Breaking News

Amerikada repperlarning yangi avlodi


Repperlarning yangi avlodi/New rappers
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00
Yuklab oling

Repperlarning yangi avlodi/New rappers

Amerikada xip-xop va rep uslibida asosan qora tanli va latino musiqachiar ijod qilib kelgan. Endi esa kelib chiqishi eronlik bir yigit sohani zabt etmoqchi. Aytish joiz, AQShda to’rt millionga yaqin eronlik yashaydi.


Uni oddiy repper deb bo’lmaydi. 24 yoshli yigit siyosatshunoslikdan tahsil olgan. Kambag’al mahallada katta bo’lmagan. Ziyolilar oilasidan. Sahnada o’zini Ozod Rayt deb ataydi.

“Hayotimdagi eng zo’r damlar - sahnada bo’lish. Boshqa bolalar, odamlarning men bastalagan musiqaga munosabatini ko’rish. Axir bir yil ketgan bu musiqani yozishga… Odamlar “juda yaxshi, menga yoqdi”, desa men o’zimni baxtiyor his etaman”.

Uning ismi Ozod Nafisiy. Otasi – Amerikada boshpana topgan taniqli shoir Majid Nafisiy. Yoshligidan Ozod otasi bilan dunyo kezgan, she’rlarini ardoqlagan odamlar bilan uchrashgan. Otasining uning ijodiga ta’siri katta.

“Odamlarning otamga munosabatini ko’rganman. Sahnaga chiqib, o’z his-tuyg’ularimni ifoda etishga turtki bergan bu”.

Lekin sharqlik bu yigit uchun rep dunyosiga qadam qo’yish oson bo’lmadi.

“YouTubedagi video kliplarimni ko’rgan odamlar boshida meni repchi deb o’ylamaydi. Kuylay boshlaganimda hayratda qolishadi. Rep aytolmaydi deb o’ylashadi”.

Rep va xip-xop odatda qora tanlilar saltanati. Latinolar orasida ham repchilar bor. Ozod o’ziga xos yo’lda bormoqchi.

“Maqsadim – shunday qoliplar, tasavvurlarni buzish. Har bir soha madaniy jihatdan boy bo’lishi kerak”.

Ozod sobiq sinfdoshlari prodyuser Umid Adamiy va Jonatan Markes bilan birga ijod qiladi.

“Dunyoda bizga o’xshagan boshqa guruh bo’lmasa kerak. Eronlik repper va prodyuser. Producer esa Puerto Riko va Gvatemaladan,” - deydi Markes.

Mana shuning o’zi musiqa olamidagi to’siqlarni bartaraf etishda yordam beryapti, deydi Umid Adamiy:

“Yangi avlodning bizga o’xshaganlarga munosabati ijobiy. Musiqamiz ommaga yetib borsa, bizni tushunishadi, bizni yoqtirishadi, deb o’ylayman. Biz o’z ijodimiz bilan boshqalarga ham yangi yo’l, yangi imkoniyatlar ochib beryapmiz”.

Ozod taxallus qilib olgan “rayt” so’zi ingliz tilida “huquq” degani. “Ozodlik, erkinlik, huquq – mening ismim”, - deydi u.

“Ota-onamda ozod bo’lish huquqi bo’lmagan”.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG