Breaking News

Inson savdosiga qarshi kurashda xususiy sektor alohida o'ringa ega


Arzon ishchi kuchi evaziga millionlab dollar daromad oladigan kompaniyalar odam savdosi uchun sharoit yaratayotganini biladimi? BMT ularni bu baloga qarshi chora ko'rishga undamoqda.
Arzon ishchi kuchi evaziga millionlab dollar daromad oladigan kompaniyalar odam savdosi uchun sharoit yaratayotganini biladimi? BMT ularni bu baloga qarshi chora ko'rishga undamoqda.

Odam savdosi - chegara bilmas muammo. BMT bu baloga qarshi kurashga xususiy kompaniyalarni jalb etish harakatida.

Uyushgan jinoiy guruhlar odam pullab yiliga 32 milliard dollar sof daromad oladi. Buning uchdan bir qismi Osiyo mamlakatlariga to'g'ri keladi. Oldi olinmasa, keyingi besh yilda daromad 100 milliard dollarga yetishi mumkin.

BMT qarorgohi, Nyu-York
BMT qarorgohi, Nyu-York

“Odam savdosi va kontrabandasining ko’lami shu qadar kengki, unga chek qo’yish uchun yangi choralar ko’rmay iloj yo’q”,- deydi Noilin Xeyzer, BMT rasmiysi.

Xeyzer deydiki, biznes ahli odam savdosiga qarshi kurashga faolroq hissa qo’shishi kerak.

Chunki xalqaro tashkilotlar, hukumatlar va huquq-tartibot organlarining say-harakatlari yetarlicha samara bermayapti.

Sobiq Sovet Ittifoqidan chiqqan xotin-qizlar nafaqat G'arb davlatlari, balki Osiyoning katta shaharlarida ham fohisha sifatida pullanadi. O'tgan yillar ichida Bangkok, Dehli va boshqa poytaxtlarda o'nlab ayollar qamoqqa olingan,
Sobiq Sovet Ittifoqidan chiqqan xotin-qizlar nafaqat G'arb davlatlari, balki Osiyoning katta shaharlarida ham fohisha sifatida pullanadi. O'tgan yillar ichida Bangkok, Dehli va boshqa poytaxtlarda o'nlab ayollar qamoqqa olingan,

Odam savdosi haqida gap ketganida asosan xotin-qizlarning fohishalikka jalb etilishi, bolalar ekspluatatsiyasi, erkaklarning kam maosh evaziga fabrikalarda ishlatilishi nazarda tutiladi. Insonlar ish qidirib aldanadi, jinoiy to’dalar to’riga ilinib, ularning quliga aylanadi.

Qonuniy xodim yollab, ularga katta maosh to’lash o’rniga arzon mehnat kuchi, noqonuiy muhojirlarni afzal ko’rgan kompaniyalar, tabiiyki, bundan katta foyda oladi va shu sabab odam savdosidan manfaatdor.

Bu jinoyat xususiy sektor bilan chambarchas bog’liq ekan, BMT ularni ogohlikka va hamkorlikka undamoqda.

Qul qilib ishlatilgan ayollar
Qul qilib ishlatilgan ayollar

BMTning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi bizneslardan maxsus hujjatlarga, xususan Gretsiya poytaxtida imzolangan va shu sabab Afina Ma’naviy Tamoyillari deb ataluvchi shartnomaga imzo chekishni so’ramoqda.

Unga ko’ra, xususiy firmalar jamoatchilikning odam savdosi haqidagi bilimini oshirish va jabrlanuvchilarni ishga olmaslik mas'uliyatini o'z bo'yniga oladi.

Bu hujjatni shu kunga qadar dunyo bo’ylab 100,000 kompaniya imzolagan.

Xalqaro birlashma rahbari Deyvid Arkles odam savdosiga chek qo’yishni targ’ib qilmoqda.

Bu jinoyatga qarshi jiddiy choralar ko'rish bizneslarning ham vazifasi
Bu jinoyatga qarshi jiddiy choralar ko'rish bizneslarning ham vazifasi

"Bu ko’p qatlamli muammo. Iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy... Har biri ulkan e’tibor va nazorat talab qiladi”, - deydi Arkless.

Bugun ko’plab mamlakatlar iqtisodiyoti chet elda ishlab topilayotgan maosh evaziga tebranmoqda.

Muhojir mehnatkashlar qora terga botib, yurtidagi oilasiga yuborgan mablag’ xalqni boqmoqda.

BMT hukumatlardan mana shu haqiqatni tan olishni so'rab, ularni xorijda yurgan fuqarolar manfaatini himoya qilishga, huquqlari buzilmasligi va eng asosiysi, qul sifatida sotilmasligini ta’minlashga undamoqda. Buning uchun esa arzon mehnat kuchi izlayotgan xususiy sektor bilan ishlash kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG