslashib turadi”. 
 
Uzoq yillar davomida huquq ahvoli ayanchli deb Birmaga qator sanksiyalar qo’yilgan edi, lekin vaziyat birdek og’ir Xitoy Amerikaning yaqin hamkoridir.
 
Aleksandr Lukashenko hukmron Belarus, AQSh nazarida, mutlaq diktatura, ammo deyarli chorak asrdan beri yakkahokimlikda yashayotgan O’zbekiston va Qozog’istonga kelganda, Vashingtondan “yaqin sherik”, “ishonchli hamkor” degan ta’riflarni eshitasiz. Vaholanki, Amerikaning o’zi har yili e’lon qiladigan hisobotlarda bu davlatlar inson huquqlari, masalan, so’z va matbuot erkinligi, diniy erkinlik, siyosiy va iqtisodiy erkinliklar bag’oyat cheklangan jamiyatlar deya tasvirlanadi.      
 
Gap bu yerda ushbu davlatlarning strategik ahamiyatida, deydi Jeff Goldstin (Jeff Goldstein), Ochiq Jamiyat Institutining Yevrosiyo bo’yicha bosh mutaxassisi.
 
“AQSh tashqi siyosati 100 foiz barqaror va bir maromda bo’lishi kerak demayapmiz. Lekin izchil o’ylab ish yuritish kerak, vaziyatga vijdonan baho bering, deyapmiz”, - deydi ekspert.  
 
Den Frid, uzoq yillar Yevrosiyo masalalari bilan shug’ullangan sobiq rasmiy, o’z chiqishlarida avtoritar rahbarlarning pinhona ishlariga toqat qilmaslik kerak, zolim siyosatni ochiq qoralash kerak deb aytgan. Lekin, deydi Jeff Goldstin, bugun masalan, AQShning Toshkentdagi elchisi Jorj Kroldan O’zbekistondagi ahvol yuzasidan biror tanqid eshitmaysiz. Ochiq Jamiyat Instituti o’z tahlilnomasida elchi Krol va AQShning Qozog’istondagi elchisi Kennet Feyerfeksning iqtiboslarini keltirib, ularni “yumshoq” gapirayotganlikda, arzimas o’zgarishlarni ham “progress” deya baholayotganlikda tanqid qiladi.  
 
Ochiq Jamiyat Instituti nazarida har ikki jamiyatda hukumatlar oddiy xalq oldida o’zini javobgar his etmaydi. Shunday ekan, bu davlatlarning rahbarlari demokratiya tomon qadam tashlamoqda deyish asossiz, deydi Jeff Goldstin, “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.
 
“Qirg’izistonda 2010-yilda Kurmanbek Bakiyev, Misrda 2011-yilda Husni Muborak        hokimiyatdan ag’darilganida, shuni ko’rdikki, Amerika bu rahbarlar bilan hamkorlik qilib, ularni tanqid qilishga tortinib, o’ziga o’zi zarar qilgan. Buning strategik jihatdan salbiy oqibatlari ayon bo’ldi”,- deydi Jeff Goldstin.
 
AQSh diplomatlari asl vaziyatni yaxshi biladi, deydi u. Gap uni ochiq tan ola bilishda va hamkor davlatlarga buni eslatib turishda.
 
Tahlilnoma ustida ishlagan mutaxassis Eymi Makdono (Amy McDonough) deydiki, rasmiylar manfaatlardan kelib chiqqan holda gapiradi. Afg’oniston yuzasidan hamkorlik qilayotgan davlatlarga qattiq gapirmaslik mana shu yondashuvni aks ettiradi.  Hozir, masalan, O’zbekistondek yopiq davlatlarda inson huquqlari targ’iboti cheklangani oydek ravshan.

Amerika diplomatlari erkinlik va demokratiya hech qachon chetga surilmagan va surilmaydi ham deb keladi. 

Ammo, deydi ular, siyosatning boshqa muhim yo’nalishlari ham bor, masalan, xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik.  Biror davlat bilan oldi-berdi qilishda bitta omilga bog’lana olmaymiz, deydi ular. Hukumatlar esa Amerika ular haqida qanday fikrda ekanini biladi, chunki bu borada muntazam hisobotlar chiqarib, butun dunyoga ma’lum qilinadi.
 
Obama ma’muriyati o’zaro manfaatli sohalarda birga ishlab, xalqlar bilan yaqinlashish tarafdori.
 
Jeff Goldstin singari tanqidchilar nazarida esa xalqlarga yaqinlashish hukumat bilan yaqindan ishlash degani emas. Oddiy odamlar dardini bilish uchun ularga murojaat qilish kerak, deydi tahlilchi. O’zbekiston va qo’shni avtoritar davlatlardagi diplomatlar mustaqil axborot vositalariga ko’proq intervyular bersin, amaldagi siyosatni vijdonan muhokama qilsin, odamlar eshitsin ularni, deydi Goldstin.
 
“Amerika hukumatlar bilan ishlamasin demayapmiz. Ishlasin, ammo xalq manfaatlari unutilmasin, konkret yechimlar haqida o’ylasin. Hamkorlik shartlari nimadan iborat? Amerika O’zbekiston hukumati bilan inson huquqlari haqida gaplashayapti, buni bilamiz. Lekin qay darajada? AQSh rasmiylari jamoatchilik oldida bu borada ochiq gapirmaydi. Mintaqada odamlar buni ko’rib shunday xulosa qiladiki, Amerikaga baribir”.
 
Markaziy Osiyo bo’ylab mustaqillik yillarida yuzlab yangi qonunlar qabul qilindi, huquq va erkinlikni kafolatlovchi hujjatlar yetarli. Ammo amalda ularga qanchalik rioya qilinmoqda? 

O’zbekistondek eng yirik jamiyatda mustaqil matbuot degan narsa yo’q. Nashrlar, televideniye va radiolar ko’paydi, ammo ular xalq yuzlashayotgan muammolarni yorita olmaydi. Hukumatni, amaldagi siyosatni tanqid qilish jinoyat deb ko’riladi. Amerika buni biladi va masala Kongressga uzatiladigan yillik hisobotlarda izchil tahlil qilinadi.      
Ochiq Jamiyat Institutining asosiy tavsiyasi shundan iboratki, nimaiki sohada hamkorlik qilinishidan qat’i nazar, inson huquqlari markaziy o’ringa qo’yilishi kerak. Chunki erkinliksiz hech narsaga erisha olmaysiz.  
 
Amerika kompaniyalarini O’zbekistonga sarmoya kiritishga jalb etishmi, birga biznes qilishmi, ijtimoiy jabhalarda ko’maklashishmi, xavfsizlikni ta’minlashda yordam berishmi, xalq repressiyada yashayotgani va fuqaro erkinliklari cheklangani hisobga olinishi kerak. Vashington hamkorlik shartlarini huquqqa bog’lashi kerak, deyiladi Ochiq Jamiyat Instituti chiqargan tahlilnomada.
Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: Turoniy E-mail adresingiz: Amerika
12.02.2013 23:11
2014 yil O'zbekistonda o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Shu vaqtda Amerika Qo'shma Shtatlarining izchil pozisiyasiga ehtiyoj seziladi. Ushbu yilda ikki davlatning manfaatlari o'rtaga chiqadigan yil. AQShning inson huquqlari va erkinliklari bobidagi haqiqiy pozitsiyasi ushbu kunlarda ma'lum bo'ladi. O'zbekiston xalqi bu yildan katta umidlar kutmoqda. Agar o'zgarishsiz qolsa, yana bir necha o'n yillarga qolib ketadi inson huquqlari va erkinlik muammosi O'zbekistonda.

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika Manzaralari/Exploring America, October 20, 2014i
X
20.10.2014 10:40
Har dushanba Toshkent vaqti bilan 15:30 da sun'iy yo'ldosh orqali uzatiladigan 30 daqiqali ko'rsatuv Amerikadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manzara bilan tanishtiradi. Qolaversa, Qo'shma Shtatlar - Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi aloqalarni tahlil qiladi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.

  • Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.

  • Indoneziya yangi rahbari Joko Vidodo, sobiq prezident Susilo Bambang Yudxoyono Jakartada.

  • Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.

  • Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.

  • Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.

  • Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.

  • Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.

Fotogalereya

Fotogalereya Joko Vidodo, Indoneziya prezidenti qasamyod keltirdi

Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobanida janglar davom etmoqda - 20-oktabr, 2014-yil

Suriyaning Turkiya chegarasi yaqinidagi Kobani shahrida kurdlar va "Islomiy davlat" jangarilari o'rtasida kurash davom etmoqda. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lining aytishicha, Iroq kurdlarining "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda Suriya kurdlariga ko'mak berish uchun Turkiya orqali chegarani kesib o'tishiga ruxsat berilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda minglab namoyishchilar politsiya bilan yuzma-yuz, tarqalmoqchi emas

Bu yoshlar Gonkongda demokratik saylovlar talab qilmoqda. Pekin siyosatini qoralab, rahbarni mahalliy xalqning o'zi tanlashi shart, deydi ular. Talabalar chodirlar qurib olgan, shu yerda tunashayapti. Maqsad tinchlik, deydi ular, "hukumat bizning dardimizni eshitsin". Pekin nazarida ularning talabi asossiz.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani uchun janglar davom etmoqda

Suriyaning Kobani shahrida "Islomiy davlat" va kurd jangchilari o'rtasida qonli janglar davom etmoqda. Tinch aholining katta qismi qo'shni Turkiyaga qochib o'tgan.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShda Ebola bilan xastalanganlar soni ikkitaga yetdi

O'tgan hafta AQShning Texas shtati kasalxonasida bir bemor Ebola virusidan vafot etgan edi. Unga qaragan ikki hamshira ham virusni yuqtirgani aniqlandi. Ayni paytda dunyo bo'ylab kasallikka qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani shahri uchun janglar avjida, Suriya

Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh Kobani shahri "Islomiy davlat" bilan olishmoqda. Amerika havo hujumlari orqali kurd jangchilariga ko'maklashmoqda. Turkiya bu urushga aralashmoqchi emas, lekin "Islomiy davlat" ga qarshi AQSh boshliq xalqaro koalitsiyaga kirgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Shimoliy Koreya rahbari ommaga ko'rindi

Ikki oydan beri jamoatchilikka ko'rinmagan Kim Chen Unning yangi suratlari paydo bo'ldi. Ularni Shimoliy Koreya Markaziy Axborot Agentligi tarqatmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Ebola balosi... Afrika g'arbidagi bugungi manzara

Kasallik 4000 dan oshiq odamni hayotdan olib ketdi. Bir necha davlat vahima va qo'rquvda. Yordam berilmoqda, ammo kasallik hozircha bedavo.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI