Breaking News

“Amerika tenglik uchun kechgan mashaqqatli kurashni unutmasin”

Martin Lyuter King "Bir orzuim bor" nutqini so'zlamoqda.Vashington, 28-avgust, 1963-yil
Martin Lyuter King "Bir orzuim bor" nutqini so'zlamoqda.Vashington, 28-avgust, 1963-yil
Amerika shu oy tenglik va erkinlik kuychisi Martin Lyuter Kingni yodga oldi. Qishning sovuq dushanbasida xalq benazir bu faolni eslar ekan, qora tanli rahbar Barak Obama xizmatning ikkinchi muddatini boshladi.

Uning qasamyodi kuni fuqaro huquqlari uchun kurashib jon bergan yana bir inson, Medgar Eversning rafiqasi Mirli Evers Vilyams xalq bilan yaratganga shukur aytib, duo qildi.

Mirli Evers Vilyams prezident Barak Obamaning inauguratsiya marosimida so’zlar ekan, xalqning ko’zi unda edi. Bu ayolning, marhum yorining tarixi Qo'shma Shtatlar tenglik, irqchilik, huquq bobida naqadar murakkab o'zgarishlar, mashaqqatli kurashni boshidan kechirganini tasavvur qiladi odam.

Bor-yo'g'i 50 yil oldin ayolning eri, huquq faoli Medgar Evers Missisipida qoralar erki uchun kurashayotib, uyi yonida oq millatchilar tomonidan otib o’ldirilgan.

Ikkisi Missisipida tug'ilib o'sgan, lekin bu makon ularni to'laqonli inson deb tan olmagan. Bolalikdan irqiy tahqirlash, izza qilishlar bilan yuzlashib, ruhi sinmagan.

Medgar Evers otib ketilganidan keyin, oradan yillar o’tib, ilk qora tanli prezidentning qasamyodi kuni Mirli Evers Vilyams, obro’li olima, marhumlarni, jumladan, fuqaro huquqlari himoyachilarini xotirladi.

“O’z davrining ilg’or, kelajakni oldindan ko’ra bilgan namoyandalari edi. Ular bugun ham bizni ko’rib turibdi, mehnati zoye ketmaganidan ruhi shod bu insonlarning”, - deydi ayol.

Medgar Eversning vafotidan keyin turmush o’rtog’i uning ishini davom ettirdi. O’tgan qora kunlarni yodda tutgan holda ayol kelajakka katta umidlar bog’laydi:

“Bor kuchimizni, irodamizni bir joyga to’plashimiz lozim. Insonga qo’li ochiqlik, madadkorlik, mehribonlik xos. Fuqaro huquqlari uchun jonini fudo qilgan insonlar qoldirgan o’gitlarni unutmaylik”.

Mirli Evers erkinlik, tenglik, g’urur, adolat va umid umumbashariyatga xos qadriyatlar ekanini eslatdi.

“Odamlar ko’ngliga yo’l topib, muammolarni birgalikda hal qila olishimiz mumkin, bunga sabrimiz ham, xohishimiz ham yetarli. Nafaqat Amerika, balki butun dunyoni yaxshiroq makonga aylantira olamiz”, - deydi u.
Obamaning qasamyodi kuni fuqaro huquqlari uchun kurashib jon bergan inson, Medgar Eversning rafiqasi Mirli Evers Vilyams xalq bilan yaratganga shukur aytib, duo qildi.
Obamaning qasamyodi kuni fuqaro huquqlari uchun kurashib jon bergan inson, Medgar Eversning rafiqasi Mirli Evers Vilyams xalq bilan yaratganga shukur aytib, duo qildi.

Mirli Evers Viyams yoshlar 1950 va 1960-yillarda tenglik uchun kechgan kurash haqida bilimi va dunyoqarashini oshirsa, uzviy huquqlarni himoya qilishga hissa qo’shsa, deya umid qiladi.

“Yigit-qizlarning kuchi, salohiyatini ijobiy ishlarga safarbar etish fursati yetdi. Jamiyatga kirishib, yordamlashishni o’rgansin ular. Huquq himoyachisi yoki faol bo’lish shart emas. O’z mahallangizda dillarga tushsangiz bo’ldi”, - deydi u.

Mirli Vilyams nodir ne’mat – erkinlikni ardoqlab, jamiyatda mehr-oqibat qadrlanishiga hissa qo’shishda davom etmoqchi.

Barak Obama prezidentlik uchun ikkinchi bor qasamyod keltirdi

1/12
Rasman prezident lavozim uchun 20-yanvar kuni Oq Uyda qasamyod keltiradi, ertasiga esa yana bir bor omma oldida...
Prezident Obama 2009 (chapda) va 2013-yilda.
2/12 Prezident Obama 2009 (chapda) va 2013-yilda.
Rasman prezident lavozim uchun 20-yanvar kuni Oq Uyda qasamyod keltiradi, ertasiga esa yana bir bor omma oldida...
Inauguratsiyani ko'rishga kelganlar
3/12 Inauguratsiyani ko'rishga kelganlar
Rasman prezident lavozim uchun 20-yanvar kuni Oq Uyda qasamyod keltiradi, ertasiga esa yana bir bor omma oldida...
Vashingtonda xavfsizlik choralari qattiq
4/12 Vashingtonda xavfsizlik choralari qattiq
Rasman prezident lavozim uchun 20-yanvar kuni Oq Uyda qasamyod keltiradi, ertasiga esa yana bir bor omma oldida...
Paratroopers are dropped over the Normandy countryside, near Ranville in western France, as part of the commemoration of the 70th anniversary of D-Day, June 5, 2014.
5/12 Paratroopers are dropped over the Normandy countryside, near Ranville in western France, as part of the commemoration of the 70th anniversary of D-Day, June 5, 2014.
Rasman prezident lavozim uchun 20-yanvar kuni Oq Uyda qasamyod keltiradi, ertasiga esa yana bir bor omma oldida...
Oq uydagi marosim tomosha qilinmoqda
6/12 Oq uydagi marosim tomosha qilinmoqda
Rasman prezident lavozim uchun 20-yanvar kuni Oq Uyda qasamyod keltiradi, ertasiga esa yana bir bor omma oldida...
Obama inauguratsiya oldidan hasharga bordi
7/12 Obama inauguratsiya oldidan hasharga bordi
Rasman prezident lavozim uchun 20-yanvar kuni Oq Uyda qasamyod keltiradi, ertasiga esa yana bir bor omma oldida...
Vitse-prezident Jo Bayden ham ikkinchi muddat uchun qasamyod qildi
8/12 Vitse-prezident Jo Bayden ham ikkinchi muddat uchun qasamyod qildi
Rasman prezident lavozim uchun 20-yanvar kuni Oq Uyda qasamyod keltiradi, ertasiga esa yana bir bor omma oldida...
Ko'chalarda inauguratsiya suvenirlarini ko'targan odamlar
9/12 Ko'chalarda inauguratsiya suvenirlarini ko'targan odamlar
Rasman prezident lavozim uchun 20-yanvar kuni Oq Uyda qasamyod keltiradi, ertasiga esa yana bir bor omma oldida...
Oq Uy, 20-yanvar, 2013.
10/12 Oq Uy, 20-yanvar, 2013.
Rasman prezident lavozim uchun 20-yanvar kuni Oq Uyda qasamyod keltiradi, ertasiga esa yana bir bor omma oldida...
Oq Uy, 20-yanvar, 2013.
11/12 Oq Uy, 20-yanvar, 2013.
Rasman prezident lavozim uchun 20-yanvar kuni Oq Uyda qasamyod keltiradi, ertasiga esa yana bir bor omma oldida...
12/12
Rasman prezident lavozim uchun 20-yanvar kuni Oq Uyda qasamyod keltiradi, ertasiga esa yana bir bor omma oldida...
Previous slide
Next slide
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG