Juma, 01-avgust, 2014 Toshkent vaqti: 12:46

Madaniyat

Mahmuda Saydumarova: "Tarixiy hikoyalarni tarjima qilishni xohlayman"

Mahmuda Saydumarova 2012-yil Indiana universitetidan ingliz tilini chet tili sifatida o'qitish bo’yicha magistrlik darajasini oldi.
Mahmuda Saydumarova 2012-yil Indiana universitetidan ingliz tilini chet tili sifatida o'qitish bo’yicha magistrlik darajasini oldi.
Yangi yil arafasida Indiana shtatining Blumington shahridagi "Author House" nashriyoti Indiana Universiteti magistranti o’zbekistonlik Mahmuda Saydumarovaning "O’zbek hikoyalari to'plami" (A Collection of Uzbek Short Stories) kitobini ingliz tilida chop etdi. Biz muallif bilan uning yangi kitobi va hozirgi ijodiy faoliyati haqida suhbatda bo’ldik.

Mahmuda Saydumarova bilan suhbat, Behzod Muhammadiy
Mahmuda Saydumarova bilan suhbat, Behzod Muhammadiyi
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Mahmuda Saydumarova Marg'ilon shahrida tug'ilib, o’rta maktabga Toshkentda qatnay boshlagan, ammo otasining ilmiy-pedagogik xizmat safari munosabati bilan o’qishini Saudiya Arabistonida davom ettirgan. Maktabni bitirgach, Riyoddagi Podshoh Saud Universitetining filologiya fakultetiga o'qishga kirib, uni 2010-yili "Ingliz filologiyasi" mutaxassisligi bo'yicha birinchi darajali imtiyozli diplom bilan bitirgan. O’tgan yili esa Indiana Universitetidan magistrlik darajasini olib, ingliz tilini chet tili sifatida o'qitish bo’yicha mutaxassis bo’ldi.

Mahmuda Saydumarovaning “O’zbek hikoyalari to’plami” AQShda chop etilgan birinchi asari.

- O'zbek hikoyalarini inglizchaga tarjima qilib chop etish fikri sizda qanday tug'ildi? Bu haqda Amerikada o'qigan joyingizda ilmiy ishingiz doirasida shug'ullandingizmi, amerikalik o'quvchilardan talab bo'ldimi yoki bu mustaqil loyihangizmi?

Mahmuda Saydumarovaning AQShda chop etilgan "O'zbek hikoyalari to'plami" kitobiMahmuda Saydumarovaning AQShda chop etilgan "O'zbek hikoyalari to'plami" kitobi
x
Mahmuda Saydumarovaning AQShda chop etilgan "O'zbek hikoyalari to'plami" kitobi
Mahmuda Saydumarovaning AQShda chop etilgan "O'zbek hikoyalari to'plami" kitobi
- Kitobxonlar, odatda, boshqa xalqlarning adabiyoti va madaniyati bilan tarjima asarlari orqali tanishadilar. Toshkentda 1997-yildan buyon nashr etilayotgan "Jahon adabiyoti" jurnali ham o'zbek kitobxonlarini dunyoning turli xalqlari adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boradi. Arab mamlakatlarida ham mana shunday jurnallar mavjud. Masalan, Saudiya Arabistonidagi "Navafiz" ("Oynalar") jurnali, Quvaytdagi "Ebda'at alamiyya" ("Jahon badiiy ijodiyoti") to'plami ham arab o'quvchilarini dunyo xalqlari adabiyoti bilan tanishtirib boradi. Saudiyadagi Podshoh Saud Universitetining filologiya fakultetida "Ingliz tili va adabiyoti" mutaxassisligi bo'yicha o'qiyotgan paytimda menda o'zbek adabiyoti namunalarini ingliz tiliga tarjima qilib, ingliz tilida o'qiydigan kitobxonlar e'tiboriga havola qilish niyati tug'ilgan edi. Indiana Universitetiga magistraturaga o'qishga kelganimda ana shu niyatimni amalga oshirishga astoydil bel bog'ladim.
Men universitetda badiiy tarjima yoki tarjima nazariyasi bo'yicha emas, balki amaliy tilshunoslik va TESOL mutaxassisligi bo'yicha o'qidim. Shuning uchun ham bu mening mustaqil loyiham edi deb ayta olaman.

- Ilgari ham xorijda tarjimalaringiz yoki boshqa asarlaringiz chop etilganmi?

- "O'zbek hikoyalari to'plami" mening badiiy tarjima borasidagi birinchi ijodiy ishim.

- O'zbek adabiyotiga xorijliklarning qiziqishi, bahosi qanday?

- Men hali yuqorida tilga olgan arab davlatlaridagi jurnallarda o'zbek adabiyoti namunalaridan tarjimalar nashr etilganida Saudiya Arabistoni, Suriya, Misr, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari kabi ko'plab arab davlatlari matbuotida bu adabiy asarlar haqida bir qancha ijobiy fikrlar bildirilgan edi. Masalan, Quvaytdagi "Ebda'at alamiyya"da Tohir Malikning arab tilida chop etilgan "Ajib dunyo" hikoyasi haqida falastinlik adib Mahmud Abdulmalik Saudiya Arabistonidagi "Al-Faisal al-Adabiya" jurnalida 20 betlik maqola yozgan edi. Ana shu maqolani men o'zbek tiliga tarjima qilganman va uni "Jahon adabiyoti" jurnali bir oz qisqartirib nashr qilgan.
Amerika ko'p millionli aholisi bo'lgan bepoyon o'lka. Men ingliz tiliga tarjima qilgan ushbu mo'jazgina hikoyalar to'plami amerikalik kitobxonlarda va butun dunyoda ingliz tilida o'qiydigan kitobxonlarda adabiyotimizga, madaniyatimizga qiziqish uyg'otadi va ular o'z baholarini beradilar, deb umid qilaman.

- Kitob uchun hikoyalarni qanday tanladingiz?

Mahmuda SaydumarovaMahmuda Saydumarova
x
Mahmuda Saydumarova
Mahmuda Saydumarova
- Hozirgi zamon o'zbek adabiyoti ming yillik tarixga ega bo'lgan adabiyotimizning eng yaxshi namunalarini o'zida mujassamlashtirgan va ayni paytda hayotda yuz berayotgan voqealarni ifoda etgan realistik adabiyotdir. Men to'plam uchun o'zbek xalqi ijtimoiy-madaniy hayotining turli davrlariga xos turli mavzulardagi hikoyalarni tanlab olishga harakat qildim. G'ofur G'ulom, Abdulla Qahhor, Said Ahmad kabi buyuk yozuvchilarimizning nomlari ularning asarlari qanday ekanidan dalolat beradi. Masalan, Said Ahmadning "Kelinlar qo'zg'oloni" hikoyasini tinglovchilarimizga tasvirlab berishga hojat yo'q deb o’ylayman.To'plamga kiritilgan Xayriddin Sultonovning "Bunchalar achchiqsan, ey shirin hayot" nomli tarixiy hikoyasi rus bosqinchilariga qarshi kurash qahramoni, ozodlik harakati boshchisi, "Oloy malikasi" nomini olgan keksa ayol Qurbonjon Dodxoh haqida hikoya qiladi. 20-asrning 17-yillaridagi inqilob tufayli xalq boshiga tushgan fojiali holatlarni tasvirlagan G'ofur G'ulomning "Mening o'g’rigina bolam" hikoyasi ham to’plamdan joy olgan. Undagi ba'zi asarlar satirik mavzularda bo'lsa, ba'zilari ajdodlar va avlodlar munosabati, atrof-muhitga ikki xil nuqtai-nazar bilan qarash masalasini ko'taradi. Sa'dulla Siyoyevning "Bir oy mister bo'lganim” hikoyasida esa muallif amerikalik sayyoh bilan muloqot va yozishma orqali o'zbek xalqining urf-odatlarini tasvirlaydi, o'zbek tarixiga oid ba'zi faktlar orqali o'z millati, o'z xalqidan faxrlanishini tasvirlaydi.

- Xorijda, xususan, siz o'qigan universitetda o'zbek tili, adabiyotini o'rganish bo'yicha qanday ishlar qilinmoqda? Qanaqa markazlar bor?

- Men o'qigan Indiana universitetida Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoni o'rganishga ixtisoslashgan kuchli markaz mavjud bo'lib, unda sharq tillari qatorida o'zbek tili ham o’rgatiladi. O'zbek tilini o'rganayotgan amerikalik talabalarning amaliy mashg'ulotlariga ham qatnashib turdim. O’tgan noyabrda Indiana Universitetiga O'zbekistonning AQShdagi elchisi Ilhom Ne'matov tashrif buyurganlarida, o'qituvchi va talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. O’shanda ayrim talabalar elchi janoblariga o'zbek tilida murojaat qilganlarida juda faxrlandim.Bu markazning ilmiy-pedagogik faoliyatida o'zbekistonlik mutaxassislar Malik Xo'jaev, Rahmon Inomxo'jaev, universitet bibliografi Akram Habibullaevlarning xizmatlari katta. 2011-yil noyabr oyidan beri "O'zbekcha-inglizcha lug'at" tuzish bo'yicha faoliyat olib borayotgan Umida Hikmatullayeva tashabbusi bilan universitetda O'zbek olimlari va talabalari assotsiatsiyasi (UzSSA  - Uzbek Scholar and Student Association) tuzildi.

- Endigi ijodiy va ilmiy rejalaringiz qanday?

- Men endigina magistraturani bitirib, Amerikadan Toshkentga qaytib keldim. Eng birinchi galdagi rejam – mutaxassisligim bo'yicha ishlash, ya'ni ingliz tilidan dars berish. Kelgusida esa o'zbek adabiyotidagi ba'zi tarixiy hikoyalarni ingliz tiliga tarjima qilish niyatim bor.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Ebola virusi tarqalishda davom etmoqdai
X
31.07.2014 18:42
G’arbiy Afrika mamlakatlari bo’ylab o’limga yetaklovchi Ebola virusi tarqalishda davom etmoqda. Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, bu ushbu kasallik bilan bog’liq shu paytgacha kuzatilgan eng katta endemiyadir. Xalqaro hamjamiyat yetakchilari vaziyatni yaqindan kuzatib bormoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Liberiya hukumati rasmiysi sifatida Nigeriyaga kelib ishlagan, ayni paytda AQSh fuqarosi bo'lgan Patrik Soyerning xotini Dekonti Soyer bir yoshli farzandi bilan, Minnesota, 29-iyul, 2014-yil.
  • Nigeriyaning sog'liqni saqlash bo'yicha rasmiylari Ebola kasalligi bo'yicha mamlakatdagi so'nggi vaziyat haqida jurnalistlarga ma'lumot bermoqda, 28-iyul, 2014-yil.

     
  • Doktor Deyvid Makrey Texasda o'tgan matbuot anjumanida do'sti va hamkasbi Kent Brentlidan kelgan maktubni o'qib bermoqda. Brentli Liberiyada Ebolaga qarshi kurashayotib virus yuqtirib olgan ikki amerikalikning biri, 28-iyul, 2014-yil.
  • Syerra-Leonedagi klinikalardan birida tibbiyot xodimlari Ebola bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko'rsatmoqda, 27-iyul, 2014-yil.
  • Syerra-Leonedagi klinikalardan birida Ebola bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko'rsatgan xodimlar maxsus himoya kiyimlarini yechmoqda, 20-iyul, 2014-yil.
  • Syerra-Leonedagi klinikalardan birida Ebola bilan kasallangan bemorlarga ovqat ulashilmoqda, 20-iyul, 2014-yil.
  • Syerra-Leonedagi klinikalardan birida xodimlar Ebola bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko'rsatishdan oldin maxsus himoya kiyimlarini kiymoqda, 20-iyul, 2014-yil.
     
  • Ebola virusining mikroskopdan ko'rinishi
  • Syerra-Leonedagi klinika xodimi ko'chada infeksiyaga qarshi dori sepib yuribdi, 10-iyul, 2014-yil.
     
Fotogalereya

Fotogalereya G'arbiy Afrikada Ebola virusi tarqalmoqda

G'arbiy Afrikaning bir qator mamlakatlarida o'limga yetaklovchi Ebola virusiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda. Shu paytgacha 1000 dan ortiq odam halok bo'lgan. Virus yuqtirib olganlar izolyatsiyalangan maxsus kasalxonalarda saqlanmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 29-iyul, 2014-yil

G'azoda aholini tok bilan ta'minlovchi asosiy elektr stansiyasi Isroil hujumiga uchradi. Shotlandiyada 2014-yilgi Hamdo'stlik sport o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Hayit ayyomi

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI