Breaking News

Almati Eron yadro dasturiga doir muzokaraga mezbon


Qozog'iston muloqotda ishtirok etmasa-da, mezbon davlat sifatida muhim ramziy ma'no kasb etadi. Mamlakat sovetlardan meros qolgan salmoqli yadroviy xomashyodan qutulgan.
Qozog'iston muloqotda ishtirok etmasa-da, mezbon davlat sifatida muhim ramziy ma'no kasb etadi. Mamlakat sovetlardan meros qolgan salmoqli yadroviy xomashyodan qutulgan.
Eron yadro dasturi uchun mas’ul rasmiylar ertaga Qozog’istonda xalqaro guruh bilan gaplashadi. AQSh, Britaniya, Fransiya, Rossiya, Xitoy va Germaniya mutasaddilari islomiy respublikadan yadroviy inshootlarga xalqaro inspektorlarni kiritishni so’ramoqda.

Almatida Eron yadro dasturi haqida muzokaralar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:58 0:00
Yuklab oling

Amerika rasmiylarining aytishicha, ikki kunlik muzokaralar oldidan Eron uranni boyituvchi zamonaviy sentrifugalarni o’rnatib, muloqot olib borish uchun xohishi yo’qligini ko’rsatmoqda.

Lekin Davlat departamenti matbuot kotibi Viktoriya Nuland so’zlariga ko’ra, Qozog’istondagi yig’inda Tehron diplomatik yo’lni tanlashi mumkin.

“Eron delegatsiyasi ochilib gaplashadimi – masala ana shunda. Almatidagi uchrashuv bu ma’noda yaxshi imkoniyat”,- deydi Nuland.

Tehron tinch, ya'ni ilmiy va tibbiy maqsadlarda yadroviy izlanishlar olib borishga haqli ekanini, reaktorlar uchun yonilg'i ishlab chiqarayotganini ta’kidlab keladi. Lekin xalqaro jamoatchilik nazarida respublika ommaviy qirg’in quroli ustida ishlamayotganini isbotlashi lozim.

“5+1” guruhi, xususan, Fransiya, Germaniya, Britaniya, Qo’shma Shtatlar, Rossiya va Xitoy Eronga bosimni oshirish harakatida. Sanksiyalar va muzokara yordamida Tehronni BMT inspektorlariga eshiklarini ochishga ko’ndirmoqchi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov fikricha, xalqaro guruh bu sa’y-harakatlar Eronda to’ntarish qilishga emas, yadro quroli tarqalishining oldini olishga qaratilganini asoslashi, Tehronni ishontirishi kerak.

“Eronda muzokara shartlari bilan to’liq tanishish imkoni bo’lsin. Undan nima talab qilinayotganini bilsin. Maqsad Eronda hukumatni o’zgartirish emasligi aniq bo’lsin”, - deydi Lavrov.

Shimoliy Koreya o’tkazgan uchinchi yadroviy sinov ketidan Tehron bilan masalani bir yoqli qilish zarurati yanada oshgan, deydi AQSh Davlat kotibi Jon Kerri.

“Ikkisi bog’liq masalalar. Yadro quroli tarqalishining oldini olish qarorimiz qat’iy va buni barcha davlatlar jiddiy qabul qilishi kerak. Shimoliy Koreya va Eron jahon hamjamiyati bilan hisoblashishi lozim”, - deydi Jon Kerri.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu nazarida sanksiyalar Shimoliy Koreyani to’xtata olmadi, Eronga ham ta’sir qilishi gumon.

“Shimoliy Koreya yadroviy bombani sinadi. Sanksiyalar uni to’xtatib qolgani yo’q va Yaqin Sharq, xususan, Eron bundan xulosa qilishi aniq. Pxenyanga jamoatchilikning so’zi o’tmadi. Qani, kim nima qildi? Kim qat’iy javob chorasi bilan chiqa oldi?” – deya so’raydi Netanyaxu.

Eronni yadroviy izlanishlardan to’xtatish uchun Isroil kuch qo’llashini aytib, po’pisa qilib keladi. Obama ma’muriyati fikricha, hali masalaga diplomatik yechim topsa bo’ladi.

Muzokaralar uchun Qozog'iston mezbon qilib tanlangani bejiz emas, deya yozadi Associated Press agentligi. Bir paytlar yadroviy sinovlar maydoni bo'lgan mamlakat sovetlardan qolgan qo'rqinchli xomashyodan qutulgan. Sobiq ittifoq qulagan damda Qozog'istonda mingdan ziyod yadro boyegolovkasi, 370 dona qudratli raketalar bo'lgan.

Mamlakat tez orada Rossiya va AQSh yordamida qurol aslahani o'zidan soqit qilgan.
Endi esa Qozog'iston reaktorlar uchun zarur yonilg'i saqlanadigan davlat maqomini qo'lga kiritmoqchi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG