Breaking News

Amerika armiyasidagi muhojirlar oilasiga yordam berishi mumkin


Amerika immigratsiya siyosatida hujjatsiz mujojirlarni deportatsiyadan saqlab qolishga doir o’zgarishdan ko’plar bexabar. Bir yarim yil oldin kuchga kirgan qoida bu. Immigratsiya bo’yicha huquqshunoslar va muhojirlar bilan ishlayotgan davlat ishchilari orasida ham buni hamma bilmaydi.

Amerikada askar muhojirlar oilalariga yordam berishi mumkin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:33 0:00

Zoyla Jara va uning o’g’li Luis. Luis Amerika armiyasida xizmat qiladi. Yigirma yildirki, Zayla AQShda qolish uchun kurashadi; ikki bor vatani Ekvadorga deportatsiya qilinishiga oz qolgan. Bir guruh huquqshunoslar oraga tushib, ayolni Amerikada qoldirishga muvaffaq bo’ldi. U ham grin karta olish, fuqaro bo’lish imkoniga ega.

Liz Markuchi Ko’ngilli huquqshunoslar nodavlat tashkilotini boshqaradi:

“Shu davlat mudofaasi uchun xizmat qilayotgan yigit onani olib qolish imkoni borligini bilmagan. Oldin ham harakat qilib ko’rgan. Ayol bir necha o’n yil oldin mamlakatga noqonuniy kirgani uchun nima qilarini bilmay yurgan. Immigratsiya idorasiga borib so’rashsa, yechim borligini hech kim aytmagan, bilmagan”.

Qurolli kuchlarda xizmat qilayotgan, biroq fuqaroligi yo’q minglab yigit-qizlar o’zining oilasini qutqarib qolishi mumkin. Ichki ishlar vazirligining buyrug’i bor, deydi huquqshunos Jennifer Koyler:

“Maqsad shuki, Qo’shma Shtatlarni himoya qilib jang qilayotgan askarlar hujjati yo’q oilasining qonuniy maqomi uchun qayg’urib yurmasin. Ularning hayolini chalg’itmaslik – buyruqdan bosh maqsad shu”.

Amerika immigratsiya islohoti federatsiyasi bu chora haqida o’zgacha fikrda. Guruh matbuot kotibi Ayra Melman tushuntiradi:

“Odamlarning sharoitiga qarab, Qo’shma Shtatlarda qolish-qolmasligini alohida-alohida hal qilish kerak. Yangi qoida esa yoppasiga AQShda qolish uchun bahona bo’lib xizmat qilayapti”.

Zoyla oxirgi daqiqagacha Amerika qolish-qolmasligini bilmay qolayotgan edi:

“Yig’layverib ko’zimda yosh qolmadi. Ingliz tilini bilmayman. Lekin mening nomimga xat kelganida, unda grin kartangizni jo’natdik, deyishganida xursand bo’ldim. Shunaqa xursand bo’ldim. Farzandlarim advokatlardan juda minnatdor”.

Zoylaning o’g’li Alyaskada xizmat qilayapti. U ham, ukalari ham shod – ona Amerikada qolib, hali ko’p yaxshiliklar qilishiga ishonchi komil ularning.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG