Juma, 24-may, 2013 Toshkent vaqti: 17:31

Iqtisodiyot

Zaif iqtisodiyot Obamaga zarar, Romniga foyda keltirishi mumkin

So'nggi ommaviy so'rovda qatnashganlarning 44 foizi Obamani, 41 foizi esa Romnini qo'llab-quvvatlagan.

Ishsizlik Amerikada eng dolzarb muammo
Ishsizlik Amerikada eng dolzarb muammo
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
AQShda prezident saylovlariga hali besh oy bor ekan, iqtisodiyotning poyga natijasini hal qiluvchi omil bo'lishi hozirdan oydin. Iqtisodiy beqarorlik muxolif respublikachilardan nomzod, Massachusets shtati sobiq gubernatori Mitt Romni uchun yaxshi imkoniyat.

"Bu galgi saylov kampaniyasiga e'tibor bersangiz, siyosat yoki nomzodlar taqdiri emas, balki mamlakat kelajagi, kursi hal etilmoqda. Men Amerika qudratini, yurt birligini, diniy qadriyatlarni saqlab qolaman", - deydi Romni.

Ishsizlik ayni damda 8,2 foiz atrofida. Qimmatbaho qog'ozlar bozori sust. Tahlilchilar nazarida noyabrdagi saylovlargacha ahvolni tubdan o'zgartirish oson bo'lmaydi va iqtisodiyot hal qiluvchi omil bo'ladi.

Respublikachilarning to'rt yil oldingiga qaraganda shashti baland. Barak Obama o'shanda senator Jon Makkeyni mag'lub etgan edi.

Vashingtondagi tahlil markazi xodimi Jon Fortyening aytishicha, respublikachilarning ruhi baland hozir.

"2008-yilda esa demokratlar ancha jonli edi. Bu yilgi poyga qiziq kechishi kutilmoqda", - deydi Fortye.

Tahlilchiga ko'ra, yaqinda Viskonsin shtatida gubernatorlik uchun o'tgan muddatidan erta saylovlarda muxolifat faolligi tufayli amaldagi respublikachi gubernator lavozimini saqlab qoldi.

Biroq saylov uchastkalarida ovoz berib bo'lgan viskonsinliklar orasida so'rov o'tkazilganida prezident Barak Obamaning nufuzi balandroq ekani ayon bo'ldi. Shunga qaramay obamachilar oqsoq iqtisodiyot noyabrda pand berishidan tashvishda.

Obama kampaniya davomida butun tanqidni ish o'rinlarini yaratishga doir qonun loyihasini o'tkazmayotgan respublikachi kongressmenlarga qaratmoqda.

"Kelajak rejalar haqida munozara qilishga ulguramiz hali. Bunga o'zim ham qiziqyapman. Ammo shu damda iqtisodiy tiklanish bilan shug'ullanishimiz lozim", - deydi prezident.

Tahlilchi Jon Fortye nazarida iqtisodiy ko'rsatkichlar yaxshilanmasa, davlat rahbariga qiyin bo'ladi.

"Fuqaro mamlakat to'g'ri yo'ldan ketyaptimi, deya shubhalanishi mumkin. Siyosat yanglishdir, degan fikr xayolga kelishi aniq. Ishsizlik yuqori bo'lsada, ijobiy o'zgarish bormi, degan savolga javob topa olmasligi mumkin. Umidsizlanish kuchaysa, bundan Mitt Romni naf ko'radi", - deydi Fortye.

Ommaviy so'rovlar bilan shug'ullanuvchi mutaxassis Frenk Nyuport ham iqtisodiy omil ahamiyatiga qo'shilgan holda kurash murosasiz kechishini bashorat qilmoqda.

"So'nggi uch saylovdan ikkisi shunday bo'ldi. 2000-yilda g'olibni aniqlash shu qadar qiyin ediki, Oliy Sud aralashishga majbur bo'lgan. 2008-yilda Obama yetti foiz farq bilan g'alaba qilgan. Ammo bu, asosan, respublikachi sobiq prezident Jorj Bushga bo'lgan salbiy munosabat natijasi edi. Murosasiz saylovlar odatiy tusga kirmoqda Amerikada", - deydi Nyuport.

So'nggi ommaviy so'rovda qatnashganlarning 44 foizi Obamani, 41 foizi esa Romnini qo'llab-quvvatlagan. Biroq prezident iqtisodiyotni yaxshilashga zo'r bermas ekan, ovozlarni yo'qotishda davom etaveradi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI