Chorshanba, 26-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 01:37

Xalqaro

Hindiston va Pokiston savdo-sotiq hajmini oshirishga shay

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Hindiston va Pokiston o’zaro savdo-sotiq hajmini oshirish va iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish niyatida. Bu butun mintaqada vaziyatni barqarorlashtiradi va Janubiy Osiyodagi integratsiya jarayonining chuqurlashishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, deydi rasmiylar. 

Yanvar oyi o’rtalaridan boshlab Hindiston va Pokiston o’zaro viza rejimini yengillashtirishi kutilmoqda. Bu ikki davlat o’rtasida aloqalar iliqlashayotganining yana bir belgisi. 

Pokistonning Hindistondagi vakili Salman Bashir ikki tomonlama savdoning rivojlanishi tarafdori.
 
“Iqtisodiy hamkorlikka kelsak, bunda odamlarning bir-biriga munosabati muhim rol o’ynaydi. O’zaro aloqalar chuqurlashishi uchun ijobiy munosabat kerak”, - deydi Pokiston rasmiysi. 
 
So’nggi oylarda ikki davlat o’zaro munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan qator o’zgarishlarni amalga oshirdi.

Chegarada savdo terminallari ochildi. Pokiston Hindistonga “Eng imtiyozli davlat” maqomini berishga qaror qildi. 

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi kotibi Y.K.Sinha agar davlatlararo aloqalarni o’zgartirmoqchi bo’lsak, savdodan boshashimiz kerak, deydi:
 
“Har ikkala tarafning biznes doiralarida boshqa tarafga nisbatan ishonch paydo bo’lishi kerak. Shunda muloqot yaxshi kechadi. Ishonch nafaqat ikki davlat o’rtasida ko’prik bo’lib xizmat qiladi, balki butun mintaqada farovonlikka olib keladi”.
  
Jahon Banki iqtisodchisi Sanjay Kathuriya so’zlariga ko’ra, Hindistondagi iqtisodiy o’sish Bangladesh va Pokiston uchun katta imkoniyatlarni yaratmoqda. Biroq dunyoning ko’pgina boshqa mintaqalaridan farqli ravishda Janubiy Osiyoda intregratsiya jarayoni juda sust, deydi u.

“2011-yilda Janubiy Osiyoda mintaqaviy savdo hajmi umumiy savdoning bor-yo’g’i 4-5 foizini tashkil etdi. Vaholanki, Yevropa Ittifoqida bu ko’rsatkich 60 foizga teng. Qo’shnilarimiz, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi, ASEANda esa 20-25 foizga teng”, - deydi iqtisodchi.

Jahon Banki hisob-kitoblariga ko’ra, Janubiy Osiyoda savdo-sotiq hajmi 20 milliard dollargacha o’sishi mumkin. Buning uchun cheklovlarni bekor qilish kerak. Hindiston va Pokiston rasmiylari o’zaro savdo butun mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtiradi, degan fikrda.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
US/Syria/Islamic Statei
X
25.11.2014 15:09
Prezident Barak Obamaning ta’kidlashicha, Qo’shma Shtatlar “Islomiy davlat” ekstremistlariga qarshi kurashda Suriya hukumati bilan hamkorlik qilmaydi. Shunga qaramasdan, xalqaro koalitsiya Suriyada amalga oshirayotgan havo hujumlaridan prezident Bashar al-Assad ham naf ko’rayotgani ayon.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Namoyishlarni yoritayotgan jurnalist
  • Sent-Luis shahri, Missuri shtati

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI