Juma, 27-fevral, 2015 Toshkent vaqti: 03:54

Huquq va qonun

Hindiston: Vahshiylarcha zo’rlangan qiz olamdan o’tdi

Amerika Ovozi
Shu oy boshida Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida vahshiylarcha kaltaklanib, jinsiy tajovuzga uchragan va avtobusdan uloqtirilgan talaba qiz kecha Singapur kasalxonasida olamdan o’tdi.


Hindiston Bosh vaziri Manmoxan Singx bu voqeadan chuqur taassuf bildirib, jinoyatchilar jazosini oladi, deya va’da bermoqda.

Bu mudhish jinoyat mamlakat bo’ylab ommani oyoqqa turg’azgan. Ayolning o’limidan so’ng norozilik namoyishlari yanada avj olib, minglab odam hukumatdan adolat va xotin-qizlarni himoya qilishni talab qilmoqda.

Voqeaga aloqadorlik gumoni bilan hibsga olingan olti kishi qotillikda ayblanmoqda. Aybdor topilsa ular o’limga mahkum etilishi mumkin.

16-dekabr kuni poyxatda do’sti bilan avtobusga chiqqan talaba qizga olti erkak temir tayoqlar bilan hamla qilgan, zo’rlagan va harakatlanayotgan avtobusdan tashlab yuborgan.

Shifokorlar har ikkisi kasalxonaga chala o’lik holatda yetkazilgani, ayniqsa, qizning ichki organlari va miyasi qattiq zarar ko’rganini aytadi. Uni chorshanba kuni Nyu-Dehlidan muolaja uchun Singapurga ko’chirishga qaror qilingan edi.

Hindiston hukumati bu ishni tergov qilish uchun komissiya tuzgan. Yana bir kengash poytaxtni xotin-qizlar uchun xavfsiz joyga aylantirish hamda bunday jinoyatlar uchun qattiqroz jazo belgilash yuzasidan takliflar bilan chiqishi kerak.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Texas neft konlari va qishloqlaridai
X
26.02.2015 08:05
So’nggi oylarda neft ikki baravar arzonlagani sabab ayrim shtatlarda, jumladan Texasda ishlab chiqarish sekinlashdi. Texas - energiyaga boy mintaqa. Qora oltin sanoati minglab odamni ish bilan ta'minlaydi, bizneslar uchun muntazam daromad manbai.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Donetsk, Ukraina
  • Ayirmachi
  • Donetsk, Ukraina
  • Ukraina sharqi
  • Qo'shma Shtatlar va Yevropada ayrim rahbarlar Kremldan Ukrainada ayirmachilarni qo'llab-quvvatlashni bas qilishni talab qilmoqda. Aks holda Vashington va ittifoqchilar qattiqroq jazo choralari ko'rishi mumkin.

    Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, bu tahdidlar sulh ijrosiga halaqit beradi. Holbuki, tinchlik kelishuvi endi samara bera boshladi, deydi u.

  • Ukraina hukumati oxirgi uch kunda ayirmachilar bilan olishuvlar ko'lami qisqarganini tasdiqlayapti. Biroq port shahar Mariupol yaqinida separatistlar hujumlari hanuz davom etayotgani haqida xabarlar bor.

    Ayirmachilar seshanba kuni og'ir qurollarni front zonasidan olib chiqa boshlagan. Ayrim jurnalistlar haqiqatan qurollar olib ketilayapti, deydi. Yevropa Ittifoqi kuzatuvchilari hali bu ma'lumotni tasdiqlaganicha yo'q.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI