Shanba, 25-aprel, 2015 Toshkent vaqti: 09:12

Xalqaro

Kashmirda islomiy bosim ostida qizlar rok guruhi tarqab ketdi

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
O’tgan yili Hindistonning Kashmir shtatida tarixda ilk bor qizlar rok guruhi paydo bo’ldi. Aksariyati musulmonlardan iborat aholi orasida bu yoshlarga nisbatan munosabat ijobiy. Lekin yaqinda guruh tarqab ketdi. Bunga muftiy fatvosi sabab bo’ldi. 


Shtatning rasmiy nomi Jammu va Kashmir, lekin dunyoga asosan Kashmir deb tanilgan. Mintaqaning bir qismi Pokiston nazorati ostida. Har ikki davlat bu hududga mojaro maydoni deya qaraydi. 

Dekabr oyida Kashmir markazi Shrinagarda o’tgan musiqiy tanlovda g’alaba qozongan uch qiz o’z rok guruhini tuzishga qaror qildi va uni “Pragaash” deb nomladi. Mahalliy tilda bu so’z “yorug’likka chiqish” ma’nosini beradi. “Pragaash” – Kashmirdagi birinchi qizlar guruhi bo‘ldi.

Biroq shtat bosh muftiysi Bashiriddin Ahmad uni taqiqlovchi fatvo chiqardi. Internetda xonanda qizlarga qarshi targ’ibot olib borildi, ular hayotiga tahdidlar qilindi. 

Shtat rahbari Umar Abdulla politsiyaga qizlarni himoya qilishni buyurdi. Musiqa – madaniyat, uni man etish – savodsizlik, deya bayon qildi hokim. 

Siyosiy arboblardan artist va jurnalistlargacha – hamma bu o’smir qizlar tarafida. 

Manish Tevariy Hindiston axborot vaziri:

“Umid qilamizki, Jammu va Kashmirdagi turli siyosiy guruhlar orasida so’z erkinligi yuzasidan yakdillik mavjud va hech kim bu huquqning toptalishiga yo’l qo’ymaydi, aksincha uni hurmat qiladi va kafolatlaydi,” – deydi u.
 
Muxolifatdagi Kashmir Xalq demokratik partiyasi yetakchisi Mahbuba Muftiy qizlar rok guruhiga qarshilik uni hayratga solganini aytadi. Axir ko’p yillardan beri Kashmirda ayollar kino va san’at sohasida ishlab keladi, muvaffaqiyatga erishgan, xalqqa tanilgan, deydi faol.

“Kashmir ahli doim ayol xonandalarni e’zozlab kelgan. Xalq yuragini qozongan mashhur san’atkorlarimiz bor. Bu voqea sabab endi bizni  ayollarni tahqirlaydigan qoloq odamlar deb o’ylashadi. Vaholanki, kashmirliklar azaldan erkin fikri bilan ajralib turgan”.   

Hindistondan ajralib chiqish uchun kurashib keladigan siyosiy ittifoq qizlar rok guruhini g’arbcha uslubda qo’shiq aytayotgani uchun keskin tandiq qilgan, ammo jamoatchilik noroziligidan keyin “fatvoga aloqamiz yo’q” deya o’zini oqladi.
 
Kashmirdagi radikal islomiy guruhlar shariatga amal qilish kerak deb keladi. O’tgan yili Jamoati-Islomiy tashkiloti sayyohlarga kalta yubka va ochiq ko’ylaklarda yurishni taqiqlash kerak, deb chiqqan edi. Biroq shtat hokimiyati bunday siyosatdan yiroq.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Rend Pol - prezidentlikka da'vogar respublikachii
X
24.04.2015 22:29
Kentuki shtatidan senator Rend Pol Respublikachilar partiyasining radikal qanoti bo’lmish "Choychilar" harakati liderlaridan. U ham Oq uy uchun kurashga bel bog'lagan.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida harbiy mashqlar, Qirg'iziston
  • Misrda "Musulmon birodarlar" va ularning tarafdorlari bosh ko'targan
  • Iskandariya, Misr
  • Yamanda suv taqchil
  • Arman xalqi bir asr oldingi qatliomlarni eslamoqda
  • Avstraliya Birinchi jahon urushi qurbonlarini xotirlamoqda
  • Xitoyliklar "Apple" mahsulotlari sotib olish payida
  • Hukumatga qarshi namoyishlar, Janubiy Koreya
  • Bangladesh
  • Chilida katta vulqon otilgani sabab besh ming odam evakuatsiya qilingan
  • Tailand
  • Germaniya
  • Germaniya sharqi va g'arbi birlashganiga 25 yil bo'ldi
  • Nepal malikasi
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonda qiynoqlar tinmayapti, dunyo boshqa ko'z yuma olmaydi, deya bong urmoqda Xalqaro Amnistiya

O'zbekiston hibsxona va qamoqxonalarida qiynoqlar muntazam kuzatiladigan hol va bu muammoga ko'z yumish yoki uni tan olmaslik vijdonsizlikdir, deya bong urdi Xalqaro Amnistiya (Amnesty International) tashkiloti bugun Vashingtonda AQSh Kongressi qoshida o'tgan brifingda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI