Yakshanba, 19-may, 2013 Toshkent vaqti: 03:18

Xalqaro

AQSh Senati: “Yadro quroli bo’lsa, Eron terrorchilarga yordamni oshiradi”

“Mana 25 yildirki Eron ixtiyorida kimyoviy qurol bor. Biroq mamlakat shu paytgacha bu vositani terrorchilarga topshirgani yo’q".
“Mana 25 yildirki Eron ixtiyorida kimyoviy qurol bor. Biroq mamlakat shu paytgacha bu vositani terrorchilarga topshirgani yo’q".

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Eron yadro qurolini qo’lga kiritsa, terrorchilarga yordamni ham oshiradi. AQSh Senatining tashqi aloqalar qo’mitasida qonunchilar va ekspertlar shunday fikrni olg’a surgan.

Qo’shma Shtatlar Eronni terrorizmning asosiy homiylaridan deb biladi. O’tgan hafta Bolgariyada isroillik besh sayyohni hayotdan olib ketgan suiqasd xuruji ortida ham islomiy davlat turgani taxmin qilingan edi. Biroq rasmiy Tehron ayblovni qat’iyan inkor etadi.

Hozir Eron nima qilayotgan bo’lsa, yadro qurolini qo’lga kiritgach, yanada haddidan oshadi, deb hisoblaydi Pensilvaniya shtatidan demokrat senator Robert Keysi.

“Yadro qurolini ishlab chiqqan Eron Amerika va Isroilga qarshi terror hujumlariga zo’r beradi. Hizbulloh va Falastindagi isyonkor guruhlarga ko’proq qudratli aslaha yetkaza boshlaydi. Qud armiyasi Yaqin Sharqdagi terrorchi guruhlarni yanayam yaqinroq suyashga o’tadi”, - deydi qonunchi.

“Qo’lida yadro quroli bor Eronni kuchli narkotik iste’mol qilgan odamga qiyoslash mumkin”, - deb hisoblaydi Vashingtondagi Yaqin Sharq siyosati Instituti esperti Metyu Levitt.

Lekin Eron atom qurolini terrorchilar bilan baham ko’rishgacha boradimi? Vashingtondagi Brukings tahlil instituti olimi Daniel Bayman yo’q, deb hisoblaydi.

“Mana 25 yildirki Eron ixtiyorida kimyoviy qurol bor. Biroq mamlakat shu paytgacha bu vositani terrorchilarga topshirgani yo’q. Shuning o’zi Tehron ehtiyotkor ekanidan dalolat beradi”, - deydi Bayman.

Xalqaro sanksiyalar Eronning yadroviy ambitsiyalarini jilovlashni ko’zda tutadi. Biroq terrorizmni qo’llab-quvvatlashi borasida sanksiya rezolyutsiyalarida lom-mim deyilmaydi. Iqtisodiy bosim mamlakatni har xil sohada qisinib-qimtinib yashashga majbur qilayotgan bo’lsa-da, Tehron terrorchilar bilan rishtani uzganicha yo’q, deydi tahlilchi Daniella Pletka.

“Yadroviy izlanishlar bois qo’yilgan sanksiyalar Eronni terrorchi uyushmalar bilan aloqani uzishga majbur qilishi gumon. Chunki xalqaro hamjamiyat masalaga jiddiy e’tibor qaratmay, rasmiy Tehronni jangarilarni yoqlagani uchun javobgarlikka tortmay keladi”, - deydi Pletka.

AQSh Vakillar palatasi va Senat Eronga qo’shimcha sanksiya qo’yishga doir ikki alohida qonun loyihasini ma’qullagan. Ikkisi bir to’xtamga kelsa, hujjatga keyin prezident Barak Obama imzo chekadi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kobul
  • Fransiya sohillarida
  • Zimbabve
  • Bangladesh
  • Berlin muzeylarida
  • Ispaniya
  • Indoneziya moda sahnalarida
  • Kanada akvariumida
  • Janubiy Koreya ibodatxonalarida
  • Galaktikaga nazar
  • Pokiston

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI