Dushanba, 22-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 21:12

Markaziy Osiyo

Rossiyada fuqarolikka kirish osonlashishi mumkin

Olga Gulina, Samara Yuridik Instituti olimasi
Olga Gulina, Samara Yuridik Instituti olimasi

Multimedia

Audio
Rossiyada fuqarolikka qabul qilish jarayonini soddalashtirish muhokamada, ayniqsa, sobiq sovet davlatlari ahli uchun. Ishchi muhojirlar uchun bu shubhasiz muhim yangillik bo’ladi. Qonunlar isloh qilinmoqda, biroq hali ancha xom va mujmal, deydi rus tahlilchilar.

Olga Gulina, Alisa Obzelova bilan suhbat/Nasiba Tohir
Olga Gulina, Alisa Obzelova bilan suhbati
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Rasmiy ma’lumotga ko’ra, muhojirlar oqimi bo’yicha Rossiya AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Biroq mamlakat hali ham buni to’liq anglab yetmagan, o’zini immigrantlar yurti deb tan olmayapti, deydi Olga Gulina, Samaradagi Yuridik Instituti mutaxassisi. U poytaxtdagi Jorj Vashington Universiteti, Elliott maktabida (George Washington University, Elliott School of International Affairs) so'zladi.
 
“Rossiya ruslar uchun degan shior, kayfiyat ustun. Rasmiy hisoblarga ko’ra, bugun mamlakatda 12,1 million immigrant bor. Gap faqat qonuniy muhojirlar haqida ketmoqda. Lekin nolegal migrantlar soni hozircha aniq emas. Prezident Vladimir Putin 2012-yilda siyosiy va iqtisodiy bahslarda immigratsiyani jiddiy masalalardan biri sifatida tilga oldi”.
 
Gulinaning aytishicha, Rossiya immigratsiya siyosati bobida oldinga siljiyotganday ko’rinishi mumkin. Masalan, mamlakat immigratsiya siyosati uchun mas’ul birgina ijrochi organ bor – Federal Migratsiya Xizmati (Федеральная Миграционная Служба). Idora 2004-yilda ta’sis etilgan.

“Ungacha mamlakatda faqat viza va passport masalalari bo’yicha departament ishlab turar, u ham Ichki ishlar vazirligi qoshida edi. 2012-yilgi islohotlar natijasida bu xizmat Ichki ishlar vazirligi qaramog’idan chiqib, bevosita hukumat qo’liga topshirildi. Rossiya immigratsiya siyosati hali juda yosh, faqat 20 yillik tarixga ega. Federal Migratsiya Xizmati juda yosh idora”, - deydi u.
 
Mutaxassis yaqin yillarda Rossiyada Immigratsiya sudi ham ish boshlaydi degan umidda. Shu bilan birgan, Rossiya immigratsiya qonun-qoidalari liberal emas va yaxshilanayotgani yo’q, deb hisoblaydi ekspert.
 
“Masalan, qoidaga ko’ra, chet elliklar Rossiyaga kirgani zahoti yetti kun ichida ro’yxatdan o’tishi kerak. 2012-yilgacha xorijliklar 72 soat orasida registratsiyadan o’tishi shart edi. Bir qarashda qonunlar liberal-erkinroq bo’lganday. Lekin, shu bilan birga, 2013-yil boshida prezident Putin yangi qonunni Duma muhokamasiga taqdim etdi va unga ko’ra, noto’g’ri registratsiya jinoiy jazoga tenglashtiriladi. Bu esa Rossiya qonunlari yanada qat’iy, keskin bo’lib borayotganidan dalolat beradi”, - deydi Gulina.
 
2012-yilning o’rtalarida Putin Milliy Migratsiya Konsepsiyasini imzolagan, deydi Gulina. Uningcha, 25 sahifalik bu konsepsiya juda mujmal yozilgan. Unda Rossiyaga migratsiyaning tarixi qayd etilgan, lekin maqsad, aniq tamoyillar yo’q va bu bilan, deydi Samara Yuridik Instituti olimi, mamlakat migratsiya siyosati oldinga siljishiga hissa qo’shayotgani yo’q.

“Bundan tashqari, 2012-yilning oktabridan e’tiboran, xorijliklar rus tilidan imtihon topshirishi kerak. Ekspertlar nazarida yangi qoida korrupsiya yanada ildiz otishiga xizmat qilishi mumkin. Chunki tilni qayerda topshirish, qanday sertifikat kerakligi, qancha haq to’lash lozimligi hali aniq emas”, - deydi Gulina.
 
Perm Davlat Universiteti olimasi Alisa Oblezova advokatlik bilan ham shug’ullanadi. Uning so’zlariga ko’ra, 2000-yildan beri eng ko’p muhojir jo’natayotgan davlarlar – Ukraina, Qozog’iston, Belarus, O’zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Tojikiston va Moldova. Bu migrantlar asosan qurilish, farroshlik, savdo-sotiq sohalarida ishlaydi.
 
Shimoliy Koreya, Xitoy va Vyetnam Rossiyaga arzon ishchi yetkazib berayotgan asosiy davlatlardan. Lekin, deydi olima, Rossiya ishchi migrantlardan arzon kuch sifatida foydalanib qolmoqchi, biroq integratsiyaga kelganda muhojirlar bu mamlakatga kerak emas.
 
Rossiyalik bu ikki ekspert mamlakatda hatto fuqarolar erkin harakatlana olmasligiga e’tibor qaratadi.
 
“Hatto Rossiyaning fuqarolari, malakali kadrlar o’z vatanida erkin harakatlana olmaydi. Katta shaharlar, Moskva va Sankt-Peterburgga xos bu jihat, chunki ish qidirib aksariyat odamlar aynan shu shaharlarga boradi. Bu juda noto’g’ri tartib, nazarimda”, - deydi Alisa Oblezova.
 
Uning ijtimoiy so’rov natijalariga tayanib aytishicha, ishchi muhojirlardan faqat 27 foizi Rossiyada qolib, fuqaro bo’lishga rozi. Aksariyat migrantlar pul topib, vatanga qaytishni xohlaydi.

“Ishchi muhojirlar, asosan, yosh erkaklar va ular mamlakatda faqat ishlashga kelgan. Ular jo’natayotgan pul vatanda g’oyat katta yordam. Demak, bu migrantlar oilasi bilan Rossiyaga ko’chishni xohlamaydi, balki pul jo’natib yordam berib turadi. Oilalari bilan kelishi uchun cheklovlar yo’q, lekin moliyaviy jihatdan qiyin”, - deydi Alisa Oblezova.
 
Olga Gulinaning so’zlariga ko’ra, muhojirlarning hayotini iloji boricha qiyinlashtirish uchun qo’ldan kelgancha harakat qilayapti Rossiya rasmiylari. “Til imtihonlari, qonunlardagi mavhumlik, barmoq izlarini olish haqidagi yangi talab, ro’yxatdan o’tish…”
 
“Ayrim oblastlarda rus tili imtihonlarini o’tkazishga haqli markazlar yo’q”, - deydi Oblezova:
 
“Bu esa muhojir bir regiondan ikkinchisiga qatnashga majbur degani. Qimmat-ku bu, ortiqcha xarajat. Buning ustiga ba’zida imtihon natijalarini 30 kun kutish kerak. Ishlash uchun bir yillik ruxsatnoma olish uchun muhojir ikki oyini qog’ozbozlikka sarflashi kerak degani bu”.
 
Perm Davlat Universiteti ekspertining aytishicha, Rossiya malakali kadrlarni jalb qilishga harakat qilayapti. Lekin oliy ma’lumotli, qimmatli mutaxassis Rossiyada politsiyaga borib, qog’ozbozlik qilishni xohlamaydi, jonini qiynab o’tirgisi kelmaydi.  

Alisa Oblezova, Perm Davlat Universiteti olimasiAlisa Oblezova, Perm Davlat Universiteti olimasi
x
Alisa Oblezova, Perm Davlat Universiteti olimasi
Alisa Oblezova, Perm Davlat Universiteti olimasi
“Hatto ruslarning o’zi huquq-tartibot xodimlariga borib, bir shahardan ikkinchisiga ko’chganini aytishdan bezib turadi. Rossiya yuqori malakali kadrlarni qaytarish dasturini ishlab chiqqan. Lekin uning samarasiga uncha ishonch yo’q”, - deydi Alisa Oblezova.
 
Federal Migratsiya Xizmati hisobicha, deydi Olga Gulina, Rossiyaga qaytayotgan malakali kadrlar orasida birinchi o’rinni sport sohasi odamlari, futbol ustalari tashkil etadi.  
 
Nega boshqa soha egalari qaytmayapti? Hukumat e’tibor berishi kerak bunga, deydi olima. Gap shundaki, o’tkir kadrlar G’arbga jo’namoqda.
 
Oblezova deydiki, muhojirlar uchun asosiy ma’lumot manbai – Federal Migratsiya Xizmati. Bu idora yangi qoidalar, ma’lumotni iloji boricha keng jamoatchilikka bildirishga harakat qiladi, devorlar, ko’chalarga oddiy e’lonlar osib qo’yiladi. Har bir muhojir mamlakatga kelgani zahoti o’z diasporasi bilan bog’lanib, yordam olishga urinadi. Immigrant madadni asosan va aynan o’z yurtdoshlaridan oladi, rasmiy idoralar ikkilamchi manba”, - deydi mutaxassis.
 
Olga Gulina Rossiya jamiyati muhojirlarga ochilmayotganini afsus bilan e’tirof etadi.
 
“Migrantlar eng og’ir ishlarni bajarmoqda. Rossiya jamoatchiligi ular beqiyos yordam ekanini, soliqlarni to’layotganini tushunishi kerak”, -  deydi Samara Yuridik Instituti eksperti.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika Manzaralari/Exploring America, September 22, 2014i
X
22.09.2014 10:00
Har dushanba Toshkent vaqti bilan 15:30 da sun'iy yo'ldosh orqali uzatiladigan 30 daqiqali ko'rsatuv Amerikadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manzara bilan tanishtiradi. Qolaversa, Qo'shma Shtatlar - Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi aloqalarni tahlil qiladi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya O'n minglab suriyaliklar Turkiyaga qochayapti

Suriyada "Islomiy davlat" jangari guruhining hamlasi ketidan o'n minglab kurdlar Turkiyaga qochayapti. Anqara qochqinlarni kiritish uchun 19-sentabrda Suriya bilan chegarani ochgan. Hozirning o'zida Turkiyada Suriyadagi urushdan bosh olib ketgan yuz minglab suriyalik jon saqlamoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Jalol-Obod, Arslonbob va O'zgan

Jalol-Obod viloyati bo'ylab sayohat... Shahardan Suzoq qishlog'i tomon boramiz. So'ngra Arslonbob to'glariga chiqamiz va sharsharalar tagida dam olamiz. Qishloqlarni kezamiz. Jamoatchilik bilan muloqotda bo'lamiz. Bozorlar, ko'chalar va hayot. Qirg'iziston janubida shu yilning avgustida olingan suratlarni tomosha qiling. Tafsilotlar mana bu blogda: http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/2014/09/20/jalol-obod-arslonbob-va-ozgandagi-bebaho-lahzalar/
Fotogalereya

Fotogalereya "Islomiy davlat"ga qarshi kurash

Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shotlandiya kelajak uchun ovoz bermoqda

18-sentabr kuni Shotlandiyada Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tarkibidan chiqish to'g'risida umumxalq referendumi bo'lib o'tadi. Agar unda aksariyat qatnashchilar qirollikdan ajrab chiqish uchun ovoz bersa, xaritada Shotlandiya deb ataluvchi yangi mustaqil davlat paydo bo'ladi. Besh milliondan oshiq aholiga ega o'lka.
Fotogalereya

Fotogalereya Sharqiy Ukrainaga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qilindi

Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shanxay-6 Dushanbeda uchrashdi, tafsilotlar fotolarda

Xitoy, Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston a'zo Shanxay hamkorlik tashkiloti Dushanbeda 11-12 sentabr kunlari yillik sammitini o'tkazdi. Asosiy mavzu Ukraina bo'ldi va muhokama yopiq eshiklar ortida o'tdi. O'zbekiston rahbarining pozitsiyasi: Ukraina va Rossiya mojarosi bevosita, ikki tomonlama muzokara asosida hal etilishi kerak.
Fotogalereya

Fotogalereya Amerika 11-sentabr xurujlari va qurbonlarni xotirlamoqda

2001-yilning 11-sentabrida amalga oshirilgan terror hujumlari uch mingga yaqin odamni hayotdan olib ketgan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI