Chorshanba, 20-avgust, 2014 Toshkent vaqti: 11:50

Ilm-fan

Texnologiya olamida bizni qanday kashfiyotlar kutmoqda?

Amerika Ovozi
AQShning IBM korporatsiyasi har yili yangi texnologiyalarni ko’zdan kechirib, kelasi besh yilda dunyoni o’zgartira oladigan kashfiyotlar ro’yxatini tuzadi.
Texnologiya olamidagi kashfiyotlar/Shohruh Hamro
Texnologiya olamidagi kashfiyotlar/Shohruh Hamroi
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Kompaniya o’tmishda uyali telefonlar, 3D grafikasi, shuningdek, transport va energetika sohalarida bo’layotgan inqilobiy o’zgarishlarga e’tibor qaratgan. Bu yilgi ro’yxatdan joy olgan ixtirolar bilan tanishsak…

Tasavvur qiling, internet orqali o’zingizga kiyim-kechak xarid qilayapsiz. Kompyuter yoki telefon ekraniga qo’l yurgizib, matoni paypaslab ko’rishingiz mumkin. Ushbu texnologiya kelasi besh yilda bozorga chiqadi, deydi IBM kompaniyasi vitse-prezidenti Berni Meyerson.

“Kompyuterlar va insonning ulardan foydalanish uslubi qayta kashf etilmoqda”, - deydi u.

Aqlli sistemalar tevarak-atrofni kuzatib, bizga kerakli tovush-sadolarni tahlil qilib berishga qodir bo’ladi. Masalan, chaqaloq nima uchun yig’layotganini ota-ona kompyuterdan bilib olishi mumkin.

“Qorni ochmi, kasalmi, yo shunchaki zerikkanmi… ertangi kun ilg’or texnologiyalari buni tovushdan aniqlab, sizga aytib beradi”, - deydi Meyerson.

Shaxsiy kompyuterlar odamlarni yuzidan tanish, ya’ni vizual ma’lumotlar bilan ishlashga ham o’rgatilyapti. Ularda o’rnatilgan kameralar ranglarni ajrata oladigan, tasvirlarni mavzuga qarab taqsimlay oladigan bo’ladi. Oilaviy suratlarni tartibga solishda qo’l keladi.  

Yana bir yangilik - hid bilish qobiliyatidir. Bu degani, kompyuter yoki telefon ekraniga qarab aksirganda, mitti sensorlar minglab molekulalarni analiz qilib, sizga tashxis qo’yadi. 

“Deylik, o’zingiz bilmagan holda infeksiya yuqtirgansiz va kasal bo’lish ehtimoli bor. Telefon sizni darrov ogohlantiradi”, - deydi IBM vitse-prezidenti.

Kompaniya mutaxassislari ta’m biladigan sistemalar ustida ham ish boshlagan. Oshpazlar uchun bu ayni muddao. Mahsulotlarning molekulyar tarkibini o’rganib, xushbo’y va lazzatli taomlar tayyorlash uchun tavsiya-maslahatlar bera oladi.

“Nafaqat sizga ma’qul keladigan ovqatni maslahat beradi, balki uning kaloriyasi, yog’i va xolesterol miqdorini ham o’zi hisoblab beradi. Maqsad sizga ham mazali, ham energetik quvvat beradigan, sog’liqqa zarar qilmaydigan mahsulotni aniqlab berish”, - deydi Berni Meyerson.  

IBM kashfiyotlar ro’yxatida kishini lol qoldiradigan narsa shuki, cho’ntakka sig’adigan ana shu kichik vositalar bir necha yil ichida jadal rivojlanib ketdi, deydi professor Mark Maluf. 

“Boshida mobil telefonlar faqatgina aloqa uchun ishlatilar edi. Bugungi kunda esa ham vizual, ham tovushni tahlil qilib beradigan texnik mo’jizaning o’zginasi”.

Har bir sohaga chuqur kirib borayotgan kompyuter texnologiyalari, deydi olim, fastastikani haqiqatga aylantirmoqda.

Texnologiya va zamon/IBM TECH FORECASTi
X
12.04.2013 01:42
IBM korporatsiyasi har yili yangi texnologiyalarni ko'zdan kechirib, kelasi besh yilda dunyoni o'zgartira oladigan kashfiyotlar ro'yxatini tuzadi. Kompaniya o'tmishda mobil telefonlar, 3D grafikasi, shuningdek, transport va energetika sohalarida bo'layotgan inqilobiy o'zgarishlarga e'tibor qaratgan. Bu yilgi ro'yxatdan joy olgan ixtirolar bilan tanishsak...
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Eronning Iroqqa ta'siri davom etadii
X
20.08.2014 03:03
Iroqdagi jangarilar faoliyatiga chek qo’yish masalasida Vashington va Tehron hamfikr. Ammo Iroqdagi yangi hukumatga AQSh emas, balki Eron ko’proq ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega, deydi kuzatuvchilar.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Ukraina-Rossiya chegarasida
  • Donetsk
  • Kiyev
  • Rossiya-Ukraina chegarasida
  • Rossiya-Ukraina chegarasida
  • Rostov mintaqasida
  • Rostov mintaqasida
  • Rostov mintaqasida
Fotogalereya

Fotogalereya Missurida politsiya namoyishchilarni tarqatishga harakat qilmoqda

Politsiya bilan to'qnashuvda bir kishiga o'q tegib qattiq yaralangan, yetti kishi hibsga olingan. 18 yashar qora tanli yigitning politsiya tomonidan otib o'ldirilishi ketidan boshlangan namoyishlar tinmayapti. Ferguson shahrida favqulodda holat joriy etilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Missuri shtatida politsiyaga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Qo’shma Shtatlar bo’ylab minglab odamlar namoyishga chiqib, Missuri shtatida politsiya o’qidan o’lgan qora tanli o’smirni xotirlayapti. Yuzdan oshiq shaharlarda yig’ilgan fuqarolar 18 yoshli Maykl Braunni va politsiya qo’lidan o’lgan boshqa vatandoshlarni bir daqiqalik sukunat bilan esladi. Missurida namoyishlar qonli tus olgach, prezident Barak Obama kecha jamoatchilikni tinchlanishga undadi.
Fotogalereya

Fotogalereya Vladimir Putin Qrimda

Rossiya rahbari yaqinda mamlakatning bir qismi sifatida qabul qilingan yarimorolga borib, vaziyat bilan tanishdi.
Fotogalereya

Fotogalereya Gollivud yulduzi Robin Vilyamsni xotirlab

Amerikalik taniqli aktyor, hazil-askiya ustasi Robin Vilyams olamdan o'tdi. Uning jasadi 11-avgust kuni Kaliforniyadagi uyidan topilgan. Aktyor o'z joniga qasd qilgani taxmin qilinayapti. Vilyams 63 yoshda edi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI