Yakshanba, 26-may, 2013 Toshkent vaqti: 11:26

Xalqaro

Iroq neft sanoatini rivojlantirishda xavfsizlik eng katta muammo

Iroqlik ishchilar Basra yaqinidagi Zubayr neft konida, 15-may, 2011-yil.
Iroqlik ishchilar Basra yaqinidagi Zubayr neft konida, 15-may, 2011-yil.
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Londonda dunyo neft sanoati vakillari  ishtirokida o’tgan xalqaro konferensiyada qatnashgan Iroq rasmiylarining ta’kidlashicha, Iroq dunyoning yetakchi energiya manbalaridan biriga aylanmoqda. Lekin mutaxassislar nazarida, Iroqdagi xavfsizlik muammosi to’la bartaraf etilmaguncha, Iroqda energiya sanoatining gullab yashnashini umid qilish qiyin.

Iroq hukumatining aytishicha, olib borilgan so’nggi tadqiqot natijalari mamlakatda 350 milliard barrelga teng dunyoning eng katta neft zahirasi borligini ko’rsatmoqda. Ushbu raqam hali o’z tasdig’ini topmagan bo’lsa ham, ko’pchilikning fikricha, Iroq katta miqdordagi o’zlashtirilmagan qora oltin konlariga egaligi rost.

Londonda 18 – 20-iyun kunlari o’tgan “Iroq nefti - 2012”  konferensiyasida Iroq hukumati rasmiylari hamda neft sanoati vakillari ishtirok etdi. Anjumanda qantashgan Iroq Parlamentining Neft qo’mitasi a’zosi Boyazid Hasan Abdullohning aytishicha, Iroq neft ishlab chiqarishni bir kunda 12 million barrelga chiqarish imkoniyatiga ega.

 “2017-yilning oxirigacha Iroq bir kunda 12 million barrel neft ishlab chiqarishi mumkin. Shuningdek, Iroqda katta miqdorda gaz zahiralari ham bor. Chunki olingan har bir barrel neftdan 17 kubometr gaz olish mumkin”, deydi u.

 “British Petroleum” kompaniyasinig sobiq rahbari Toni Heyvord ham London anjumanida ishtirok etdi. Hozir shimoliy Iroq hududida “Genel Energy” kompaniyasini boshqarayotgan Heyvordning aytishicha, Iroqning neft yetkazib berish borasidagi imkoniyatlarini oshirish uchun oldin mamlakat infrastrukturasinini yaxshilash kerak.

“Iroq dunyo sahnasida neft va gaz yetkazib berish bo’yicha yetakchi ta’minotchiga aylanishi uchun yangi infrastrukturaga kata ehtiyoj bor. Bundan ham muhimrog’i, Iroq fuqarolari turmishini yaxshilas uchun shart-sharoitlar yaratish”, deydi u.

Uzoq yillik urush va iqtisodiy jazo choralari oqibatida Iroqning neft va gaz infrastrukturasi boshqa neft eksport qiluvchi o’lkalarga qaraganda ancha eskirgan. “Exxon” va boshqa xorijiy  neft kompaniyalari yangi quduqlar qazish va quvurlar yotqizish bo’yicha shartnomalar imzolagan. Ammo hozirgi hukumat okeanortidan kelayotgan sarmoyadorlarga uncha ro’yxushlik bermayapti.

 “Chatham House” mustaqil tadqiqot instituti vakili Paul Stivensning aytishicha, hukumat hozir neft sanoati bo’yicha yangi loyiha tayyorlamoqda.

“Iroq hukumati, balki mavjud xavflarga rozi bo’lgan holda ishlashini belgilovchi qonun qabul qilmoqchi”, deydi u.

Mutaxassislarning fikricha, mamlakatda biznes qilishning bundan boshqa xavfli tomonlari ham bor. Firqaviy va diniy adovatga asoslangan zo’ravonliklarning hanuz davom etayotgani asosiy muammolardan. Misol, Iroqning shimoldagi Kurdiston yarim avtonom hududi shu yil boshida o’z haqqi to’lanmaganini aytib, Bag’dodga neft berishni to’xtatib qo’ygan edi.  Muammolar mavjudligiga qaramay, Iroq aprel oyida bir kunda 2,5 million barreldan ko’p neft eksport qildi. Bu 80-yillardan beri kuzatilgan eng katta ko’rsatkichdir.

Iroq shuningdek siyosiy jihatdan notinch hudud markazida joylashgan bo’lib, Eron va Suriya bilan chegaraga ega.

Iroq hukumatining milliy xavfsizlik bo’yicha  sobiq maslahatchisi Muvaffaq al-Ruboiyning aytishicha, qo’shni hududlardagi vaziyat Iroqqa bevosita ta’sir o’tkazadi.

 “Barcha siyosiy jarayonlar mahalliy va hatto global xarakterga ega. Suriya, Misr, Yaman va boshqa davlatlarda ro’y berayotgan jarayonlar albatta Iroqqa ta’sir ko’rsatadi”, deydi u.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI